ISh BOShLAShDAN OLDINGI XAVFSIZLIK TALABLARI




Download 258,5 Kb.
bet34/41
Sana13.02.2024
Hajmi258,5 Kb.
#155392
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   41
Bog'liq
3. Amaliy mashg`ulotlar

ISh BOShLAShDAN OLDINGI XAVFSIZLIK TALABLARI
6. Ish boshlashdan oldin tish silliqlovchi quyidagilarga majbur:
6.1. Tarmoq me'yorlarida ko'zda tutilgan maxsus kiyimni, maxsus poyabzalni, himoya ko'zoynagini kiyish va tartibga keltirish, sochlarni bosh kiyim ostiga yig'ishtirish;
6.2. Stanokning mahalliy yoritgichini ishchi zonani yetarlicha yoritadigan va yorug'lik ko'zni qamashtirmaydigan qilib rostlash;
6.3. Quyidagilarni tekshirish:
6.4. asboblar va moslamalar mavjudligini va ishga yaroqligini;
6.5. oyoq ostida yog'och panjara mavjudligini;
6.6. signalizasiyalar, blokirovkalash va saqlash moslamalar yaroqliligini, zaminlash va jihozlarning yaroqliligini, jilvir toshlarning qotirilganligini;
6.7. boshlang'ich ashyo(zagotovka va yarim fabrikatlar)ning mavjudligini va holatini;
6.8.ishlatilayotgan jilvir toshlarning ruxsat etilgan aylanma tezligi va stanok shpindelining bir minutdagi aylanishlar chastotasi keltirilgan jadvallar mavjudligini.
6.9. abraziv asboblarning himoya to'siqlari orasidagi, hamda shpindelning chiqib turgan aylanuvchi uchlari va mahkamlash detallari orasidagi masofa (zazor) mavjudligini;
6.10. yangi (ishlatilmagan) jilvir tosh va himoya kojuxi ichki yuzasi orasidagi masofa (zazor) mavjudligini tekshirish, u quyidagi o'lchamlarda bo'lishi kerak:
6.11. diametri 100 mm gacha bo'lgan jilvir toshlar uchun ko'pi bilan 9 mm;
6.12. diametri 101-300 mm gacha bo'lgan jilvir toshlar uchun ko'pi bilan 10 mm;
6.13. diametri 301-600 mm gacha bo'lgan jilvir toshlar uchun ko'pi bilan 15 mm;
6.14. diametri 751-1400 mm gacha bo'lgan jilvir toshlar uchun ko'pi bilan 20 mm.
6.15. Stanokning bo'shagan gaykalari, boltlari, ponalarini qotirish va tegishli boltli birikmalari, yordamchi hamda himoya moslamalari va qurilmalari shplintlanganligini tekshirish.
7. Ish boshlashdan oldin stanokka o'rnatilgan jilvir toshni, agar diametri 150-400 mm bo'lsa(kamida) 2 minut davomida, diametri 400 mm dan katta bo'lsa (kamida) 5 minut davomida ishchi tezlikda qisqa vaqtli salt aylantirish.
8. Jilvir toshni o'rnatishda quyidagilar zarur:
8.1. jilvir toshning tepishi yo'qligini tekshirish, shpindel tepishi ushbu stanokka oid texnik shartlariga muvofiq bo'lishi shart;
8.2. abraziv toshda sezilarli darz va o'yiqlar yo'qligini tekshirish, ishga yaroqsiz abraziv toshni almashtirish.
9. Xavfsizlik talablari to'liq ta'minlanmaganda tish silliqlovchi o'z mulohazalari haqida ustaga xabar berishi va tegishli choralar ko'rilmaguncha ishga kirishmasligi shart.

Download 258,5 Kb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   41




Download 258,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ISh BOShLAShDAN OLDINGI XAVFSIZLIK TALABLARI

Download 258,5 Kb.