|
AVARIYa VAZIYaTLARIDAGI XAVFSIZLIK TALABLARI
|
bet | 9/41 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 258,5 Kb. | | #155392 |
Bog'liq 3. Amaliy mashg`ulotlarAVARIYa VAZIYaTLARIDAGI XAVFSIZLIK TALABLARI
33.Ish joyida avariya vaziyati vujudga kelganda DBB (RDBB) stanok operatori quyidagilarga majbur:
33.1. Ishni to'xtatish va ishlar bajarilishi uchun javobgar shaxsga xabar berish;
33.2. Yong'in boshlangan taqdirda mavjud bo'lgan olovni o'chirish vositalari yordamida yong'inni o'chirishga kirishish va bir vaqtning o'zida yong'indan saqlash xizmatini chaqirish; shuni yodda tutish lozimki, olovni o'chirish uchun yonish jarayonini to'xtatadigan moddalarni qo'llash (suv, kimyoviy o't o'chirish vositalari, qum) ;
33.3. Jabrlangan shaxslar bo'lgan taqdirda, jabrlangan shaxs sog'ligiga va hayotiga tahdid soluvchi xavfli omillar ta'sirini bartaraf etish (elektr toki ta'siridan ozod qilish, yonayotgan kiyimni o'chirish va h.z.), uning ahvolini baholash;
33.4. Shoshilinch tartibda jabrlangan shaxsni qutqarib qolish uchun zarur bo'lgan choralarni ko'rish, nafas yo'llarining o'tkazish qobiliyatini tiklash, sun'iy nafas oldirish, yurak tashqi massajini o'tkazish, qon ketishni to'xtatish, yarani bog'lab qo'yish va h.z;
33.5. Tez tibbiy yordamni chaqirish yoki jabrlangan shaxsni eng yaqin shifoxonaga transportda olib borish choralarini ko'rish;
33.6. Imkoni boricha voqea sodir bo'lgan joyda vaziyatni saqlab qolish.
ISh TUGAGANDAN KEYINGI XAVFSIZLIK TALABLARI
34. Stanokni o'chirish, el.tarmog'idan uzish.
35. Ish joyini tartibga keltirish, asbob va moslamalarni maxsus ajratilgan joyga olib qo'yish
36. Paraxani (strujka) ilgak yoki cho'tka bilan tozalash.
37. Maxsus kiyimni va maxsus poyabzalni shkafga yoki maxsus jihozlangan xonaga olib qo'yish;
38. Smenali ishda ish joyini smenachiga topshirish.
39. Stanok ishlashida mavjud bo'lgan nosozliklar haqida smenachiga va ustaga xabar berish;
40. Yuz, qo'llarni iliq suvda sovun bilan yuvish yoki dush qabul qilish.
3-Amaliy mashg’ulot
Parmalovchi uchun ishchi joyidagi yo’riqnomalar bo’yicha talablar
Reja:
1. Xavfsizlikning umumiy talablari.
2.Ish boshlashdan oldingi xavfsizlik talablari
3.Ish vaqtidagi xavfsizlik talablari
4.Avariya vaziyatlardagi xavfsizlik talablari
5.Ish tugagandan keying xavfsizlik talablari
|
| |