|
Magnitoelektrik o’lchash asboblari
|
bet | 2/6 | Sana | 06.02.2024 | Hajmi | 385,31 Kb. | | #151953 |
Bog'liq 8 mavzuMagnitoelektrik o’lchash asboblari
3-rasm. Magnitoelektrik o’lchash asbobi.
Magnitoelektrik o’lchash asbobi 1-doimiy magnit; 2-magnit qutb uchliklari; 3-o’zak; 4- chulg’am (qo’zg’aluvchan ramka); 5, 6-o’q; 7, 8-spiralsimon prujinalar; 9-strelka; 10-posongilardan tuzilgan
Ramkadan o’tayotgan tok bilan doimiy magnit maydonining o’zaro ta’sirida ramkani harakatga keltiruvchi juft kuch F=BIlw hosil bo’ladi. Ifodadagi F-qutb uchliklari va tsilindrsimon o’zak oralig’idagi magnit induktsiyasi; w-ramkaning o’ramlar soni; l- magnit maydonida joylashgan ramka faol qismining uzunligi; I-ramkadan o’tadigan tok. Bu kuchlarning yo’nalishi chap qo’l qoidasiga binoan topiladi va ular hosil qilgan aylantiruvchi moment quyidagicha ifodalanadi
bu yerda 6-ramkaning kengligi; s-ramkaning yuzasi
Aylantiruvchi moment ta’sirida ramka o’q atrofida aylanganida spiral prujinalar buralib teskari ta’sir etuvchi moment Mu -hosil qiladi
bu yerda W-solishtirma teskari ta’sir etuvchi moment bo’lib, spiral prujinaning materiali va o’lchamlariga bog’liq; a- ramkaning burilish burchagi (asbob ko’rsatkichining shkala bo’ylab surilishini ko’rsatadigan burchak yoki bo’laklar soni.)
Ramkaga ta’sir etayotgan ikki moment (aylantiruvchi va teskari ta’sir etuvchi) o’zaro tenglashganda (M=Ma) ramka harakatdan to’xtab, muvozanat holatida bo’ladi (yoki bu holatni asbob qo’zg’aluvchan qismining turg’un muvozanat holati deyilali)
bundan
Oxirgi ifoda magnitoelektrik o’lchash asboblarining shkala tenglamasi deb ataladi. Agar magnit induktsiyasi B ni, ramkaning yuzasi S ni, uning o’ramlar soni w va solishtirma teskari ta’sir etuvchi moment W larning o’zgarmasligini hisobga olib, Bsw/W=SI desak, u holda SIni o’lchash mexanizmini tok bo’yicha sezgirligi deyiladi, ya’ni SI=const.
SHuni hisobga olib, (7) ni quyidagicha yozish mumkin
ya’ni ramkaning burilish burchagi a o’lchanadigan tokning qiymatiga to’g’ri proportsional, bundan chiqadiki, tokning yo’nalishi o’zgarsa, a ning ham yo’nalishi o’zgaradi. SHu sababli magnitoelektrik o’lchash asboblari o’zgarmas tok zanjirida ishlatiladi va ularning shkalasi bir tekis darajalanadi.
Magnitoelektrik o’lchash mexanizmlari ampermetr, volbtmetr, ommetr va galvanometrlar sifatida ishlatiladi.
|
| |