|
ISh BOShLAShDAN OLDINGI XAVFSIZLIK QOIDALARI
|
bet | 20/41 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 258,5 Kb. | | #155392 |
Bog'liq 3. Amaliy mashg`ulotlarISh BOShLAShDAN OLDINGI XAVFSIZLIK QOIDALARI
6. Ish boshlashdan oldin teshik yo'nib kengaytiruvchi tokar quyidagilarga majbur:
6.1. soha me'yorlarida ko'zda tutilgan maxsus kiyimni, maxsus poyabzalni va saqlagich ko'zoynakni kiyish va tartibga solish, sochlarni bosh kiyimi ostiga olib qo'yish;
6.2. mahalliy yorug'likni shunday rostlash kerakki, ish zonasi yetarlicha yoritilgan bo'lishi va yorug'lik ko'zni qamashtirmasin;
7.Quyidagilarni tekshirish lozim:
7.1.asbob va moslamalar mavjudligi va yaroqliligini;
7.2. blokirovka, saqlovchi moslamalar, zaminlash yaroqliligini va jihoz sozligini;
7.3. tishli g'ildiraklar, uzatma tasmalari, valiklar, uzatmalar va hokazolar mavjudligini va ishga yaroqliligini, xamda elektr apparaturaning tok uzatuvchi qismlar holatini;
7.4. uchadigan qirindilardan, sovitish suyuqliklaridan saqlovchi moslamalar yaroqliligini;
7.5. asbobni mahkamlash qurilmalar yaroqliligini;
7.6. oyoq ostiga qo'yiladigan yog'och panjara mavjudligini va yaroqliligini;
7.7. stanok ishdan chiqishiga, ishlov berilayotgan detal buzilishiga va odamlar jarohatlanishiga olib keluvchi avariya holatlarida stanokni uzish uchun mo'ljallangan stanokning harakatlanuvchi tugunlarning (stol, ustun, shpindel babkasi) avariya uzgich (ajratgich) ishini;
7.8. harakatlanuvchi qismlar (shpindel babkasi, shpindel pastki chang'isi) ruxsat etilgan holatidan tashqariga o'tib ketishiga yo'l qo'ymaydigan oxirgi uzgichlar ishlashini;
7.9. shpindel babkasi o'z-o'zidan tushishiga yo'l qo'ymaydigan moslama ishini;
7.10. tros uzilgan taqdirda posangi tushib ketishiga yo'l qo'ymaydigan qurilma bilan jihozlangan muvozanatlashtiruvchi mexanizmni;
7.11. elektr energiya ta'minoti to'xtatilgan holatlarda asbobni ishonchli mahkamlash moslamasi ishlashini;
7.12. gidrostansiya ishlashini (gidrostansiya uzilgan bo'lsa stanok ishlamaydi).
8. Stanokni salt yurishda sinab ko'rish va quyidagilarni tekshirish:
8.1. boshqarish organlarining sozligini (asosiy harakat, uzatish, ishga tushirish, harakatni to'xtatish mexanizmlari);
8.2. moylash va sovitish tizimlari sozligini
9. Ish xavfsizligi to'liq ta'minlanmaganida teshik yo'nib kengaytiruvchi tokar o'z mulohazalarini ustasiga aytish va ular bartaraf etilganga qadar ishga kirishmasligi shart.
|
| |