|
Energetika tizimida qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ahamiyati
|
Sana | 08.06.2024 | Hajmi | 16,58 Kb. | | #261671 |
Bog'liq ENERGETIKA TIZIMIDA QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARINING AHAMIYATI
ENERGETIKA TIZIMIDA QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARINING AHAMIYATI
Termiz muhandislik-texnologiya instituti asissenti
shaxiyeverkin@gmail.com
Eshbekov Muxriddin Mashrab o’g’li
Termiz muhandislik-texnologiya instituti talabasi
muxriddin4477@gmail.com Annontatsiya : Hozirgi global zamonda energiya ta’minoti ham muhim ro’l o’ynaydi. Lekin vaqt o’tgan sari aholi sonining oshishi va energetika tizimida qayta tiklanmaydigan energiya resurslarining ko’plab ishlab chiqarilishi va iste’mol qilinishi, ularning kamayishi ham atof-muhitga ta’sir ko’rsatmoqda. Shuning uchun ham toza holatda bo’lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishimiz maqsadga muvofiqdir. Hozirda aholini elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun elektrostansiyalar(ES) salmog’ini va yashil energiyadan olinadigan quvvat miqdorini oshirish bo’yicha qator loyihalar, Prezidentimiz farmonlari amalga oshirilmoqda.
Kalit so’zlar : Quyoshelektrostansiya, Gidroelektrostansiya, GES kaskadi, SHES, ekvivalent, Geotermal, Biomassa, Loyihalar, Prezident Farmoni.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari insoniyatning kelajagi uchun muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Dunyoda an’anaviy energiya manbalari, bular: ko’mir, neft, gaz, cheklangan energiya zaxiralari hisoblanadi va ulardan foydalanish atrof-muhitga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Shu sababli, qayta tiklanuvchi energiya manbalariga o’tish zarurati ortmoqda. Hozir qayta tiklanuvchi energiya manbalarining turlari, ularning afzalliklari, qilinayotgan loyihalar va hk.lar haqida ma’lumot kiritamiz.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari bular: Quyosh Energetikasi, Shamol Energetikasi, Gidroenergetika, Okean va To’lqinlar energiyasi, Geotermal, Biomassa.
Quyosh energetikasi – bu eng keng tarqalgan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan biridir. Quyosh panellari yordamida quyosh nurlarini(radiatsiyasini) elektr energiyasiga aylantirish yo’li bilan energiya olish mumkin.Quyosh energiyasiningg asosiy afzallliklari : Cheksiz manba ya’ni quyosh energiyasini cheksiz va doimiy holatda takrorlanishi , Toza energiya ekanligi, chunki u atrof muhitga zarar yetkazmaydi va hech hech qanday ifloslantiruvchi moddalar hosil qilmaydi. Keyingi afzal tomoni bu quyosh panellari bilan har bir xonadonni mustaqil ravishda elektr energiyasi bilan taminlash mumkinligidadir.
Shamol energiyasi – bu shamol tegirmonlari yordamida shamolning kinetik energiyasini elektr energiyasiga aylantirish usulidir. Shamol energiyasining afzalliklari shulardan iborat: kam xarajatliligi ya’ni shamol energiyasi ishlab chiqarish uchun kam xarajat talab qilinadi,shamol energiyasining ekologik toza va atrof muhitga zararzli chiqindilar hosil qilmaydi, katta quvvatliligi ya’ni katta miqdorda elektr energiyasini ishlab chiqarishi mumkinligi.
Gidroenergetika – suv oqimining potensial energiyasini elektr energiyasiga aylantirish yo’li orqali energiya olinadi. Gidroenergetikani asosiy afzalliklari shular: suv manbalari odatda barqaror va uzoq muddat davomida mavjud bo’lishiva qayta tiklanuvchanligi , Gidroelektrostansiyalardan katta miqdorda energiya ishlab chiqarish va yuqori samaradorlikka ega ekanligini
|
| |