Google Forms yordamida Classroomda test yaratish




Download 2,24 Mb.
bet4/5
Sana21.09.2024
Hajmi2,24 Mb.
#271891
1   2   3   4   5
Bog'liq
GOOGLE FORMALAR BO’LIMI YORDAMIDA FORMA TAYYORLASH ELEKTRON HUJJAT AYLANISH TIZIMI, E-HUJJAT

Google Forms yordamida Classroomda test yaratish
Classroomda Google Forms orqali test yaratish uchun kursning “Задание”− “Задание с тестом” ketma-ketligi bajariladi.

Hosil bo’lgan oynadan “Создать” tugmasi bosilib, ro’yxatdan “Формы” funksiyasi tanlanadi.
Hosil bo’lgan oynadan “Создать” tugmasi bosilib, ro’yxatdan “Формы” funksiyasi tanlanadi.

Ekranda hosil bo’lgan quyidagi test konstruktori oynasi yordamida test savollari va javob variantlarini kiritib, ularni tahrirlash mumkin. Formsda yaratilgan test blankalari Google Diskda saqlanadi.



Ekranning o’ng tomonidagi belgilar yordamida esa savol qo’shish, test savollari bankini import qilish, savollarga izoh qoldirish, kompyuter diskidan, Google Diskdan yoki biror internet manzili hamda rasmli fayllarga qidiruv berish orqali tasvirlarni yuklash mumkin. Shuningdek, YouTubedan video yuklash va tegilshli YouTube manziliga havola berish hamda savollar uchun yangi bo’lim qo’shish mumkin bo’ladi.

Formsda savollarni turli ko’rinishlarda joylashtirish mumkin. Bir javobli va ko’p javobli test, matnli javoblar, ochiladigan ro’yxat, javob sifatida fayllarni yuklash, shkala, bir nechta variantlarni belgilash uchun panjarali. Buning uchun Forms oynasining oynaning o’ng tomonidagi один из списки belgisiga bosib, ro’yxatdan kerakli savol turi tanlanadi.


  1. Текст (строка). Ushbu turdagi savol qisqa javobni taklif qiladi. Elektron pochta, ism, manzil, raqamli qiymat, havolani olishni xohlaganingizda undan foydalanish qulay. Ushbu turdagi savollarning quyidagi funksiyalari mavjud:


“Описание” funksiyasi. Barcha turdagi savollarda mavjud. Uni faollashtirish uchun pastki o’ng burchakdagi belgi bosiladi va “Описание” parametri belgilanadi.

“Проверка ответов” funksiyasi. Bunda ham yuqorida izohlab o’tilgan amal bajariladi. Sozlamalar maydonida kerakli qator paydo bo’ladi. Bu yerda siz test olinuvchi o’quvchi kiritadigan matni uchun kerakli parametrlarni o’rnatishingiz mumkin bo’ladi.

Masalan, siz uchun o’quvchi timonidan beriladigan javob 50 ta belgidan oshmasligi kerak. Agar maydonga 50 tadan ko’proq belgilar kiritilsa, respondent «Javob juda uzun” degan xabarni oladi. Agar u shartni uddalasa, u 4 ball oladi.


  1. Текст (абзац)da ham xuddi shu funksiyalar amal qiladi.

  2. Один из списков. Bu turdagi savollar an’anaviy test ko’rinishida bo’lib, faqat bitta javob belgilanadi va uning quyidagi funksiyalari mavjud: “Описание” funksiyasi. Savollarga izoh berish.


Ro’yxatdagi “Перемещать ответы” funksiyasi tanlansa, savollarni qabul qilgan o’quvchilarga javoblar kiritilgan tartibda emas, balki aralash tartibda namoyon bo’ladi. Javob variantlari kiritilgandan so’ng, to’g’ri javobni belgilash uchun

ikonkasini tanlash kerak bo’ladi. Hosil bo’lgan interfeysda to’g’ri variant belgilanib, har bir to’g’ri javob uchun ball shkalasi kiritiladi. Odatda, har bir to’g’ri javob uchun “1 ball” qayd etiladi.

“Настройка” belgisi bosilgandan so’ng uch bo’limdan (“Общие”, “Презентация”, “Тесты”) iborat bo’lgan muloqot oynasi paydo bo’ladi.

Bu yerda o’qituvchi o’zgartirishi kerak bo’lgan asosiy funksiyalarga tasdiqlovchi belgi qo’yish lozim bo’ladi:

Testlar kurs qatnashuvchilari elektron pochtasida qanday ko’rinishda bo’ladi?
Test savollari kurs ishtirokchilar elektron pochtasining “Входящие” papkasidan o’rin oladi.

Har bir respondent testni ishlab bo’lganidan so’ng “Отправить” tugmasinibosib, javoblarni jo’natishni tasdiqlashi lozim bo’ladi.


Download 2,24 Mb.
1   2   3   4   5




Download 2,24 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Google Forms yordamida Classroomda test yaratish

Download 2,24 Mb.