ISh VAQTIDAGI XAVFSIZLIK TALABLARI




Download 258,5 Kb.
bet17/41
Sana13.02.2024
Hajmi258,5 Kb.
#155392
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   41
Bog'liq
3. Amaliy mashg`ulotlar

ISh VAQTIDAGI XAVFSIZLIK TALABLARI
9. Ish davomida tokar-karuselchi quyidagilarga majbur:
9.1. barcha ishlarni texnologik yo'riqnomaga va texnologik kartaga muvofiq bajarish;
9.2. ish vaqtida faqatgina usta topshirgan ishni bajarishi, chalg'imaslik va boshqalarni chalg'itmaslik;
9.3. "Stanok yo'riqnomasida" keltirilgan stanokka xizmat ko'rsatish va qarov bo'yicha ko'rsatmalarni, xamda stanokda mavjud ogahlantiruvchi jadvallar talablarini bajarish;
9.4. o'lchami va massasidan qat'iy nazar detalni stanokka ishonchli va mustahkam maxkamlash;
9.5. kesish asbobini o'rnatish va yechib olishni stanok batamom tuxtatilgandan sung bajarish;
9.6. detallarga ishlov berishda ushbu detal operasion kartasida ko'rsatilgan kesish rejimlarini qo'llash;
9.7. ishchi yuzasi yeylangan siquvchi kulachoklardan foydalanmaslik;
9.8. ish vaqtida polga moy va suyuqliklarning sachrashini oldini olish va sachrashidan saklanish uchun ximoya qalqonlari o'rnatish;
9.9. tasmasimon qirindi xosil qiluvchi qovushqoq metallarga ishlov berishda maxsus qurilmali keskichlardan foydalanish (qirindi sindirgichli);
9.10. detalni mahkamlashda maxsus tagliklardan (podkladki) foydalanish, nosoz planka va kubarlardan foydalanmaslik;
9.11. detallarni o'rnatish va mahkamlash uchun mumkin qadar kam sonli planka va kubarlar va hokazolardan foydalanish;
9.12. bir nechta kubarlarni ustma-ust o'rnatishda ularning mustaxkam o'rnashganiga ishonch hosil qilish;
9.13. mahkamlashda texnologik kartalarga muvofiq boltlardan foydalanish;
9.14. gayka kalitlarini gayka va bolt kallagi o'lchamlariga mos ravishda tanlash;
9.15. detalning to'g'ri o'rnatilganligini reysmus yoki indikator yordamida tekshiriladi;
9.16. stanokka detalni o'rnatish va rostlashda detalni havfsiz domkratlar yoki ponalar yordamida to'g'irlash lozim, buning uchun lomlardan yoki tasodifiy metall tayoqchalardan foydalanish ta'qiqlanadi;
9.17. detalni stanokdan yechib olgandan so'ng, barcha mahkamlash detallari yechilib belgilangan joyga olib qo'yiladi;
9.18. dastlabki sinov qirindisi yo'nilgandan so'ng surish xarakati to'xtatilib kesish asbobi boshlang'ich holatga keltirilib, planshayba xarakati to'xtatiladi va shundan so'ng nazorat o'lchovi amalga oshiriladi.
10. Ishlov berilayotgan detal gabarit o'lchamlari va massasi stanok pasportidagi ma'lumotlarga muvofiq bo'lish shart.
11. Og'ir detal va moslamalarni (massasi 16 kg dan yuqori) faqatgina ko'tarish mexanizmlari yordamida o'rnatish va yechib olish zarur.
12. Agar stanokning metall qismlarida kuchlanish (tok xis qilinsa) sezilsa, elektrodvigatel ikki fazda ishlaganda (g'uvillasa), zaminlash simi uzilgan xollarda stanok ishdan to'xtatilib, darhol elektr jihozlar nosozligi haqida ustaga xabar beriladi.
13. Agar pol sirg'anchiq bo'lsa (yog' yoki emulsiya to'kilgan) unga taxta qirindisi yoki qum sepishni talab qilish yoki o'zi shu ishni bajarishi lozim.
