|
ISh BOShLAShDAN OLDINGI XAVFSIZLIK TALABLARI
|
bet | 31/41 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 258,5 Kb. | | #155392 |
Bog'liq 3. Amaliy mashg`ulotlarISh BOShLAShDAN OLDINGI XAVFSIZLIK TALABLARI
6. Ish boshlashdan oldin tish qirquvchi qo'yidagilarga majbur:
6.1. Tarmoq normalari bilan ko'zda tutilgan maxsus kiyimni, maxsus poyabzalni, himoya ko'zoynagini kiyish va tartibga solish, sochlarni bosh kiyim ostiga olish;
6.2. Stanokning mahalliy yoritgichini ishchi zonani yetarlicha yoritadigan va nur ko'zni qamashtirmaydigan qilib rostlash;
6.3. Asboblar va moslamalar mavjudligi va ishga yaroqliligini tekshirish;
6.4. Muhofazalovchi va himoyalovchi qurilmalar, zaminlash, stanok va elektr jihozlarning ishga yaroqliligini tekshirish;
6.5. Tishli g'ildiraklar, yuritmalar tasmalari, yuritmalar va shu kabilar to'siqlari mavjudligi va ishga yaroqliligini, tok o'tkazuvchi elektr apparat qismlari holatini tekshirish;
6.6. Moylash va sovitish tizimining ishga yaroqliligini tekshirish;
6.7. Oyoq osti taxta panjara (to'shama) mavjudligi va ishga yaroqligini tekshirish;
6.8. Harakatlanuvchi qismlarning ruxsat etilgan chegaralardan o'tib ketishiga yo'l qo'ymaydigan uchlik o'chirgichlar ishlashini tekshirish;
6.9. Ulash va almashlab ulash richaglari fiksasiyalarining ishga yaroqliligini tekshirish (salt yurishdan ishchi yurishga o'z- o'zidan almashlab ulanish imkoni yo'qligiga ishonch hosil qilish);
6.10. Stanokni harakatlanuvchi qismlarida qadalish yoki ularning solqiliklarida o'zgarishlari yo'qligini tekshirish;
6.11. Stanoklarda sovituvchi moylar va suyuqliklarni qo'llashda qo'llarga profilaktika moylarini (pastalarini) surkash;
6.12. Ishlab chiqarish sanitariya qoidalariga rioya qilish;
7. Tayyorlanadigan detalning texnologik pasporti va stanokni sozlash kartasi bilan tanishib chiqish.
8. Xavfsizlik talablari to'liq ta'minlanmagan vaqtda tish qirquvchi o'z mulohazalari haqida ustaga xabar berishi va tegishli choralar ko'rilmaguncha ishga kirishmasligi shart.
ISh VAQTIDAGI XAVFSIZLIK TALABLARI
9. Ish vaqtida tish qirquvchi qo'yidagilarga majbur:
9.1 Stanokga xizmat ko'rsatish va qarash bo'yicha "Stanokka oid qo'llanma" da bayon qilingan ko'rsatmalarni hamda stanokda mavjud bo'lgan ogohlantiruvchi jadvallar talablarini bajarish;
9.2 Mahkamlovchi detallar (shpilkalar, gaykalar, shaybalar va qisuvchi plankalar, tayanchlar va shu kabilar) yordami bilan ishlov beriladigan detallarni mahkamlashda kalitlarni chiqib
ketishidan ehtiyot bo'lish, bunda gaykalarga kalitlarni to'g'ri tushirish va gaykalarga shoshib zo'r bermasdan qisish hamda xavfsiz kalit-richaglardan foydalanish.
9.3. Mahkamlovchi detallarni qo'llashdan oldin ularning ishga yaroqliligini tekshirish (ular yoriqlarsiz, rezbalari yeyilmagan bo'lishi va sh.k.);
9.4. Ish joyiga begona shaxslarni kiritmaslik va ustaning ruxsatisiz ishlab turgan stanokka boshqa ishchini yaqinlashtirmaslik, chalg'imaslik va boshqalarni chalg'imaslik;
9.5. Ishlov beriladigan detallarni stanokka puxta va mustahkam mahkamlash va kesuvchi asboblarni qattiq mahkamlash;
9.6. Kallaklar o'rnatilish to'g'riligini va mahkamlanish puxtaligini ko'zdan kechirish;
9.7. Ish vaqtida foydalaniladigan asboblar (kalitlar va kallaklar, bolg'alar, katta bolg'alar, qirindi olish uchun qisqichlar va ilgaklar) xavfsizlik texnikasi qoidalariga muvofiq bo'lishi kerak;
9.8. Texnologik jihozlarni sozlash va asboblardan foydalanish ishlarini bajarish vaqtida xavfsiz usullarni qo'llash (stanokni o'echirish, "Ishga tushirilmasin odamlar ishlayapti" plakatni osish va shu kabilar);
9.9 .Sozlash vaqtida almashuvchi shesternyalarni o'rnatish va olib qo'yishni texnologik kartaga muvofiq amalga oshirish;
9.10. Stanoklarni sozlashdan keyin eng so'ngi tekshirish salt yurish va oddiy rejim, undan keyin sinovyurishida amalga oshirish;
9.11. Kesuvchi asboblarni o'rnatish va olib qo'yish hamda o'lchashlarni faqat stanok o'chrilganidan va butunlay to'xtaganidan keyin amalga oshirish;
9.12. Jihozlarni, ishchi qismlarni ko'rikdan o'tkazish va boshqa ishlarni jihoz o'chirilganidan va uning barcha mexanizmlari to'xtagandan keyin amalga oshirish;
9.13. Stanok ishlab turgandan ustidan biror narsani uzatmaslik va olmaslik, boltlar, gaykalar vastanokni boshqa biriktiruvchi detallarini tortmaslik;
9.14. Ish joyi va stanokdan o'z vaqtida qirindilarni olib tashlash;
9.15. Ishlov beriladigan detallar g'uduridan (zausensa) saqlanish;
9.16. Detallarga ishlov berishda texnologik kartalarda ushbu detal uchun ko'rsatilgan kesish rejimlarini qo'llash.
9.17. Frezalash yoki sheverlash vaqtida aylanayotgan frezalar yoki sheverlar xavfli zonasiga qo'lni kiritmaslik;
9.18. Frezalar, zarb bilan o'ygichlar va kesilayotgan shesternyalar opravkalarida tepish (bieniye) bo'lishiga yo'l qo'yilmaydi;
9.19. Shesternyalarni indikatorlar bilan tepishga tekshirishni faqatgina aylanayotgan asbobni to'xtatgandan keyin amalga oshirish;
9.20 Tishlarga zarb bilan o'yib ishlov beruvchi stanoklarda ishlov berilayotgan detallarni qo'yishda supportni qaytarish faqat zarb bilan o'yish asbobi (dolbyak) bilan shtossel boshlang'ich joyida butunlay to'xtaganda amalga oshirish.
10. Ish joyini umuman ish vaqti davomida toza saqlash va detallar, metall qoldiqlari, chiqindilar va
shu kabilar bilan tirband qilmaslik.
11. Og'ir(massasi 16 kg ko'p bo'lgan) detallar va moslamalarni faqat yuk ko'taruvchi mexanizmlar yordamida o'rnatish va olib qo'yish.
|
| |