• Ish vaqtidagi xavfsizlik talablari
  • Ish boshlashdan oldingi xavfsizlik talablari




    Download 258,5 Kb.
    bet14/41
    Sana13.02.2024
    Hajmi258,5 Kb.
    #155392
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   41
    Bog'liq
    3. Amaliy mashg`ulotlar

    Ish boshlashdan oldingi xavfsizlik talablari
    7. Xavfi yuqori bo'lgan ishlarni bajarish uchun naryad - ruxsatnomani va naryad - ruxsatnoma bo'yicha bu ishlarni bajarish uchun mo'ljallangin individual himoya vositalarini olish.
    8. Bu ishlarni bajarish uchun kerak bo'lgan, soha me'yorlarida ko'zda tutilgan maxsus kiyimni va individual himoya vositalarini (himoya kaskasi, montaj kamari, ehtiyot arqoni va boshqa vositalar) kiyish va tartibga keltirish.
    9. Idishning ichki tekshiruvidan va gidrosinovini o'tkazishdan oldin uni to'xtatish, keyin sovitish (isitish) va ishchi muhitdan bo'shatish kerak.
    10. Idishni kirdan va hokazolardan metall ko'ringuncha tozalash, bunda idish izolyasiyasini va korroziyadan saqlovchi himoyaning boshqa turlarini olib tashlash.
    11. Tiqinlarni o'rnatib idishni asosiy tarmoqdan uzish.
    12. (12.1.007-76 sonli Davlat standarti bo'yicha) Xavflilik 1 va 2 klass zararli moddalar bilan ishlaydigan idishlarda qanaqa bo'lsa ham ishlarni bajarishni boshlashdan, shuningdek ichki tekshiruvini o'tkazishdan oldin, idishlarga yaxshilab ishlov berish (neytrallash, gazdan tozalash), havo oqimi bilan tozalash va idish ichidagi havo muhitining tahlilini o'tkazish uchun namuna olish lozim.
    13. Idishdan lyukni, qopqoqni va boshqa armaturalarni yechib olish.


    Ish vaqtidagi xavfsizlik talablari
    14. Idishning havo muhitida qanaqa bo'lsa ham zararli moddalar bo'lsa, ko'chma tortuvchi ventilatsiyani o'rnatish.
    15. Idish ichida tekshiruvlarni yoki ishlarni o'tkazganda, kuchlanishi 12 Vdan yuqori bo'lmagan navbatchi yorug'likdan foydalanish.
    16. Idish ichida ishlaganda individual himoya vositalaridan (respirator yoki protivogaz) foydalanish.
    17. Gidravlik sinovni o'tkazganda:
    17.1. Sinovlarni o'rnatilgan armatura bilan bosim ostida ishlaydigan idishni ishlab chiqaruvchi zavod belgilagan reglament va rejimga asosan o'tkazish.
    17.2. Gidravlik sinov uchun harorati 50C dan past va 400C dan yuqori bo'lmagan suvdan foydalanish.
    17.3. Korpus devori va atrof muhit temperaturalarining farqi sinov vaqtida idish devorlariga nam tushishiga olib kelmasligi kerak.
    17.4. Sinovni o'tkazganda bosimni turi, o'lchov chegarasi, aniqlik darajasi, bo'linmalarning qiymati bir xil bo'lgan ikkita manometr bilan nazorat qilish kerak.
    17.5. Tiqinlarga, qopqoqlarga, flanesli va boshqa birikmalarga sinov vaqtida ogohlantiruvchi belgilar qo'yish.
    17.6. Idishni suv bilan to'ldirgan vaqtda, undan havoni to'liq chiqarib yuborilishini ta'minlash.
    17.7. Idishni suyuqlik bilan to'ldirgan vaqtda va bosim ortganda, xavfsiz joyda turish kerak.
    17.8. Bevosita bosimni oshirishni boshlanishidan oldin idishni suyuqlik oqishi bor-yoqligiga ko'rikdan o'tkazish, idishdan begona narsalarni olib qo'yish, begona kishilar kirmasligi uchun "Xavfli zona" to'sig'ini, zarurat bo'lganda navbatchilarni qo'yish.
    17.9. Idishdagi bosimni asta - sekin va bir maromda, turtishlarsiz va zarbalarsiz, manometrlarning ko'rsatishlarini doimo nazorat qilib ko'tarish. Bosimni oshirish tezligi idishdan foydalanish yo'riqnomasiga muvofiq bo'lishi kerak.
    17.10. Reglamentga muvofiq sinov bosimini belgilab, belgilangan vaqtni bosim ostida (taxminan 5 minut) saqlab turish, undan keyin bosimni ishchi bosimgacha pasaytirish va diqqat bilan barcha payvandlangan va qismlarga ajraladigan birikmalarini va idishning tashqi yuzasini qarab chiqish.
    17.11. Sinov vaqtida korpus devorlarini, idishning payvandlangan va qismlarga ajraladigan birikmalarni taqillatish, shuningdek boltli birikmalarni tortib mahkamlashga ruxsat berilmaydi.
    18. Gidravlik sinovda TAQIQLANADI:
    18.1. idish ko'rigini o'tkazganda bosimni ko'tarish;
    18.2. bosimni ko'targan vaqtda qopqoqlarning flanesli birikmalari qarshisida turish.
    19. Pnevmatik sinovni bosh muhandis tomonidan tasdiqlagan maxsus ishlab chiqilgan yo'riqnomaga asosan va akustik emissiya usulida nazorat qilish sharti bilan o'tkazish.
    20. Sinovdan keyin suyuqlikni maxsus idishga nasos bilan tortib chiqarib tashlab to'kish.
    21. Idishlarni ta'mirlaganda taftish o'tkazish va yopib-ochadigan -boshqariladigan armaturani va
    saqlovchi klapanlarni rostlash.
    22. Qish davrida ochiq olovni ishlatib idishlarni eritishga yo'l qo'ymaydi.



    Download 258,5 Kb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   41




    Download 258,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ish boshlashdan oldingi xavfsizlik talablari

    Download 258,5 Kb.