|
Elektron hukumat tizimi imkoniyatlari
|
bet | 2/5 | Sana | 21.09.2024 | Hajmi | 2,24 Mb. | | #271891 |
Bog'liq GOOGLE FORMALAR BO’LIMI YORDAMIDA FORMA TAYYORLASH ELEKTRON HUJJAT AYLANISH TIZIMI, E-HUJJATDavlat xizmati – ariza beruvchilarning so‘rovlariga ko‘ra amalga oshiriladigan, davlat organlarining vazifalarini bajarish bo‘yicha ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmat. Agar qonunchilikka muvofiq davlat xizmatlari ko‘rsatish funksiyalari boshqa tashkilotlar zimmasiga yuklatilgan bo‘lsa, ular ham davlat xizmatini ko‘rsatishlari mumkin [10].
2013-yilning 1-iyulida respublikamizda “elektron hukumat” tizimning eng muhim vositalaridan biri bo‘lgan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ishga tushirildi (www.my.gov.uz). Yagona portalning shiori “Xizmatlar yangi qiyofada” deb nomlanib, uning ma’nosi real vaqt rejimida foydalanuvchilar uchun interaktiv davlat xizmatlarini yagona nuqta orqali taqdim etishni anglatadi. Bugungi kunda Yagona portal orqali foydalanuvchilarga 334 dan ortiq xizmatlar taqdim etilmoqda. Yagona portal O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 14-fevraldagi PF-1920-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Obod turmush yili” Davlat dasturiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishni hisobga olgan holda Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining hukumat portal faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 30-dekabrdagi 378-son qaroriga asosan yaratilgan.
Yagona portalda tadbirkorlik subyektlari va aholi uchun yil boshidan 30 ta yangi xizmat va servislar ishga tushirildi. Hozirda foydalanuvchilar, asosan tadbirkorlik subyektlari Yagona portal orqali quyidagi xizmatlardan foydalanishlari mumkin:
tekshirishlar reja-jadvalidan elektron ko‘chirma olish;
tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron axbort tizimida tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha ma’lumotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish;
tadbirkorlik subyektlari uchun ularni gaz ta’minlash tarmoqlariga ulanishlari uchun texnik shartlarni taqdim etish uchun arizalarni elektron ravishda taqdim etish
“SMS-To‘lov” to‘lov tizimi orqali ba’zi turdagi xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish;
tadbirkorlik subyektlari uchun to‘lov terminallari bilan ta’minlash, mahalliy avtotransport vositalarini xarid etish uchun arizalarni elektron ravishda taqdim etish;
faoliyatning ba’zi turlari uchun litsenziyalar va ruxsatnomalarni olish uchun arizalarni taqdim etish va hakozo [11].
|
| |