Elektron raqamli imzoni yaratish texnologiyasi




Download 123 Kb.
bet1/6
Sana08.04.2024
Hajmi123 Kb.
#191284
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Elektron raqamli imzoni yaratish texnologiyasi
Operatsion tizim, UNIX, Приложения 5 а Дополнительный вкладыш к форме ФО, a.y Mus ish2, 111111, 1-Amaliy mashg\'ulot, Elektr taminoti tizimining murakkab sxemalarining ishonchliligi, Optik aloqa tizimlari (1), Ishlab chiqarish binolari va ish joylarini yoritish. Yoritilganl, Konservalarni atmosfera bosimidan yuqori bosimda, Ma\'naviy qadriyatlar, 15-mavzu 6-22, test blanka, 2010 10 may
    1. Elektron raqamli imzoni yaratish texnologiyasi




Elektron raqamli imzo (ERI)– bu berilgan xujjatning rekviziti xisoblanadi va uning asosiy vazifasi berilgan elektron xujjatni kaalbakisidan ximoya kilishdir. ERI an’anaviy imzodan farkli ravishda jismoniy emas mantikiy tabiatga ega. Ya’ni ERI bu simvollar yoki kodlarning ketma-ketligi bulib, xujjatni egasini ERI egasi bilan bevosita boglaydi.
Elektron hujjatlarni tarmok orqali almashishda ularni ishlash va saqlash harajatlari kamayadi, qidirish tezlashadi. Ammo, elektron hujjat muallifini va hujjatning o’zini autentifikatsiyalash, ya’ni muallifning haqiqiyligini va olingan elektron hujjatda o’zgarishlarning yo’qligini aniqlash muammosi paydo buladi.
Elektron xujjatlarni autentifikatsiyalashdan maqsad ularni mumkin bo’lgan
jinoyatkorona harakatlardan himoyalashdir. Bunday harakatlarga quyidagilar kiradi:
- faol ushlab qolish - tarmokka ulangan buzg’unchi hujjatlarni (fayllarni) ushlab koladi va o’zgartiradi.
maskarad - abonent S hujjatlarni abonent V ga abonent A nomidan yuboradi;
renegatlik - abonent A abonent V ga xabar yuborgan bo’lsada,
yubormaganman deydi;
almashtirshi - abonent V xujjatni o’zgartiradi, yoki yangisini shakllantiradi va uni abonent A dan olganman deydi;
takrorlash - abonent A abonent V ga yuborgan hujjatni abonent S takrorlaydi.
Jinoyatkorona harakatlarning bu turlari o’z faoliyatida kompyuter axborot texnologiyalaridan foydalanuvchi bank va tijorat tuzilmalariga, davlat korxona va tashkilotlariga xususiy shaxslarga ancha-muncha zarar etkazishi mumkin.
Elektron rakamli imzo metodologiyasi xabar yaxlitligini va xabar muallifining haqiqiyligini tekshirish muammosini samarali xal etishga imkon beradi.
Elektron rakamli imzo telekommunikatsiya kanallari orqali uzatiluvchi matnlarni autentifikatsiyalash uchun ishlatiladi. Rakamli imzo ishlashi buyicha oddiy kulsema imzoga uxshash bulib, kuyidagi afzalliklarga ega:
imzo chekilgan matn imzo qo’ygan shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlaydi; bu shaxsga imzo chekilgan matnga bog’liq majburiyatlaridan tonish
imkoniyatini bermaydi;
-imzo chekilgan matn yaxlitligini kafolatlaydi.
Elektron rakamli imzo - imzo chekiluvchi matn bilan birga uzatiluvchi qo’shimcha raqamli xabarning nisbatan katta bo’lmagan sonidir.
Elektron rakamli imzo asimmetrik shifrlarning qaytaruvchanligiga xamda xabar tarkibi, imzoning o’zi va kalitlar juftining o’zaro bog’liqligiga asoslanadi. Bu elementlarning xatto birining o’zgarishi raqamli imzoning xakikiyligini
tasdiqlashga imkon bermaydi. Elektron rakamli imzo shifrlashning asimmetrik algoritmlari va xesh-funktsiyalari yordamida amalga oshiriladi.
Elektron rakamli imzo tizimining qo’llanishida bir-biriga imzo chekilgan elektron hujjatlarni jo’natuvchi abonent tarmog’ining mavjudligi faraz kilinadi. Xar bir abonent uchun juft - maxfiy va ochik kalit generatsiyalanadi. Maxfiy kalit abonentda sir saqlanadi va undan abonent elektron rakamli imzoni shakllantirishda foydalanadi.
Ochik kalit boshka barcha foydalanuvchilarga ma’ lum bulib, undan imzo chekilgan elektron hujjatni qabul qiluvchi elektron raqamli imzoni tekshirishda foydalanadi.
Elektron rakamli imzo tizimi ikkita asosiy muolajani amalga oshiradi:

Imzoni shakllantirish muolajasida xabar junatuvchisining maxfiy kaliti ishlatilsa, imzoni tekshirish muolajasida jo’natuvchining ochiq kalitidan foydalaniladi.

Download 123 Kb.
  1   2   3   4   5   6




Download 123 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektron raqamli imzoni yaratish texnologiyasi

Download 123 Kb.