• Metallarni bosim bilan ishlashning umumiy xarakteristikasi
  • Bosim bilan ishlashning fizik asoslari.
  • Metallarni bosim bilan ishlash uchun qizdirish qurilmalari
  • Mavzu: Metallarni bosim bilan ishlash turlarini o`rganish




    Download 3,34 Mb.
    bet1/4
    Sana15.05.2024
    Hajmi3,34 Mb.
    #236040
      1   2   3   4
    Bog'liq
    6-AMALIY MAShG`ULOT


    6--AMALIY MAShG`ULOT

    Mavzu:Metallarni bosim bilan ishlash turlarini o`rganish

    Reja:

    1. Metallarni bosim bilan ishlashning umumiy xarakteristikasi.

    2. Bosim bilan ishlashning fizik asoslari.

    3. Metallarni bosim bilan ishlash uchun qizdirish qurilmalari

    4. Metallarni bosim bilan ishlash turlari



    Metallarni bosim bilan ishlashning umumiy xarakteristikasi

    Hozirgi vaqtda metallarni bosim bilan ishlash mashinasozlik sanoatida muhim o`rin tutadi. Mamlakatimizda suyuqlantirib olinadigan po`latning qariyb 90 % , rangdor metallar va ular qotishmalarining esa 55% ga yaqini bosim bilan ishlanadi.
    Bosim bilan ishlashdan ko`zda tutiladigan asosiy maqsad oddiy shakldagi zagotovkalardan murakkab shaklli buyumlar hosil qilish, metallning strukturasini yaxshilash va mexanikaviy xossalarini oshirishdan iboratu Bosim bilan ishlash uchun zagolovkalar sifatida po`latdan, rangli metallar va ular qotishmalaridan olingan quymalar hamda list va sort prokatlar ishlatiladi. Metallarni bosim bilan ishlash eng tejamli texnologik protsess hisoblanadi, chunki bosim bilan ishlashda metallning juda ham oz qismi chiqindiga chiqadi. Masalan, boltning mexanikaviy xossalari kesib ishlangan boltnikiga qaraganda ancha yuqori bo`ladi, chunki bosim bilan ishlashda metallning tolalari egilsa, kesib ishlashda qirqilib ketadi.
    Metallarni bosim bilan ishlash protsesslari tobora takomil-lashtirilmoqda, bu esa ish unumini yanada oshirishga, mahsulot tannarxini pasaytirish va metallni yanada ko`proq tejashga imkon beradi.


    Bosim bilan ishlashning fizik asoslari.

    Bosim bilan ishlashda zagatovkaning shakli asliga qaytmaydigan qilib o`zgartiriladi, buning uchun zagatovka metalida plastiklik xossasi bo`lishi kerak. Metalning ma‘lum sharoitda tashqi kuchlar ta‘sirida yemirilmay o`z shaklini asliga qaytmaydigan tarzda o`zgartira olish xususiyati uni plastikligi deyiladi. Metallar shaklining plastik tarzida o`zgarishi plastik deformatsiya deb ataladi.
    Metalga biror kuch ta‘sir etirilganda shu metal geometrik o`zgarishi deformatsiya deyiladi. Normal temperaturada metallning deformatsiyasi asosan ikki bosqichdan – elastik va plastik deformatsiyalardan iborat bo`ladi. Metallga ta‘sir ettirilgan kuch olingandan keyin metall asli shakliga qaytsa, bunday deformatsiya elastik deformatsiya deb ataladi. Plastik deformatsiya

    - 218 -


    vaqtida esa metal kristall donalari maydalanadi va muayyan tartibda joylashib qoladi, kristall panjaralarining shakli o`zgaradi va bir-biriga nisbatan siljiydi. Donolarning muayyan tartibda joylashib qolish xodisasi teksturalanish deyiladi.
    Metall odatdagi sharoitda plastik deformatsiyalangan uning puxtaligi va qattiqligi ortib, plastikligi kamayadi. Bu xodisa naklyop yoki zogotovka deb ataladi.

    Metallning deformatsiyalanishdan oldingi xossalarini batamom tiklash uchun uni yuqoriroq temperaturagacha qizdirish zarur. Naklyoplangan metall yuqoriroq temperaturagacha qizdyrilganda shu metall xossalarining tiklanishi rekristallanish deb ataladi. Rekristallanish vaqtida metall-ning deformatsiyalanishdan oldingi donalari tiklanmay, balki yangn donalar hosil bo`ladi, ya‘ni metall yangidan kristallanadi.


    Rekristallanish allotropik shakl o`zgarishlar vaqtida sodir bo`ladigan ikkilamchi (qayta) kristallanishdan shu bilan farq qiladiki, rekristallanishda metall kristall panjarasining turi o`zgarmaydi.
    Metalning rekristalanishi temperaturasi bilan suyuqlanish temperaturasi orasida quyidagi bog‗lanish bor.
    Tr = αTs
    Tr - rekristallanish temperaturasi.
    Ts - suyuqlanish apsolyut temperaturasi.
    α - metallarni tozaligiga bog‗lik bo`lgan koeffitsient.
    α - toza metall uchun, α = 0,3 : 0,4; qotishma uchun α =0,8.
    Metallarni rekristalllnish temperaturasidan yuqori temperaturada qizdirib deformatsiyalash qizdirib bosim bilan ishlash deb, rekristallanish temperaturasidan past temperaturada defarmatsiyalash sovuqlayin bosim bilan ishlash deyiladi.
    Demak, metallarni qizdirib bosim bilan ishlashda ulada naklyop xosil bo`lmaydi sovuqlayin bosim bilan ishlashda esa naklyop xosil bo`ladi.
    Metallarni bosim bilan ishlash uchun qizdirish qurilmalari

    Ma‘lumki, metallarni bosim bilan ishlashdan oldin ularni qizdirishdan ko`zlanadigan asosiy maqsad ularning plastikligini oshirish va deformatsiyalanishga qarshiligini kamaytirishdan iborat. Bosim bilan ishlanadigan metallarni qizdirish qurilmalari, qizdirilayotgan metallning o`ta qizishi yoki kuyishiga yo`l qo`ymaslik uchun, uning temperaturasini istalgan vaqtda bilishga imkon beradigan, qizdirilayotgan metallni alanganing oksidlash ta‘siridan himoya qiladigan, metallni sekin-asta va bir tekis qizdiradigan bo`lishi kerak.
    Qizdirish qurilmalari jumlasiga alangali pechlar va elektrik pechlar kiradi. Issiqlik manbai vazifasini yoqilg‗i o`taydigan pechlar alangali pechlar deyiladi. Alangali pechlar qattiq, suyuq yoki gaz yoqilg‗i bilan ishlaydi. Elektrik pechlarda issiqlik elektr energiyasidan hosil bo`ladi.

    - 219 -


    Ish bo`shlig‗idagi temperatura o`zgarmas (davriy ishlaydigan) pechlar kamerali, o`zgaruvchan (uzluksiz ishlaydigan) pechlar esa metodik pechlar deb ataladi.



    Download 3,34 Mb.
      1   2   3   4




    Download 3,34 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Metallarni bosim bilan ishlash turlarini o`rganish

    Download 3,34 Mb.