Elektron o`quv nashrlari moslashuvchanligi:
Elektron o`quv nashrlar yaratish jarayoni masofaviy ta’lim borasida OO`Yo‘qfhb faoliyatining yetakchi yo`nalishiga aylanib bormoqda. An’anaviy o`quv jarayonida bilimni boshqaruvchi vazifasini o`qituvchi bajarsa, masofaviy ta’limda talabaning o`zi bajaradi. Bunday talablarga javob beradigan elektron o`quv nashrlarini (EO`N) yaratish murakkab didaktik talablarni o`z ichiga oladi, lekin hozirgi zamonaviy axborot texnologiyalari bu muammoni hal qilishda keng imkoniyatlar yaratib beradi. Bunda quyidagi talablarga e’tibor qaratish lozim:
kursning bo`limlar birligida namoyish qilinishi;
mundarija bo`limlariga to`liq ruxsat etilishi;
turli ko`rinishdagi ma’lumotlardan foydalanish;
o`quv materialining o`rganuvchi xususiyatlari yuzasidan moslashuvchanligi.
EO`Nni yaratishda turli darajadagi o`rganuvchilar uchun individual ta’lim xususiyatlarini hisobga olish zarur. Bunda qanday ma’lumot tasvirlanayapti, qanday qilib, qanaqa ketma-ketlikda, qaysi o`qitish uslubiyati qo`llanilmoqda
bularning hammasi ma’lum o`quv jarayonining individual chizgilari hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda masofaviy o`qitishda keng ko`lamdagi elektron o`qitish tizimlari mavjud bo`lib, ularga misol sifatida VLE (o`qitishning virtual vositalari-Virtual Learing Environment), V2K- Bridge to Knowledge, WebCT, Learning Space, OpenClass, KADIS va Prometey tizimlari va boshqa shu kabi o`quv jarayonining asosiy vazifalarini avtomatlashtiruvchi tizimlarni keltirish mumkin.
Masofaviy ta’lim tizimida EO`N larini yaratish turli uskunaviy vositalar va qobiqlardan foydalanishni turli tartibda tashkil qilishdan iborat bo`lishi mumkin. Bunda EO`N lar qo`yidagi tarkibiy qismlardan tashkil topadi: kiritish bo`limi, o`quv materiallari, seminar mashg`ulotlari, dekanat tipidagi tizim, o`quvchilarning aloqa o`rnatish vositalari (chat, telekonferensiya, e’lonlar doskasi, elektron pochta va boshqalar) bo`limi, o`quv topshiriqlari bo`limi, masofaviy o`qitish jarayoni administratori (o`quvchilar ro`yxati, hisob daftarchasi, talabalarning shaxsiy ma’lumotlari, hisobot meteriallari va h.k.) bo`limi va asosiysi yordam bo`limi va shu kabilar. Bunday keng imkoniyatlar o`quvchilarning bilim o`zlashtirish ko`rsatkichini oshishiga yetarlicha ta’sir ko`rsatadi.
Tajribadan ma’lumki, an’anaviy o`quv jarayoni quyidagicha tasvirlanishi mumkin:
a). Ma’ruza, sharhlash b). Imtihon
v). Shug`ullantirish
1.4-rasm. An’anaviy o`quv jarayoni.
Zamonaviy avtomatlashtirilgan o`qitish vositalarini esa quyidagicha tasvirlash mumkin:
1.5-rasm. Elektron o`qitish vositalaridan foydalanish.
1.6-rasm. Avtomatik shug`ullantirish.
Zamonaviy adabiyotlar va ta’lim tizimidagi mavjud meyoriy xujjatlarga asoslanib, o`quv jarayonida qo`llaniladigan EO`Nlarni qo`llanilish maqsadiga ko`ra quyidagi belgilariga asoslanib guruhlarga ajratish mumkin: tuzilishiga ko`ra, funksional vazifasiga ko`ra, matnni tashkil qilishiga ko`ra, ma’lumotni tasvirlash xarakteriga ko`ra, ma’lumotni ifodalash shakliga ko`ra, maqsadga
yo`naltirilganligiga ko`ra, tarqatilish texnologiyasiga ko`ra, foydalanuvchi va elektron vosita orasidagi bog`liqlik xarakteriga ko`ra va hokazo.
