Elektronika va asbobsozlik




Download 2.29 Mb.
bet6/46
Sana19.05.2023
Hajmi2.29 Mb.
#61636
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
Bog'liq
Автоматлаштиришда қўлланиладиган пакетлар фанидан маърузалар матни
Maqola va uing turlari, NUTQ MADANIYATI VA ADABIY TIL ME’YORLARI, 4.Kurs ishi - копия - копия - копия (70), курс иши, Doc1, АБРАЗИВНЫЙ ИНСТРУМЕНТ, 9.ENERGOMENEJMENT, 11.JAMOAT BINOLARIDA ENERGIYANI TEJASH, 2 5404804334393229791 010818181524, Xalilova Surayyo, Akademik yozuv (3), ADABIYOT, Arduino nima, Laboratoriya ishi

Integratsiyalangan ADP




Integratsiyalangan dasturlar paketi - mahsulot nomlarining soni bo‘yicha unchalik ko‘p bo‘lmagan, lekin hisoblash quvvati katta va jadal rivojlanayotgan dasturiy ta’minot qismidir.
Integratsiyalangan dasturlar kompleksini yaratish gpoyasi yangi bo‘lmasdan u hamma EHM avlodlarida u yoki bu o‘lchamda amalga oshirilgan.
Bu muammoga diqqatning qaratilishi shu bilan izohlanadiki hisoblash texnikasini qo‘llash sohalari kengayib borishi bilan, hamda dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi firmalarning ma’lumotlarni yanada takomillashgan qayta ishlash tizimiga o‘tishda o‘z mijozlarini yo‘qotib qo‘ymaslikga intilishidadir.
Ananaviy yoki toplabog`langan, integratsiyalangan komplekslar turli xil ixtisoslashtirilgan (muammoga yo‘naltirilgan) alohida ish joyidan ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyasi ma’nosida bir biriga o‘xshash bo‘lgan paketlarning funksiyalari va imkoniyatlarini bir butun qilib bogplagan ko‘p funksiyali alohida avtonom paketni namoyon etadi. Bu dasturlarning o‘ziga xos vakillari bo‘lib, Framework, Symphony, hamda yangi avlod paketlari Microsoft Works va Lotus Works  hisoblanadi.
Bu dasturlarda matn redaktori, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi va jadval protsessorining funksiyalari integratsiyalanadi. Umuman olganda bunday paketning narxi shunga o‘xshash ixtisoslashtirilgan alohida paketlar yig‘indi narxlaridan ancha arzon bopladi.
Integratsiyalangan paket doirasida ma’lumotlar o‘rtasida aloqa ta’minlanadi, biroq bu yerda har bir komponentlarning imkoniyatlari shunga o‘xshash ixtisoslashgan paketlar imkoniyatiga qaraganda torayadi. Oldingi dasturlarning interfeyslari ma’lumotlar almashuvi va ishlash muhitini ifodalovchi turli xil vositalar bilan ortiqcha yuklangan edi, bu esa paket rejimlariga o‘tish, ma’lumotlarning formatlari, saqlash ‘rinsi’lari va turli tuman ma’lumotlar mani’ulyatsiyasi qismida foydalanuvchidan bilim va ko‘nikmalar talab qilar edi. Bu esa oxir oqibatda paketlarning ko‘rkamligini kamaytirar edi. Zamonaviy dasturlarda esa (masalan, Microsoft Works) bu kamchiliklar bartaraf etilgan bo‘lib, interfeysining soddaligi xodimlarni ularda ishlashga oldindan tayyorlamasdan turib ulardan foydalanishga imkon beradi.
Hozirgi vaqtda dastur vositalarining integratsiyasiga boshqacha yondashilmoqda: ixtisoslashtirilgan paketlarni yaxlit resursli bazalar doirasida birlashtirish, ilovalarning (paket dasturlarining) ob’yektlar pagponasida o‘zaro ma’lumot almashuvini ta’minlovchi va yaxlit soddalashtirilgan ilovalarni bir biri bilan bogplaydigan markaz darajasida jadal suratlarda amalga oshirilmoqda. Bu holda integratsiyaga ob’yektli-bogplangan deb aytiladi.