14. Ishlov berilayotgan detalda vibrasiya(titrash) hosil bo'lganida stanok ishini to'xtatib, vibrasiyani bartaraf qilish choralarini ko'rish, keskich va detal mahkamlanganligini tekshirish va ular ostiga xar xil metall bo'laklarini qo'ymaslik, keskich maydoniga teng tagliklardan foydalanish kerak.
14.1. keskichlarni mumkin qadar kichik quloch (vilet) bilan maxkamlash lozim;
14.2. qisqa keskichlarni tegishli opravkalarsiz charxlamaslik;
15. Kesish asbobini planshayba yoki opravkaga yaqinlashtirishda ehtiyotkorlik qilish keskichning surish xarakati xaddan tashqari chuqurlashishiga yul qo'ymaslik kerak.
16. Qo'yidagi operasiyalarni bajarishda revolver kallagi va yon keskich tutkichni havfsiz masofaga olib borish lozim:
-tozalash, o'lchash va detalni almashtirish.
17. Stanokni va stanokning ishga tushirish qurilmalarini ta'mirlashda "ULAMANG, ODAMLAR IShLAYaPDI!" ogohlantiruvchi plakat osilishi shart.
18. Ish davomida oyoq ostiga qo'yiladigan yog'och panjaradan foydalanish va yaroqli xolatda tutish lozim.
19. Detalni stanokka o'rnatishdan avval asos yuzalarini va stanok maxkamlash qurilmalarini cho'tka, mato parchasi yoki tozalash materiali bilan artish lozim.
20. Kesish asbobining sinishi oqibatida jarohatlanishini oldini olish uchun qo'yidagilarni bajarish lozim:
20.1. avval planshayba xarakatini, kiyinchalik surish xarakatini ishga tushirish, bunda ishlov berilayotgan detalni keskich bilan to'qnashgunga qadar aylanma xarakatga keltirish, keskichni ravon, zarbsiz yaqinlashtirish;
20.2. stanokni o'chirishdan avval surish xarakati to'xtatiladi, kesish asbobi detaldan uzoqlashtirilib, shundan so'ng planshayba xarakati to'xtatiladi.
21. Qo'yidagi xollarda stanokni to'xtatib, elektrodvigatelni o'chirish lozim:
21.1. qisqa muddatga stanok oldidan uzoqlashganda (agar ikkita yoki undan ko'p stanoklarga xizmat ko'rsatish topshirilmagan bo'lsa);
21.2. elektr energiyasining uzatilishi vaqtinchalik uzilganda;
21.3. stanokni yig'ishtirishda, moylashda va tozalashda;
21.4. jixozda nosozlik aniqlanganda;
21.5. boltlarni, gaykalarni va boshqa mahkamlash detallarini tortishda;
21.6. detalni o'rnatishda, o'lchashda va yechishda;
21.7. keskichning kesuvchi qirrasini tozalashda yoki tekshirishda;
21.8. stanok shkivlaridagi tasmalarni almashtirishda.
22. Tokar-karuselchiga quyidagilar taqiqlanadi:
22.1. detalni stanokka o'rnatishda stanok va detal oralig'ida turish;
22.2. plnshaybaga asboblarni va boshqa predmetlarni qo'yish;
22.3. har xil qo'lqoplarda hamda bintlangan barmoqlar bilan rezina barmoq-g'ilofsiz (napalchniksiz) ishlash;
22.4. nosoz va zaruriy tusiqlari bo'lmagan stanoklarda ishlash;
22.5. ishlov berilayotgan yuzani, xamda o'zi va o'zgalarni shlangda hovo oqimi bilan tozalash;
22.6. texnologik jarayonda ko'rsatilgan kesish rejimlarini usta bilan kelishmasdan o'zgartirish;
22.7. ish va o'tish joylarini ivirsitish va tirband qilib yuborish;
22.8. ish joyiga usta ruxsatisiz ishga aloqasiz kishilarni yo'latmaslik;
22.9. o'z stanogini boshqa ishchiga topshirish;
