• Metodik
  • Alangali
  • Elektrik pechlar.
  • Metallarni
  • Prokatlash
  • Mavzu: Metallarni bosim bilan ishlash turlarini o`rganish




    Download 3,34 Mb.
    bet2/4
    Sana15.05.2024
    Hajmi3,34 Mb.
    #236040
    1   2   3   4
    Bog'liq
    6-AMALIY MAShG`ULOT

    Kamerali pechlar. Zagotovkalar maxsus darcha orqali bir nechtalab kiritiladi va pech tubiga ma‘lum tartibda joylashtiriladi. Zagotovkalar zarur temperaturagacha qizigach, pechdan chiqariladi. Kamerali pechlar, asosan, temirchilik-presslash sexlarida ishlatiladi.
    Metodik pechlar. Asosan, prokatlash va temirchilik-shtamplash sexlarida ishlatiladi. Bunday pechga metall darcha 2 dan turtkich 3 yordamida kiritiladi va pech tubi bo`ylab ilgari surib boriladi, zarur temperaturagacha qizigan metall darcha 1 orqali chiqariladi. Bunday pechlarda metallarni qizdirish protsessi mexanizatsiyalashtirilgan. Metodik pechlarda metall qizigan gazlar oqimiga qarshi, ya‘ni pastroq temperaturali zonadan yuqoriroq temperaturali zonaga tomon surilib borganligidan sekin-asta va bir tekisda qiziydi.
    Alangali pechlar. Ish bo`shlig‗ining hajmi katta bo`lmaydi, shuning uchun, nisbatan kichikroq zagotovkalarni qizdirishda ishlatiladi.
    Prokatlash sexlarida katta quymalar qizdirish quduqlari deb ataladigan shaxta pechlarida qizdiriladi. Qizdirish quduqlari alangali bo`lishi ham, elektrik bo`lishi ham mumkin.
    Elektrik pechlar. Xuddi alangali pechlar kabi, kamerali yoki metodik bo`lishi mumkin. Elektrik pechlar qarshilikli, induksion va kontaktli, pechlarga bo`linadi. Qarshilikli pechda issiqlik shu pech devoriga o`rnatilgan qarshilik elementlaridan chiqadi. Kontaktli pechda zagotovkaga mis kontaktlar orqali katta (bir necha o`n ming amper) kuchli va 1 dan 12 voltgacha kuchlanishli o`zgaruvchan tok beriladi, bunda zagotovka o`z qarshiligi hisobiga qiziydi.
    Metallarni bosim bilan ishlash turlari

    Metallarni prokatlash. Metallarni qarama-qarshi aylanuvchi ikki jo`va orasidan ezib o`tkazish jarayoni prokatlash deyiladi, prokatlash natijasida xosil bo`ladigan buyum prokat deb ataladi.
    Sxemadan ko`rinib turibdiki, qalinligi N bo`lgan zagatovka qarama-qarshi tomonga aylanuvchi jo`valariga ishqalanish tufayli siqiladi va jo`valar orasidan o`tayotganda deformatsiyalanib, qalinligi h bo`lib qoladi.
    Zagatovkani prokatlashdan oldingi qalinligi N bilan prokatlashdan keyingi qalinligi h orasidagi ayirma (N – h) absolyut siqilish miqdori deb, (H – h) / D 100% nisbat nisbiy miqdori deb ataladi.
    Zagotovkaning siqilayotgan abcd qismi deformatsiyalanish zonasi deyiladi. Zagotovka bilan jo`vaning urinish yoyi (ab yoki cd) qamrash yoyi deb, bu yoyga to`g‗ri keladigan α burchak esa qamrash burchagi deb ataladi.

    - 220 -


    Absalyut siqilish miqdori bilan qamrash burchagi opacida quydagi bog‗lanish bor. N – h = D (1- cosα )
    Prokatlash usullari

      1. Bo`ylama prokatlash (doira, kvadrat, uchyok shakldor va list prokatlar olinadi).

      2. Qiyshiq prokatlash (choksiz trubalar olinadi).

      3. Ko`ndalang prokatlash (maxsus prokatlar (armatura, po`latli sharlar) olinadi).




    Download 3,34 Mb.
    1   2   3   4




    Download 3,34 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Metallarni bosim bilan ishlash turlarini o`rganish

    Download 3,34 Mb.