|
AVARIYa VAZIYaTLARIDAGI XAVFSIZLIK TALABLARI
|
bet | 22/41 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 258,5 Kb. | | #155392 |
Bog'liq 3. Amaliy mashg`ulotlarAVARIYa VAZIYaTLARIDAGI XAVFSIZLIK TALABLARI
50. Ish joyida avariya vaziyati yuzaga kelganda teshik yo'nib kengaytiruvchi tokar quyidagilarga majbur:
50.1. stanok o'chirish va darhol ishlar rahbariga xabar berish;
50.2. yong'in vujudga kelganda, mavjud bo'lgan o't o'chirish vositalari yordamida yong'inni o'chirishga kirishish, bir vaqtning o'zida yong'indan saqlash xizmatini chaqirish;
50.3. jabrlanganlar bo'lsa, jabrlanganning hayoti va sog'ligiga tahdid soluvchi xavfli omillarning organizmga ta'sirni yo'qotish (elektr toki ta'siridan ozod qilish, yonib turgan kiyimni o'chirish va boshqalar), uning holatini baholash;
50.4. shoshilinch tartibda jabrlanganlarni qutqarish bo'yicha chora- tadbirlarni bajarish, nafas olish yo'llarining o'tkazishini tiklash, sun'iy nafas olishni, yurak tashqi massajini o'tkazish, qon oqishini to'xtatish, bog'lam qo'yish va shu kabilar;
50.5. tez tibbiy yordamni chaqirish yoxud jabrlanuvchini yaqin atrofdagi davolash muassasasiga transportda yetkazish choralarini ko'rish;
50.6. voqea yuz bergan joyda imkoni boricha vaziyatni saqlab qolish.
ISh TUGATGANDAN KEYINGI XAVFSIZLIK TALABLARI
51. Stanok va elektryuritgichni uzish;
52. Ish joyini tartibga keltirishi: stanokdan qirindilarni, asboblarni olib qo'yish, stanokni kirdan tozalash, stanokning ishqalanuvchi qismlarini moylash.
53. Asboblarni maxsus ajratilgan joyga olib qo'yish;
54. Smenali ishda, stanokni smenachiga topshirish;
55. Ish tugagandan so'ng masterga ish jarayonida stanokda va moslamalarda aniqlangan barcha nosozliklar haqida xabar qilish;
56. Yuz-qo'llarni iliq suvda sovunlab yuvish. Dush qabul qilish.
7-Amaliy mashg’ulot
Frezalovchi uchun ishchi joyidagi yo’riqnomalar bo’yicha talablar
Reja:
1. Xavfsizlikning umumiy talablari.
2.Ish boshlashdan oldingi xavfsizlik talablari
3.Ish vaqtidagi xavfsizlik talablari
4.Avariya vaziyatlardagi xavfsizlik talablari
5.Ish tugagandan keying xavfsizlik talablari
|
| |