• Transmissiyali elektr yuritmalar
  • Guruxli elektr yuritma
  • Mahsus individual elektr yuritma
  • Ko`p motorli elektr yuritmalar
  • KORXONALARNING ELEKTR TA`MINOTI ASOSLARI
  • Elektr yuritmalarning klassifikatsiyalanishi




    Download 157,43 Kb.
    bet39/44
    Sana19.11.2023
    Hajmi157,43 Kb.
    #101415
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
    Bog'liq
    «elektrotexnika»

    3.Elektr yuritmalarning klassifikatsiyalanishi.
    Elektr matori bilan harakatga keltiriladigan mashinalar soniga yoki ishlab chiqarish
    agregati matorlari soniga ko`ra elektr yuritmalar quyidagicha bo`ladi.
    a) ishlash sharoitiga qarab statsionar va ko`chma elektr yuritmalar.
    b) elektromator ishlatadigan mashina soniga qarab transmissiyali, yakka va ko`p motorli.
    v) aylanishlar tezliklarini o`zgartirilishiga qarab bir tezlikli va ko`p tezlikli.
    g) boshqarish usuliga qarab avtomatlashtirilgan, yoki avtomatlashtirilmagan, yoki qisman avtomatlashtirilgan.
    Transmissiyali elektr yuritmalar. Elektr motor harakatini po`lat arqon yoki tasmalar vositasida ishlab chiqarish korxonasi sexlaridagi bosh transmissiyalarga uzatuvchi yuritma umumiy transmissiyali EYu deyiladi. Bunda har bir ish mashinasiga harakat tasmalar orqali bosh transmissiyadan uzatiladi: Umumiy transmissiyali elektr yuritmalar tejamsizligi va noqulayligi sababli hozirgi paytda umuman qo`llanilmaydi.
    Guruxli elektr yuritma. Bosh transmissiyada bir gurux ishchi mashinalarga Harakat uzatuvchi yuritma guruhi guruhli EYu deyiladi. Guruxli elektr yuritma ham tejamsizligi va noqulayligi tufayli hozirgi paytda deyarli qo`llanilmaydi.
    Oddiy yakka motorli elektr yuritma. Har bir ish mashinasi undan alohida o`rnatilgan
    elektr motori bilan harakatlantiriladigan yuritma oddiy yakka motorli EYu deyiladi: Bunda ish mashinasining kinematikasi va harakat uzatilishiga hech qanday o`zgartirish kiritmaydi
    Mahsus individual elektr yuritma. Elektr motor ish mashinasiga o`rnatilgan va u bilan bir butun agregatni tashkil qilgan EYu, mahsus individual EYu deyiladi. Bunday agregatlar shovqinsiz, yengil, oddiy, ishlatishga qulaydir. Ularning foydali ish koeffitsenti yuqori hamda avtomatlashtirish imkoniyati katta bo`ladi.
    Ko`p motorli elektr yuritmalar. Bunday elektr yuritmalarda har bir ish mashinasi uchun alohida elektromotor talab qilinadi. Shuning uchun ularni ko`p motorli EYu lar de-yiladi. Ko`p motorli elektr yuritmalar murakkab qurilmalar yoki mashinalarning ish organ-larini ulardan alohida o`rnatilgan mustaqil elektr motorlardan harakat olib ishlaydi (masa-lan, AVM – 0,4 vitaminli un tayyorlash agregatida to`qqizta elektr motor bor.
    Ishlab chiqarish korxonalarida juda keng tarqalgan asinxron motorlar va shu kabi elektromagnit chulg’amlarga ega bo`lgan qator iste’molchilarda o`zgaruvchan magnit maydoni hosil qilish uchun reaktiv quvvat talab qilinadi. Reaktiv quvvat Cos koeffitsent bilan harakterlanadi va quyidagi formuladan aniqlanadi. .
    Tok manbaasidan talab qilinadigan reaktiv quvvat qiymatini kamaytirish, ya`ni quvvat

    koeffitsenti Cos oshirish muhim masalalardan hisoblanadi. Haqiqatan Cos ning ahamiyatini eng ko`p tarqalgan iste’molchilardan, asinxron dvigatel uchun transformator tanlashdan boshlab ko`rib chiqaylik. Masalan, 100 kVt li aktiv quvvatga ega bo`lgan Asinxron dvigatel uchun Cos =0,85 bo`lganda uning quvvati kVA bo`lgan transformator tanlanadi,agar Cos=0,5 bo`lsa, u holda quvvati kVA bo`lgan transformator tanlanishi kerak. Bundan Cos ning kamayishi bilan transformator va generator katta quvvatga tanlanishi


    Ian I
    U
    Iax n Ix
    x
    0 I0
    Ia0 I

    56-rasm. Сos ning aktiv yuklamaga bog’liqligi.


    ko`rinib turibdi. Motorga berilayotgan kuchlanish miqdorini o`zgarmas, ya`ni U=сonst deb begilansa, u holda manfiy oqim F va toklar I ham o`zgarmas bo`ladi. Demak yuklama o`zgarishi bilan tokning faqat aktiv qismi o`zgaradi. Buning natijasida turli yuklamalardagi Ix tokni kuchlanishga nisbatan siljish burchagi x ham o`zgaradi. Ya`ni aktiv yuklama kamayishi bilan  burchak orta boradi. Bunda quvvat foeffitsenti Cos kamayib boradi. Shunga ko`ra dvigatelni mumkin qadar to`la yuklama bilan ishlatish tavsiya qilinadi.


    13-mavzu: KORXONALARNING ELEKTR TA`MINOTI ASOSLARI
    Reja.
    1. Korxonalarning elektr ta’minoti asoslari. Sanoat elektr energiya manbalari.


    1. Energosistema haqida tushunchalar. Elektr energiya manbalari va iste’molchilari haqida umumiy ma’lumotlar.


    1. Korxonalarda elektr energiyani nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi va uni tejash usullari.







    1. Download 157,43 Kb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




    Download 157,43 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektr yuritmalarning klassifikatsiyalanishi

    Download 157,43 Kb.