Elektrostatik o’lchash asboblari




Download 385,31 Kb.
bet5/6
Sana06.02.2024
Hajmi385,31 Kb.
#151953
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8 mavzu

Elektrostatik o’lchash asboblari
Elektrostatik o’lchash mexanizmlari qo’zg’aluvchan va qo’zg’almas (plastinka) o’tkazgichlardan iborat bo’lib, ularda aylantiruvchi moment zaryadlangan ikki sistema plastinkalarining, o’tkazgichlarning o’zaro ta’sirlashuvidan hosil bo’ladi. Elektrostatik o’lchash mexanizmlarida qo’zg’aluvchan qismning harakatga kelishi (burilishi) sig’imning o’zgarishiga ya’ni plastinkalarning aktiv yuzasi yoki ular orasidagi masofani o’zgarishiga bog’liq bo’ladi. SHuning uchun bu sistema asboblari faqat kuchlanishni o’lchashda ya’ni volbtmetr sifatida ishlatiladi.
Birinchi turdagi elektrostatik o’lchash mexanizmlari asosan 10 va 100 volbtlardagi kuchlanishlarni o’lchashda ishlatiladi, ikkinchi turidagi esa yuqori, ya’ni kilovolbtlardagi kuchlanishlarni o’lchashda ishlatiladi
6-rasmda elektrodlarning aktiv yuzasini o’zgarishiga bog’liq bo’lgan mexanizm ko’rsatilgan. Unda 1 -bitta yoki bir nechta kameradan iborat bo’lib, har qaysi kamera bir-biridan ma’lum masofada joylashgan ikkita metall plastinkadan iborat bo’ladi. Agar qo’zg’aluvchan va qo’zg’almas plastinkalarga o’lchanadigan kuchlanish berilsa, ular teskari ishorada zaryadlanadi va natijada qo’zg’aluvchan plastinka elektrostatik tortish kuchi ta’sirida kamera ichiga tortiladi
O’q (3) ga mahkamlangan qo’zg’aluvchan plastinkaning qo’zg’alishi (burilishi), teskari (aks ta’sir etuvchi) moment hosil qiluvchi spiral prujinani (yoki tortqini) buralishiga olib keladi. Aylantiruvchi va aks ta’sir etuvchi momentlar tenglashganda qo’zg’aluvchan qism harakatdan to’xtaydi va asbob shkalasining ko’rsatkichi bo’yicha o’lchanadigan kuchlanish aniqlanadi. Elektrostatik o’lchash mexanizmining ikkinchi turi (elektrodlar orasidagi masofani o’zgarishiga bog’liq) 7-rasmda ko’rsatilgan bo’lib, ikkita qo’zg’almas plastinka (elektrod) lardan 1, yupqa metall lentasiga osib qo’yilgan qo’zg’aluvchan 2 plastinkadan iboratdir. Qo’zg’aluvchan elektrod qo’zg’almas plastinkalarning biriga ulangan bo’lib, boshqasidan izolyatsiyalangan bo’ladi. Elektrodlar orasida potentsiallar farqi hosil bo’lishi qo’zg’aluvchan plastinka qo’zg’almas plastinkadan itarilib teskari ishora bilan zaryadlangan plastinkaga tortiladi.
Plastinka burilishining yo’nalishi kuchlanishning ishorasiga bog’liq emas. Qo’zg’aluvchan plastinkaning harakatga kelishi qo’zg’aluvchan o’qni va nihoyat asbob ko’rsatkichining shkala bo’ylab surilishiga olib keladi. Bunday mexanizmlarda aks ta’sir etuvchi moment qo’zg’aluvchan plastinkaning og’irligidan hosil bo’ladi.

Download 385,31 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 385,31 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektrostatik o’lchash asboblari

Download 385,31 Kb.