Elektron raqamli imzoni olish




Download 10.03 Mb.
bet14/17
Sana22.08.2023
Hajmi10.03 Mb.
#79195
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Elektron hukumatda interaktiv xizmatlardan foydalanish

Elektron raqamli imzoni olish.


Elektron raqamli imzoni (ERI) “Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi YAngi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi” davlat unitar korxonasining Ro‘yxatga olish markazi tomonidan beriladi (DSQning Ro‘yxatga olish markazi).
Bunda Sizga o‘zga ma’umotlarni manbaida elektron ko‘rinishida ochiq va yopiq kalitlari hamda ERI kalitining sertifikati beriladi.
ERI kalitining sertifikatida kuyidagilar ko‘rsatiladi:

  • elektron raqamli imzoning egasi bo‘lgan jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;

  • agar elektron raqamli imzoning egasi yuridik shaxsning vakili bo‘lsa, shu yuridik shaxsning nomi;

  • elektron raqamli imzoning tartib raqami va amal qilish muddati;

  • elektron raqamli imzoning ochiq kaliti;

  • elektron raqamli imzoning ochiq kalitidan foydalanishda yordam berishi mumkin bo‘lgan elektron raqamli imzo vositalarining nomi;

  • mazkur sertifikatni bergan Ro‘yxatga olish markazining nomi va joylashgan manzili;

  • elektron raqamli imzodan foydalanish maqsadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

  • elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari reestrining elektron manzili.

DSQning Ro‘yxatga olish markazining ERIni olganda, Siz soliq, bojxona, statistika va boshqa boshqaruv organlarining elektron davlat xizmatlaridan, hamda Davlat xizmatlarining YAgona portalida elekton davlat xizmatlaridan foydalanishning imkoniyatlarigizni yanada ham kengaytirasiz. ERI ning kalitlari bir vaqtda Siz soliq organlarining bir qator davlat xizmatlarni olish uchun elektron so‘rovlarni, soliq hisobotlarni va daromad xaqida deklaratsiyani yuborish, Sizning murojaatlaringizni ko‘rish xaqida ma’lumotlarni bilishingiz, elektron xabarlarni va o‘zingiz xaqida konfidensial axborotni bevosita Davlat soliq qo‘mitasining axborot manbailardan olish imkoniyatni beradigan soliq to‘lovchining shahsiy kabinetingizga kalitlari bo‘ladi.
ERIni olish uchun Siz istalgan Davlat soliq inspeksiyasigaish vaqti murojaat qilishingiz zarur. Sizga ro‘yxatga olish uchun ariza blanka va unga ilova kilinadigan xujjatlarining ro‘yxati beriladi, hamda DSQning Ro‘yxatga olish markazining ommaviy oferta bilan oldindan tanishish taklif qilinadi.
ERI kalitlarning sertifikatlari yuridik va jismoniy shaxslarning murojattlari bo‘yicha beriladi. Murojatt qilgan shaxs ro‘yxatdan utish va ERI kalitining sertifikatini olish uchun soliq xizmatlari organlarida xisobda turish zarur (soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami -STIRbo‘lish kerak)

ERI olish uchun zarur xujjatlar.


Jismoniy shaxslar uchun:

  • SHaxsni tasdiqlovchi guvoxnomani nusxasi (O‘zbekiston Respubliki fuqarosi pasporti, xorij fuqarosi pasporti, fukaroligi yuq shaxsni guvoxnomasi, xarbiy guvoxnomasi unga ilova qilingan xarbiy xizmatchining pasport va yashash joyi ma’lumotlarni tasdiqlovchi belgilangan shakldagi ma’lumotnomasi);

  • ERI kalitini ro‘yxatdan o‘tkazish va sertifikatni berish uchun imzolangan ariza.

Yuridik shaxslar uchun:

  • Yuridik shaxsni vakili – ERI egasining shaxsni tasdiqlovchi guvoxnomani nusxasi (O‘zbekiston Respubliki fuqarosi pasporti, xorij fuqarosi pasporti, fukaroligi yuq shaxsni guvoxnomasi, xarbiy guvoxnomasi unga ilova qilingan xarbiy xizmatchining pasport va yashash joyi ma’lumotlarni tasdiqlovchi belgilangan shakldagi ma’lumotnomasi);

  • ERIning egasi - yuridik shaxsning vakiliga buyruqning tasdiqlangan nushasi yoki ishonchnoma;

  • Yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazganligi xaqida guvoxnomaning tasdiqlangan nusxasi

  • ERI kalitini ro‘yxatdan o‘tkazish va sertifikatni berish uchun arizada ERIning egasi ko‘rsatiladi.

ERI kalitini ro‘yxatdan o‘tkazish va sertifikatni berish uchun arizaniko‘rish muddati 5 kundan ortiq emas. ERI kalitlarni ro‘yxatga olish va sertifikatni berish muddati ERI sertifikatni berish uchun tulovi tushgan vaqtidan bir ish kuni.
ERI sertifikatni berish uchun tulovi eng kam oyli ish xaqining 10 foizi miqdorida, QQSsiz. To’lov 18.07.2012 yilgi PF-4455-sonli “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan tasdiqlangan 2012 yil 1 avgustdan boshlab, tadbirkorlik faoliyati uchun shart-sharoitlarni yanada yaxshilashga yo‘naltirilgan joriy qilingan aniq me’yor va chora-tadbirlarga muvofiq o‘rnatilgan.
2015 yilning 9 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvi tomonlaridan O‘zbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 15 iyuldagi “Elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatdan o‘tkazish markazlari faoliyatini yanada tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 190-sonli qaroriga muvofiq “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklari tomonidan ko‘rsatiladigan barcha turdagi xizmatlarda elektron raqamli imzodan foydalanish qoidalarini tasdiqlash haqida” qo‘shma qaror qabul qildi.



Download 10.03 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Download 10.03 Mb.