|
ISh VAQTIDAGI XAVFSIZLIK TALABLARI
|
bet | 8/41 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 258,5 Kb. | | #155392 |
Bog'liq 3. Amaliy mashg`ulotlarISh VAQTIDAGI XAVFSIZLIK TALABLARI
16. DBB va RDBB stanoklarda ishlaganda quyidagilar lozim:
16.1. "Stanok uchun qo'llanma"da bayon qilingan stanoklarga qarash va xizmat ko'rsatish ko'rsatmalarini, shuningdek stanokdagi ogohlantiruvchi jadval talablarini bajarish;
16.2. kesuvchi asbobni o'rnatish va yechib olish, shuningdek o'lchash ishlarini stanok to'liq to'xtagandan keyin amalga oshirish;
16.3. kesish joyini yopuvchi himoya ekrani, support to'sig'ining, asboblar qutisining (magazini) va almashinadigan tishli g'ildirakning himoya kojuxi bilan ishlash;
16.4. klyuchning uzilishidan ehtiyot bo'lish, gaykaga klyuchni to'g'ri qo'yish, gaykani siltov bilan qismaslik;
16.5. stanok ishlayotganda ishlayotgan stanok orqali predmetlarni olmaslik va uzatmaslik, bolt, gayka va stanokning boshqa biriktiruvchi detallarini tortib mahkamlamaslik;
16.6. ishlov berilayotgan detalga yoki keskichga qirindi o'ralishidan ehtiyot bo'lish va chirmashadigan qirindilarni o'ziga yo'naltirmaslik;
16.7. ishlov berilayotgan detaldagi g'udurlardan ehtiyot bo'lish;
16.8. ish joyidan qirindilarni o'z vaqtida olib tashlanishini kuzatish;
17. Quyidagilar hollarda stanokni albatta to'xtatish va elektryuritgichni uzish:
17.1. stanok yonidan qisqa muddatga bo'lsa ham ketganda (ikki yoki bir nechta stanokka xizmat ko'rsatish topshirilgan bo'lmasa);
17.2. ishni vaqtincha to'xtatganda;
17.3. elektr energiya uzatish uzilsa;
17.4. stanokni yig'ishtirganda, tozalaganda, moylaganda;
17.5. stanok ishlashida nosozliklar aniqlansa;
17.6. bolt, gayka va stanokning boshqa biriktiruvchi detallarini burab mahkamlaganda;
17.7. detallarni o'rnatganda, o'lchaganda va almashtirganda;
17.8. keskichning kesuvchi qirrasini tozalaganda va tekshirganda;
17.9. stanok shkivlaridan tasmalarni yechib olganda va kiydirganda;
18. Detallarga ishlov berganda, ushbu detal uchun operatsion kartada ko'rsatilgan kesish tartibini qo'llash.
19. Stanok va ishga tushiruvchi moslamalarni ta'mirlaganda stanokka "Ulamang - odamlar ishlayapti" yozuvli plakat osib qo'yilgan bo'lishi kerak.
20. Taqiqlanadi!
20.1. Stanokda elektron boshqarish tizimidagi nosozliklarni bartaraf etish, bu uchun ustani xabardor qilish, ishni to'xtatish va stanokni uzish kerak.
21. Stanokka tegishli dastur asosida kesuvchi asbobni chiniqtirish va sozlash ishlarini (mexanik qutidagi asboblar to'plami) texnologik kartada ko'rsatilgan ketma - ketlikda, mexanik qutidagi to'g'ri to'plam bilan amalga oshirish. Asbobni har bir sozlangandan keyin boshqaruv pultini kalit bilan dastur bilan boshqarish himoya darajasiga qo'yish.
22. Detallarni o'lchash ishlarini stanok ishlaganda bajarmaslik.
23. Ishlov berilayotgan detalning massasi va tashqi o'lchamlari stanokning pasport ma'lumotlarga muvofiq bo'lishi kerak.
24. Charxlash stanogida keskichni charxlaganda, keskichni qo'lda mahkam ushlash, qo'l ostligi va charxtoshi orasida qadalib qolishiga qo'ymaslik kerak.
25. Jilvirtosh doirasi va qo'l ostligi orasidagi tirqish 3mm dan ko'p bo'lmasligi kerak.
26. Detalni kulachokli patronga mahkamlanganda yoki planshaybadan foydalanganda detalni kulachoklar bilan imkon qadar kattalikka qamrab olish. Detalni kulachoklar bilan mahkamlagandan keyin patrondan yoki planshaybadan ularning tashqi diametr chegaralaridan chiqib turishiga yo'l qo'yilmaydi.
27. Patronni yoki planshaybani shpindelga o'rnatganda (burab qo'yganda) ular ostiga patron (planshayba ) shaklidagi o'yilgan yog'och taglikni qo'yish.
28. Og'ir patron va planshaybalarni yuk ko'tarish mexanizmlari yordamida o'rnatish.
29. Orqa babka markazi bilan tiralmagan kulachokli patronga faqat kalta, uzunligi ikki diametrdan oshmaydigan, muvozanatlashgan detallarni mahkamlash mumkin, boshqa holatlarda tirab qo'yish uchun orqa babkadan foydalanish.
30. Detallarga markazlarda ishlov berganda, orqa babka o'rnatilgan - o'rnatilmaganligini tekshirish va buyumni o'rnatgandan keyin markazni moylash.
31. Katta tezlikda ishlaganda stanokka tegishli aylanuvchi markazni qo'llash
32. Yeyilgan yoki tiqilgan markazlar bilan ishlashga yo'l qo'yilmaydi.
|
| |