|
«energo-mexanika» fakul’teti «mashinasozlik texnologiyasi» kafedrasi
|
bet | 39/41 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 258,5 Kb. | | #155392 |
Bog'liq 3. Amaliy mashg`ulotlar15. Quyidagilar taqiqlanadi:
15.1. yeylangan va urilgan konusli markazlardan foydalanish;
15.2. orqa markazni tarang qilib tortish;
15.3. markaz uchini detalning markazlangan teshigi tubiga tegishiga yo'l qo'yish.
16. Asboblar, stanok ashyolari va moslamalari bilan ishlashda quyidagi havfsizlik koidalariga rioya qilish zarur:
16.1. kesish asbobini o'rnatish va yechib olishni stanok batamom tuxtatilgandan sung bajarish;
16.2. keskichni ishlov berilayotgan detalni markaziga (aylanish o'qiga) mos o'rnatib kamida uchta bolt bilan keskich tutkichga qulochi minimal bulgan xolatda mahkamlash; keskich ostiga maydoni uning tayanch qismiga teng maxsus tagliklar qo'yiladi; keskich tutkichi kaliti chiqib ketishidan ehtiyot bulish, uni gaykaga to'g'ri qo'yish va u bilan siltamasdan gaykani tortish;
16.3. keskich tutkichi kallagi aylanishida kesuvchi asbob kelib urilishidan ehtiyot bulish;
16.4.keskichni ishlov berilayotgan detalga va faqat aylanayotgan vaqtdagini ehtiyot bilan yaqinlashtirish;
16.5. zarblarsiz, ravon o'yib kirishini ta'minlash;
16.6. yon yuzalarni yo'nishda, detallarni kesishda keskich uchini qat'iyan stanokning markazlari chizig'idan o'rnatish;
16.7.detallarni stanokda markazlash, ularni tozalash, jilvir mato bilan jilvirlash, egovlash, shaberlash, o'lchash operasiyalarni bajarishda keskich tutkich kallagini havfsiz masofaga uzoqlashtirish, shuningdek patronni va detalni almashtirishda orqa markazni (orqa babkani) surib qo'yish.
17. Asbob sinishidanyoki detalni chiqib ketishidan jaroxatlanishni oldini olish quyidagicha ketma-ketlikdagi xarakatlarni bajarish kerak:
17.1.oldin shpindel aylanishini so'ngra surish harakatini ishga tushirish, shu bilan birga ishlov berilayotgan detalni keskich bilan tekkunga qadar aylanma xarakatga keltirish;
17.2.stanokni ishini to'xtatishdan oldin surish harakatini tuxtatib kesuvchi asbobni uzoqlashtirib shundan so'ng shpindel aylanishini to'xtatish;
18. Qo'shimcha tayanchlarni (lyunetlar) qo'yidagi hollarda qo'llash lozim:
18.2. katta uzunlikdagi detallarni yo'nishda (10-12 diametrdan yuqori);
18.3.12 diametrga teng va undan yuqori uzunlikdagi detallarni markazlarga o'rnatib ishlov berishda;
18.4. sakkiz diametrga teng va undan yuqori uzunlikdagi detallarga katta tezlikda va yuklanishda ishlov berishda.
19. Stanokda ishlov berilayotgan detallarni egovlash, tozalash va jilvirlash quyidagi talablarga rioya qilgan xolda bajarish lozim:
19.1.support va orqa babkani havfsiz masofaga surib qo'yish, agarda ular band bo'lmasa;
19.2.patron tomonga yuzlanib, egov dastagini chap qo'lda va uning uchini o'ng qo'lda tutish;
19.3.ishlov berilayotgan detalga qo'lni yoki kiyimni tekkazmaslik;
19.4.yuqorida keltirilgan operasiyalarni burtiq, chuqurchali xamda ariqchali yuzalarga ega detallarga qo'llamaslik; (chuqurcha va ariqchalarni avvaldan taxta probkalarda to'ldirish lozim).
19.5. jilvir matolarda detallarni tozalashda tutkich kolodkalardan foydalanish;
19.6. eylanib ketgan yoki yirtilan jilvir qog'ozlardan foydalanmaslik;
19.7. tashqi yuzalarga ishlov berishda jilvir qog'oz bilan detallarni qo'lda qamramaslik; jilvir qog'ozni qo'lda tutib ichki yuzalarni tozalamaslik.
20. Metall qirindisidan shikast yetishini oldini olish uchun quyidagilarni bajarish zarur:
20.1.metall qirindisini ishlov berilayotgan buyum yoki keskichga o'ralishini oldini olish, qirindi sindirgichlardan foydalanish;
20.2. ish joyini yoki stanokni o'z vaqtida qirindidan tozalanishini ta'minlash;
20.3. tasmasimon qirindi xosil qiluvchi qovushqoq metallarga ishlov berishda qoplpma qirindi sindirgichli va qirindi o'ragich o'rnatilgan keskichlardan foydalanish;
20.4. kesish jarayonida siniq qirindi xosil qiluvchi mo'rt metallarga ishlov berishda ximoya ekranlaridan, parda va qalqonlardan foydalanish;
20.5. stanokni qirindilardan tozalashda shu ish uchun mo'ljallangan quloqchalarsiz yoki halqasimon aylanalarsiz silliq dastali va qo'lni himoyalovchi aylana shaklli qalqonchaga ega cho'tkalardan, ilgakchalardan va hokazalardan foydalanish;
20.6. qirindi detalga, shpindel yoki patronga o'ralgan hollarda stanokni to'xtatish, qo'lqoplarni kiyish va qirindini ilmoqcha yordamida olib tashlash.
21. Qo'yidagi xollarda stanokni to'xtatib, elektrodvigatelni o'chirish lozim:
21.1. qisqa muddatga stanok oldidan uzoqlashganda (agar ikkita yoki undan ko'p stanoklarga xizmat ko'rsatish topshirilmagan bo'lsa);
21.2. vaqtinchalik ish to'xtatilganda;
21.3. elektr energiyasining uzatilishi uzilganda;
21.4. sovutish suyuqligi uzatilishi to'xtaganda (agar ish sovutish bilan bajarilganda);
21.5. stanokning metall qismlarida tok kuchlanishi sezilsa;
21.6.kesuvchi asbobda kuchli titrash yoki markazlarda ishlov berilayotgan buyumda tepish paydo bo'lganda;
21.7.jixozda nosozlik aniqlanganda;
21.8.stanokni yig'ishtirishda, moylashda va tozalashda;
21.9. boltlarni, gaykalarni va boshqa mahkamlash detallarini tortishda;
21.10. detalni o'rnatishda, o'lchashda va yechishda;
21.11.kesuvchi asbob singanda;
21.12.keskichning kesuvchi qirrasini tozalashda yoki tekshirishda;
21.13.yo'nilgan teshikni tozalashda;
21.14.stanok shkivlariga tasmalarni taqishda va yechishda.
Tozalash va moylash materiallarini zich yopiladigan qutilarda saklash lozim.
|
| |