|
Patok talabasi Kamalova Rushananing
|
bet | 1/10 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 0,7 Mb. | | #237305 |
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
“R va MAF ” FAKULTETI
812-21- guruh CAL021 - patok talabasi
Kamalova Rushananing
“Algoritmlarni loyihalash”
fanidan tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI
Topshirdi: Kamalova R.
Tekshirdi: Begimov O‘.
Toshkent – 2023
Mavzu: Algebraik va trantsendent tenglamalarni taqribiy yechish usullari,
algoritmlari va dasturlari, urinmalar usuli
Reja:
Algebraik va trantsendent tenglamalarni taqribiy yechish usullari, kesmani ikkiga bulish usuli.
Vatarlar usuli va iteratsiya usuli.
Urinmalar usuli.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Tayanch iboralar:
Tenglama, tenglamaning ildizlari, bir no‘malumli tenglamalar, algebraik tenglama, trantsendent tenglama, tenglamalarni taqribiy yechish usullari, kesmani ikkiga bulish, vatarlar, iteratsiya usullari, urinmalar usuli.
Algebraik va trantsendent tenglamalarni taqribiy yechish usullari, kesmani ikkiga bulish usuli
Algebraik va trantsendent tenglamalar ildizlari yotadigan oraliklar ajratib olingandan sung tenglamaning ildizini taqribiy hisoblash uchun, taqribiy hisoblash usullaridan biri kullaniladi.
Demak tenglama berilgandan sung, tenglamaning ildizlari yotgan oraliklar ajratib olinadi, taqribiy ildizni topish usuli tanlanadi, tanlangan usulga mos ravishda algorimning blok–sxemasi va biror bir dasturlashtirish tilida blok–sxemaga mos ravishda dastur tuziladi. Dastur kompyuterga terilib, natijalar olinadi va taxlil kilinadi.
Tenglamalarning ildizlarini taqribiy yechish usullaridan biri bu kesmani teng ikkiga bulish usulidir. Bunda berilgan [a;b] kesma teng ikkiga bulinib [a;с] yoki [с;b] kesmalarda f(a)∙f(c)<0 yoki f(c)∙f(b)<0 shart tekshiriladi va с=(a+b)/2 qilib olinadi va ildiz b-a≤ε shart bajarulgunga kadar davom etirilib topiladi.
0>0>
|
| |