|
Metallarni kiryalash (cho‘zish)
|
bet | 3/4 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 3,34 Mb. | | #236040 |
Bog'liq 6-AMALIY MAShG`ULOTMetallarni kiryalash (cho‘zish). Zagotovkani tobora kichrayuvchi teshiklardan (ko`zlardan) tortib (cho`zib) o`tkazish protsessi kiryalash deb ataladi. Kiryalashda zagotovkaning ko`ndalang kesimi kichrayib, uzunligi ortadi. Kiryalash yo`li bilan sim, chiviq, kichik diametrli truba va turli profillar olinadi. Masalan, sim kiryalash uchun chiviq zagotovkalardan foydalaniladi. Bunday zagotovkalar esa prokatlash yo`li bilan hosil qilinadi. Kiryalashdan oldin zagotovka yumshatilib, shundan keyin zagotovka kiryaning ko`zlaridan birin-ketin o`tkazilib, zarur diametrli sim hosil qilinadi.
Kiryalar juda qattiq va chidamli bo`lishi kerak, shuning uchun ular yuqori sifatli po`latdan tayyorlanadi. Qimmatbaho po`latni tejash maqsadida, ko`pincha, kiryaning o`zi oddiy uglerodli po`latdan tayyorlanadi-da, unga yuqori sifatli legirlangan po`lat yoki qattiq qotishmadan yasalgan volokalar (ko`zlar) o`rnatiladi. Juda ingichka simlar kiryalash uchun metall opravkalarga o`rnatilgan olmos volokalardan foydalaniladi.
Volokalar yaxlit, yig‗ma va rolikli bo`lishi mumkin. Yaxlit volokaning tuzilish sxemasi quyidagi rasmda tasvirlangan.
Kiryalashning texnologik protsessi quyidagicha: zagotovka yumshatilib, strukturasi yaxshilanadi; zagotovkaning bir uchi ingichkalashtiriladi; zagotovka sirtidagi kuyundini ketkazish uchun eritma ta‘sir ettiriladi, so`ngra yaxshilab yuviladi; zagotovka sirtiga oldin ohak yoki fosfat, so`ngra esa mineral moy surtiladi; zagotovka bir yoki bir necha marta kiryalanadi va har gal kiryalanganda hosil bo`lgan naklyop yumshatish io`li bilan yo`qotiladi; tayyor buyum yana yumshatiladi, to`g‗rilanadi va pardozlanadi.
- 221 -
Metallarni presslash. Ma‘lum temperaturagacha qizdirilgan metallni matritsa teshigidan siqib chiqarish protsessi presslash deb ataladi. Presslashda teshik orqali siqib chiqarilgan metallning (buyumning) ko`ndalang kesimi shu teshik shakliga — doira, kvadrat yoki boshqa biror shaklga kiradi. Presslash yo`li bilan po`latdan, issiqbardosh qotishmalardan, rangdor metallar va ularning qotishmalaridan har xil profilli buyumlar tayyorlash mumkin. Presslash yo`li bilan diametri 800 mm gacha bo`lgan trubalar hosil qilish ham mumkin.
Presslash uchun zagotovka sifatida quymalar ishlatiladi. Presslash oldidan zagotovkalar qizdirib bosim bilan ishlash temperaturasigacha qizdiriladi.
Presslashning ikki xil usuli mavjud, bulardan biri to`g‗ri, ikkinchisi esa teskari presslash usullaridir.
Teskari presslashda sarflanadigan kuch to`g‗ri presslashdagiga qaraganda 25—30% kam bo`ladi, chunki konteynerda metall ishqalanmaydi. Teskari presslashda chiqindi ham kamayadi.
Presslash usuli aniq o`lchamli va murakkab profilli buyumlar hosil qilishga imkon berish bilan birga, juda unumli bo`ladi.
- 222 -
|
| |