Mavzu: Elektron pochta xizmati strukturasi. Elektron pochtada axborotlarni himoyalash
Elektron pochta – kompyuter tarmoqlari bo‘ylab elektron xatlar bilan almashish (qabul qilish va yuborish) imkonini beruvchi texnologiyadir. Elektron pochta tuzilishi va ishlash prinsipi jihati tomonidan oddiy (qog‘ozli) pochta tizimiga o‘xshab ketadi. Undagi terminlar (xat, konvert, banderol («посылка»), pochta quti, etkazib berish), unga xos bo‘lgan jihatlar – qulayliklar, xabarlarni jo‘natishdagi kechikishlar, yetarli darajadagi ishonchlilik va shu bilan birga etkazib berishning kafolatlanmasligi kabi xususiyatlar elektron pochtaga ham xos.
Birinchi elektron pochta 1965 yilda Massachutes texnologiya instituti xodimlari Noel Morris va Tom Van Vlyek tomonidan yaratilgan.
Elektron pochta (ingliz tilida E-mail, yani “electronic mail”) – xat jo’natish bo’yicha texnologiya va xizmat hisoblanadi. Elektron pochta orqali xatlar va kerakli bo’lgan ma’lumotlarni o’qish uchun va kerakli bo’lgan fayllarni jo’natish uchun ishlatish mumkin.
Hozir internetni deyarli hamma foydalanuvchilarida elektron pochta mavjud va elektron pochtaning shakli quyidagicha:
isim@xizmatchi.domen
Isim – ushbu bo’limga Siz xohlagan isimni yoki so’zni kiritshingiz mumkin. Masalan : laqabingiz, yaxshi ko’rgan qizingizni/yigitingizni ismi bilan o’zingizni ismingiz yoki ismingiz bilan tug’ilgan yilingiz.
@ – elektron pochtaning belgisi.
Xizmatchi – elektron pochta servisini taqdim etadigan xizmatchi. Masalan: Mail, Gmail, Яндекс Почта va boshqalar.
Domen – elektron pochta servisini taqdim etuvchi xizmatchining domeni (manzili).
Elektron pochtaning afzalliklari:
Manzillar nomining eslab qolishga qulayligi (misol
uchun: uzdasturchi@gmail.com); matndan tashqari istalgan formatdagi fayllarni jo‘natish imkoniyati; xabarlarning yetarli darajada tez va ishonchli yetkazib berilishi; foydalanishning osonligi va hokazo.