|
Sanoat elektrotexnologik qurilmalarining turlari
|
bet | 2/5 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 23,12 Kb. | | #258548 |
Bog'liq Elektrotexnalogik-qurilmalar. (1)Sanoat elektrotexnologik qurilmalarining turlari
Elektr tokining pirovard issiqlik ta’siriga asoslangan qurilmalar. Bu guruh qurilmalariga uy ro‘zg‘or qizdirish jihozlari, bevosita va bilvosita qizdirish qarshilik pechlari, suyuqlik va gazlarni qizdirish qurilmalari - turli ko‘rinishdagi elektr qozonlari va elektrokaloriferlar, shuningdek qizdiruvchi elementlar vazifasini ishqorlar yoki oksidlar eritmalari bajaruvchi, elektrodli vannalar.
Metallarni elektroshlak usulida qayta eritish va elektroshlak usulida payvandlash qurilmalarining ishlash prinsipi, elektrodlar orasidagi muhitni (bo‘shliqni) to‘ldiruvchi shlaklarda elektr toki ta’sirida ajralib chiqadigan issiqlik energiyaisdan foydalanishga asoslanadi.
Kontaktli payvandlash qurilmalarida elektr energiyasi ikki detalning tutash nuqtalaridagi o‘tish qarshiligida issiqlik energiyasiga aylanadi. Ushbu jarayon faqatgina tokning impulsli rejimida amalga oshirilib, mazkur ko‘rinishidagi payvandlash qurilmalarining sxemasi va elektr ta’minotining o‘ziga xos xususiyatlarini belgilaydi.
Induksion qizdirish qurilmalarining ishlash prinsipi sanoat chastotasi va undan yuqori chastotadagi o‘zgaruvchan tok elektr energiyasini avval o‘zgaruvchan magnit maydon energiyasiga, bu energiyani esa yana elektr energiyasiga va so‘ngra oxirgi ko‘rinishdagi energiyani qizdiriluvchi materialda issiqlik energiyasiga aylantirishga asoslanadi. Ushbu usuldan faqat tok o‘tkazuvchan materiallarni qizdirishda foydalaniladi.
Dielektrik materiallarni qizdirishda esa moddalarni polyari-zasiyalash jarayonida yuqori chastotali elektr maydon energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirishga asoslangan qurilmalardan foydalaniladi.
Ishlash prinsipi elektr yoyida ajralayotgan issiqlikdan foydalanishiga asoslangan qurilmalarga metallarni va o‘tga chidamli materiallarni eritish, fosfor va boshqa metallarni olish uchun belgilangan elektr yoy pechlari va rudnotermik pechlar, shuningdek metallarni qayta eritish va rafinasiya qilish uchun belgilangan vakuum - yoy pechlarini misol qilish mumkin. Bunday qurilmalar sifatida metall va nometall (metall bo‘lmagan) materiallarga plazmali va plazma yoy ususlida ishlov beruvchi qurilmalarni ko‘rsatish mumkin. Mazkur qurilmalarda metallarni qayta eritish, yuzalarga himoya qoplamalarini berish va shu kabi boshqa jarayonlarni amalga oshirish mumkin.
Elektr yoy payvandlash qurilmalarida ajralib chiqayotgan issiqlik energiyasining asosiy miqdori (quvvati) yoyning tayanch nuqtalariga (katod va anod «dog‘» lariga) to‘g‘ri kelishi bilan birga elektr yoy payvandlash jarayonining borishiga elektr yoyining «ustun» qismi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Elektron - nurli va lazer qurilmalarida issiqlik enegiyasi razryad kanalidagi suyuqlikdan katta kuchdagi tokning impuls rejimida oqishi natijasida ajralib chiqadi.
|
| |