EO`Nlar moslashuvchanligini oshirishda uning ko`p darajaliligi ham yuqori samara beradi. Ko`p darajali EO`Nlar o`quv materialini ko`rib chiqishning bir nechta yo`llarini o`z ichiga olgan bo`lishi, ya’ni turli qiyinlik darajalaridan iborat bo`lishi mumkin. Bunda har bir daraja modullarga ajratilib, har bir moduldagi yangi ma’lumot oldingi ma’lumotlar bilan nazariy bog`langan bo`lishi lozim. EO`Nning har bir moduli test topshirig`i ko`rinishidagi nazorat savollarini yechish bilan tugallanishi mumkin. Bu tuzilishni biz quyidagicha tasvirlaymiz:
/
rasm. Ko`p darajali EO`Nlar o`quv materiali darajalari
Shu o`rinda biz uch darajadagi moslashuvchanlik xususiyatiga ega bo`lgan EO`Nlarni yaratishni keltirib o`tmoqchimiz.
Birinchi darajada o`quv materiali bo`limlari oddiy HTML tilida, oq-qora rangda ikki o`lchamli tasvirlardan iborat, oddiy chizmalardan foydalanilgan holda tasvirlanishi mumkin.
Ikkinchi darajada o`quv materiali bo`limlari HTML, Java, JavaScript ilovalari, 2-D, 3-D va rangli tasvirlar, bo`limlarning bir-biri bilan o`zaro bog`liklik holida keltirilishi mumkin.
Uchinchi darajada o`quv materiali har bir bo`limda HTML, Java, JavaScript ilovalari, 2-D, 3-D va rangli tasvirlar va matnlardan tashqari, ovozli, video, namoyishli tarzda va albatta testlash dasturi bilan birga keltiriladi.
Yuqorida sanab o`tilgan uch xil darajali EO`Nlarni yaratish o`quvchi bilim salohiyatini oshishi, masofaviy o`qitishda bilimni o`zlashtirish ko`rsatkichini va darslikning o`quvchiga bo`lgan moslashuvchanlik darajasini yuqoriga ko`tarilishiga olib keladi.
rasm. Ko`p darajali elektron o`quv nashrlari texnologiyalari.
Yuqorida ko`rsatilgan tuzilishdagi elektron o`quv nashrlarining dasturiy qobig`inida ko`rsatilgan barcha imkoniyatlar kiritilgan bo`lib, unda foydalanuvchi uch xil darajadagi o`quv materialidan foydalanishi mumkin. Dasturda foydalanuvchining bir darajadan ikkinchi darajaga o`tishi uchun qulay interfeys taklif etilgan. Bundan tashqari ushbu qobiqda
foydalanuvchilarning elektron o`quv nashrlarini dasturga joylashtirishda qo`l mehnatini kamaytirish masalasini ko`rib chiqish oshirilgan.
Masofadan o`qitish tizimining testlash dasturi ham turli ko`rinishlar va imkoniyatlarda yaratilishi zarur. Bunga o`rganuvchi bilimini to`liq tekshiradigan, noto`g`ri berilgan javobga turli variantlar keltiriladigan, turli bosqichdagi testlashni keltirish mumkin.
EO`Nlarining moslashuvchanligi qanchalik yuqori va o`rganuvchi talabiga mos bo`lsa, shundagina masofadan o`qitish tizimida yetarlicha ijobiy natijalarga erishsa bo`ladi.
NAZORAT SAVOLLARI:
Masofaviy ta’lim tizimida EO`M larini yaratish?
Zamonaviy adabiyotlar va ta’lim tizimidagi mavjud meyoriy xujjatlar?
EO`Mlarni yaratishn xususiyatlari?
|