22.10. ishlayotgan vaqtda stanokka suyanish va boshqalarga yo'l qo'yib berish;
22.11. almashitiriluvchi shesternyalarni to'sib turuvchi kojuxlarsiz ishlash;
22.12. kalit chiqib ketishidan ehtiyot bo'lish, uni gaykaga to'g'ri qo'yish va siltamasdan gaykani tortish kerak;
22.13. ishlayotgan stanok ustidan biror narsani (predmetni) uzatish yoki olish, boltlar, gaykalar va stanokning boshqa birlashtirish detallarini xaddan oshiq tortish;
22.14. metall qirindisini ishlov berilayotgan buyum yoki keskichga o'ralishidan ehtiyot bo'lish, qirindini o'ziga yo'naltirmaslik, qirindi sindirgichlardan foydalanish lozim;
22.15. stanokni qirindilarni qo'lda yoki asbob bilan tozalash, shu ish uchun maxsus ilgakchalardan foydalanish lozim;
22.16. ish joyini va stanokni qirindilardan o'z vaqtida tozalanishini kuzatish lozim;
22.17. kesuvchi asbobni nam latta yoki cho'tkalar bilan sovutish;
22.18. kran yordamida tutib turilgan detalga ishlov berish.
23. Asbobni charxlash, shilish-jilvirlash stanogida chaxlashda tokar karuselchi quyidagilarga majbur:
23.1.jilvir toshning yaroqliligini tekshirish (o'yiq, singan va yorilgan joyi bo'lmasligi shart);
23.2.stanok ishini salt yurishda bir minut davomida tekshirish va shu bilan birga ishlayotgan jilvir toshdan chetroqda turishi;
23.3. changtutkich qurilmasining chang surishi qo'shilishi yoki qo'shilmasligini tekshirish (u stanok qo'shilishi bilan birlashtirilgan bo'lishi shart);
23.4. qo'ltirak (podruchnik) to'g'ri o'rnatilganligini tekshirish, qo'ltirak bilan jilvir charxtosh orasidagi masofani (zazor) 3 mm dan oshmasligi shart. Bundan tashqari qo'ltirak ishlov berilayotgan detalni joylashtirish uchun yetarlicha yuzaga ega bo'lishi va uni shunday o'rnatilishi lozimki detalning jilvir tosh bilan teguvchi yuqori nuqtasi jilvir tosh markazidan yoki undan 10mm dan oshmagan balandlikdan o'tuvchi gorizontal tekislikda bo'lishi shart;
23.5. himoya ekrani yoki hamma boltlari mahkamlangan orqa kojuxning yon devorlari bo'lmagan xolatlarda ishga kirishmastlik;
23.6. jilvir tosh aylanish tekisligiga nisbatan yon tarafda turishi;
23.7. ishlov berilayotgan detalni jilvir toshga siltashlarsiz, zarblarsiz, shiddatli bosimsiz ravon yunaltirish;
23.8. jilvir toshning yon (tores) yuzasi bilan detalga ishlov bermaslik (bu kabi ishlar maxsus stanoklarda bajariladi);
23.9. asbob yoki detalni charxlashda ularni qo'ltirak bilan jilvir tosh orasida qisilib qolmasligi uchun qo'lda ishonchli tutish kerak;
23.10. jilvir tosh yoylanishiga qarab uni markazga nisbatan balandligini xamda qultirak va jilvirtosh oralig'ini (zazor) rostlash;
23.11. jilvir tosh tepishida va stanok titragan (vibrasiya) xollarda ishlamaslik;
23.12. aylanayotgan jilvir toshni yot predmetlarni bosish bilan to'xtatmaslik;
23.13. himoya ekranini ulab-uzgich blokirovkasini uzib qo'yish va usiz ishlash.



Download 258,5 Kb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   41




Download 258,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ISh VAQTIDAGI XAVFSIZLIK TALABLARI

Download 258,5 Kb.