• Elektron hukumat
  • Elektron tijorat




    Download 2.49 Mb.
    Sana05.03.2024
    Hajmi2.49 Mb.
    #167534
    Bog'liq
    Eliktron tijorat, eliktron hukumat
    Diskret mustaqil ish, 1.Inklyuziv ta\'limning zamonaviy tendensiyalari, 5,Inklyuziv ta’limni amalga oshirish yo‘llari., Barqaror taraqqiyotni ta\'minlashda globallashuvning ijobiy va salbiy yònalishlari, Ota-onalar majlisini tashkil qilish va o’tkazish metodikasi

    Elektron tijorat (e-tijorat, ingl. "e-commerce") — internet orqali savdo-sotiq amaliyotlarini tashkil etish
    Internet (lotinchainter — aro va net — tarmoq) — standart minimal internet protokoli (IP) orqali maʼlumot almashuvchi kompyuter tarmoqlarining butunjahon va omma uchun ochiq toʻplamidir. Bu maʼlumotlarning asosiy tashuvchi protokoli — TCP/IP.
    Elektron tijoratga jahon miqiyosida hozirgi eng katta internet auksioni va doʻkoni eBay misol boʻladi.
    Auksion (lot. auction) – maxsus kim-oshdi savdo bozorlari; tovarlarni talabgor haridorlarga sotish.
    Auksionda savdo tovarlarning nisbatan cheklangan roʻyxati boʻyicha, ommaviy sotuvga qoʻyish yoʻli bilan oʻtkaziladi. Auksion eʼlon qilingan vaqtda va maʼlum davrda oʻtkaziladi. Bunda tovarlarning bozorga kelib tushish mavsumi va hajmi hisobga olinadi. Auksion savdosida namuna tovarlar roʻyxatda koʻrsatilgan tartibda savdoga qoʻyiladi, xaridorlar orasida eng yuqori narxni taklif qilgan kishi tovarni sotib oladi.
    Auksionlarda sanʼat asarlari, noyob buyumlar, kolleksiyalar ham sotilishi mumkin. Savdo yarmarkalari maʼlum vaqtda oʻtkazilib, bu erda tovarlar ulgurji ravishda oldi-sotdi qilinadi. Tovar savdosi uning egasi bilan savdo firmasi oʻrtasida yuz berib, unda bevosita isteʼmolchi qatnashmaydi.
    eBay Inc. — Internet-auksion (asosiy faoliyati), internet-magazintezda toʻlovni amalga oshirish va VoIP kabi sohalarda hizmat taklif etuvchi Amerika kompaniyasidir. eBay.com saytini boshqaradi, Paypal va Skype kompaniyalari egasi hisoblanadi.
    O'zbekiston kesimida esa Elektron tijorat maydoni Vibo Marketplace misol bo'ladi.
    Elektron tijorat atamasining oʻzi deyarli 1950—1960-yillarda kompyuter paydo boʻlganidan keyin darhol paydo boʻldi. Dastlabki dasturlardan biri bu transport chiptalariga buyurtma berish, shuningdek reyslarni tayyorlash uchun turli xizmatlar oʻrtasida maʼlumot almashishdan iborat boʻlgan. U 1961-yil Massachusets texnologiyalar institutidan Leonard Kleinrok maʼlumotlarni uzatish uchun paketlarni kommutatsiya qilish nazariyasini ishlab chiqdi.
    Elektron hukumat — Barcha ham „ichki“, ham „tashqi“ aloqalar va jarayonlar majmuasi bo'lib, tegishli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan quvvatlanib va taʼminlanib turadigan hukumat. Kommunikatsiya tarmoqlari (shu jumladan Internet) orqali axborotga ishlov berish, uni uzatish va tarqatishni elektron vositalari asosida davlat boshqaruvini tashkil qilishni, davlat hokimiyati organlarini barcha boʻgʻinlari tomonidan fuqarolarning barcha toifalariga elektron vositalar bilan xizmatlar koʻrsatish, oʻsha vositalar yordamida fuqarolarga davlat organlarining faoliyati haqida axborot berish. „Elektron hukumat“ tushunchasi 1990-yillarning boshida paydo boʻlgan, lekin amaliyotga soʻnggi yilardan boshlab tatbiq qilina boshladi.
    elektron hukumat — davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash yo‘li bilan davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir faoliyatini, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilishni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimi;
    Oldingi tahrirga qarang.
    davlat xizmati — ariza beruvchilarning so‘rovlariga ko‘ra amalga oshiriladigan, davlat organlarining vazifalarini bajarish bo‘yicha ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmat. Agar qonunchilikka muvofiq davlat xizmatlari ko‘rsatish funksiyalari boshqa tashkilotlar zimmasiga yuklatilgan bo‘lsa, ular ham davlat xizmatini ko‘rsatishlari mumkin;
    Elektron hukumatni ishlab chiqish bilan birinchi galda AQSh va Angliya hamda ItaliyaNorvegiyaSingapurAvstraliya va ayrim boshqa davlatlar (Fransiya, Germaniya, Katar, BAA va h.k.) shugʻullandilar. Elektron hukumatning uch asosiy rivojlanishi tizimi ajratiladi:- hukumat- aholi (G2C);- hukumat — biznes (G2B);- hukumat — hukumat (G2 G).Oʻzbekistonda ham elektron hukumat barpo qilish ishlari boshlab yuborilgan. Jahon tajribasiga mavjud amaliyotga koʻra, u ikki oʻzaro bogʻlangan, lekin funksional jihatdan mustaqil qismlardan, Hukumat Intranetidan va tashqi infratuzilmadan tarkib topgan.
    Hukumat Intraneti axborot tizimining ichki infratuzilmasini qamrab oladi, u davlat tuzilmalari tomonidan davlat korporativ vazifalarini amalga oshirishdagi oʻzaro munosabatlarda foydalaniladi. Tashqi infratuzilma, davlatni fuqarolar (G2C) va tashkilotlar (G2B) bilan oʻzaro ishlashini taʼminlaydigan ommaviy axborot infratuzilmasini qamrab oladi.
    5-23 guruh talabasi Umidova Farangiz
    Thank you
    Download 2.49 Mb.




    Download 2.49 Mb.