Ushbu turdagi integratsiyada o‘ziga xos va o‘ta quvvatli bo‘lgan: Microsoft Office, Borland Office for Windows, Lotus SmartSuite for Windows paketlari hisoblanadi. Bu paketlarning ‘rofessional tahririda to‘rtta ilova mavjud: matn redaktori, MBBT, jadval protsessori, grafik namoyishlar dasturi. Bunday paketlarni yaratishdan maqsad o‘z navbatida integratsiyadan ularni tashkil qiluvchi boplaklarning (komponentov) oddiy yig‘indisiga nisbatan qo‘shimcha natijalar olish ehtiyoji bilan bog‘liq. Bu natijaga foydalanuvchining ish jarayonida boplaklarning o‘zaro ta’sirini muvofiqlashtirish hisobiga erishilishi kerak. Dasturlar integratsiyasiga ananaviy yondashishda foydalanuvchiga kerak bo‘lgan funksiyaning mavjud bo‘lmasligi tufayli va uncha ko‘p bo‘lmagan o‘rganish talab qilmasada lekin qo‘shimcha o‘qish yetarli bo‘lgan ixtisoslashgan paketlarda bu funksiyalarning mavjudligi bu yutuqlarni yo‘qga chiqarishi mumkin.
Paketlarni yangicha turda integratsiyalashning o‘ziga xos xususiyati bo‘lib, umumiy resurslardan foydalanish hisoblanadi. Bu yerda resurslarga birgalikda murojaat etishning to‘rtta asosiy ko‘rinishini belgilab o‘tish mumkin:
- hamma dastur komplekslari uchun umumiy bo‘lgan utilitalaridan foydalanish. Misol uchun, orfografiyani tekshirish utilitasidan paketning qolgan hamma dasturlaridan murojaat etish mumkin;
-  bir necha dasturlar birgalikda foydalanadigan ob’yektlarni joriy etish;
-  bir ilovadan boshqasiga oddiy o‘tish (yoki ishga tushirish) uslubini amalga oshirish;
-  yagona ‘rinsi’larda qurilgan (makrotil) ilovalari bilan ishlashni avtomatlashtiruvchi vositalarning amalga oshirilishi, (makroo’redeleniy) tilida dasturlashga minimal sarflar bilan o‘rgatib, axborotni kompleks qayta ishlashni tashkil etishga imkon beradi.
Ob’yektlarnining turli ilovalarda birgalikda ishlatilishi - bu dastur va ma’lumotlar mani’ulyatsiyasining zamonaviy integratsiya texnologiyalarining asosiy negizi hisoblanadi. Bu sohada ikkita asosiy standart ishlab chiqilgan:
Microsoft firmasining ob`ektlarni dinamik komponovkalash va o‘ziga mujjasamlash Object Linking and Embedding OLE 2.0;
A’’le, Borland, IBM, Novell va Word’erfect firmalarining O’enDoc (ochiq xujjat).
Ob’yektlarni dinamik komponovka qilish mexanizmi foydalanuvchiga biror amaliy dasturda yaratilgan axborotni boshqasida shakllanadigan xujjat ichiga joylashtirish imkonini beradi. Bunda foydalanuvchi o‘sha mahsulot yordamida yaratilgan yangi xujjatdagi axborotni o‘sha dastur vositalari bilan tahrir qilishi mumkin (tahrirlanayotganda mos ilovalar avtomatik ravishda ishga tushiriladi). Konteyner-xujjatni qayta ishlovchi dastur va ilova ishga tushirilganda ekranga unga «muvofiq» menyu qalqib chiqadi, uning bir qism bandlari bir dasturga tegishli bo‘lsa qolganlari esa boshqa dasturga tegishli bopladi.
Bundan tashqari, ushbu mexanizmda bir amaliy dasturning oynasidan boshqa dasturning oynasiga OLE-ob’yektlarini ko‘chirish imkonini ham beradi.
Bu texnologiyada dasturlarning funksional resurslaridan umumiy foydalanish ham ko‘zda tutilgan; masalan, jadval protsessorining grafiklar tuzish moduli matn redaktoridan ham ishlatilishi mumkin.
Ushbu texnologiyaning kamchiligi bo‘lib, ob’yekt o‘lchamini bir sahifali o‘lchamda cheklash hisoblanadi.
Qatnashuvchi firmalarning ochiq standartlari asosida ishlab chiqilgan O’enDoc ob’yektga-yo‘naltirilgan tizimni, namoyon etadi. Tizimda ob’yekt modeli sifatida OS/2 o’eratsion tizimi uchun IBM firmasi tomonidan ishlab chiqilgan (DSOM-Distributed System Object Model - ob’yektlarining taqsimlangan modeli tizimi) ishlatiladi. OLE va O’enDoc standartlarini bir biri bilan moslashtirish masalasi ko‘zda tutilgan.

Download 2.29 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Download 2.29 Mb.