Issiqxona effekti




Download 264.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana28.04.2023
Hajmi264.67 Kb.
#54655
  1   2
Bog'liq
mus eko Kelichev 2
4-amaliy mashg‘ulot. ELEKTROMAGNIT KATTALIKLARINI O‘LCHASH USULLARI, шаблон, Документ Microsoft Word, portal.guldu.uz-Kimyo tarixi, Лекция №1. Вычисление определителей второго и третьего порядков., Документ Microsoft Word, sifat bosh stasitik Kalendar reja 7 semestr - MA\'RUZA, 4-амалий машғулот, HISOBOT YUZI (UNIVERSITET), Mavzu, 111, нейрон, 7777777666666, Suxrobbek Fayzullayev Muminov, Ulugbek99


Kelichev B 

Mavzu: "Issiqxona effekti" muammolari 
Reja: 
1.Yerda harorat balansi o'zgarishining tabiiy sabablari. 
2.Yerda harorat balansi o'zgarishining antropogen ta'siri 
3.Yerda harorat o'zgarishining oqibatlari. 
4.Xulosa 
5.Faoydalanilgan adabiyotlar ro'yxati. 


Kelichev B 

Uglerod dioksid (karbonat angidrid) — CO2 o‘simliklar oziqlanishining eng muhim 
komponentlaridan biridir. U atmosferaga yonish, nafas olish, chirish jarayonlari orqali 
chiqadi va o‘simliklar o‘zlashtirishi (fotosintez) jarayonida sarflanadi. Sunggi 70-80 yil 
davomida organik yoqilg‘i turlari — ko‘mir, neft, gazni qazib olish va yoqishning keskin 
ko‘payishi natijasida Yer atmosferasidagi uglerod dioksid miqdorining uzluksiz ortishi 
kuzatilmoqda. Mavjud baholashlarga ko‘ra uglerod dioksidning miqdori shu davr 
mobaynida 10-12 % ga ya’ni 1980-yilda 0,029 % ga1990 yilda 0,033% ga va 2000 yilda 
0,036 % gacha ortdi.
Atmosferadagi CO2 ning absolyut miqdori 712 milliard tonnani, yillik ko‘payishi esa 3 
milliard tonnani tashkil etadi. Uglerod dioksidning atmosfera jarayonlaridagi asosiy roli 
uning issiqxona (parnik) effekti deb ataluvchi xodisaning paydo bulishidagi ishtirokidir. 
Uglerod dioksid Yer yuzasining 12,9—17,1 mkm to‘lqin uzunligidagi infraqizil nurlanishini 
yutadi. Bu to‘lqinlar Yer nurlanishi spektridagi maksimumga yaqin. Natijada atmosfera 
xuddi issiqxona qoplamasiga o‘xshab Quyosh nurlarini o‘tqazib, Yer yuzasidan infraqizil 
nurlanishning kosmosga chiqishiga qarshilik qiladi va bu bilan Yerning tabiiy issiqlik 
muvozanati bo‘ziladi. Ba’zi baholashlarga ko‘ra, atmosferadagi uglerod dioksid miqdori 
0,042 % gacha ortganda kutblardagi muzliklar butunlay erib ketadi. Aksincha, uning 
miqdorining 0,015% gacha kamayishi sayyoraning butunlay muzlab qolishiga olib kelishi 
mumkin. CO2 miqdorining XX asr boshidagiga nisbatan ikki baravarga (0,060%gacha) 
ortishi Yer kurrasidagi haroratni 3°S ga ko‘tarishi mumkin. Sayyora iqlimining isishi 
atmosferada issiqxona gazlari deb ataluvchi metan, ftorxloruglevodorodlar kabi boshqa 
gazlarning to‘planishi natijasida ham yuz bermoqda. 
Issiqxona effektining mohiyati qo‘yidagichadadir. Atmosfera tiniq plenkaga uxshab 
Quyoshning kiska tulkinli nurlanishini Yer yuzasiga o‘tqazadi. Biroq, shu plenka Yer 
yuzasining uzun to‘lqinli nurlanishi uchun kam o‘tqazuvchidir. Atmosferada shunday yarim 
o‘tqazuvchi plenka rolini suv byg‘i va issiqxona gazlari o‘taydi. Ular uglerod dioksid, azot 
oksidlari, ftorxloruglevodorodlar (freonlar), metan va boshkalardir. Bu gazlar miqdorini 
ortishi natijasida Yer yuzasidan issik nurlarning kosmosga uzatilishi kamayadi va havoning 
harorati ko‘tariladi. Hozirgi vaqtda uglerod dioksidning havodagi miqdori 0,0336% ni 
tashkil kiladi. Agar uning miqdori 2025 yilda kutilayotgandek 0,04-0,05 % yetsa, havoning 
harorati 1,0-1,5°C ga ko‘tariladi. Bunday isishning global o‘zgarishiga olib keladi, bu esa 
Arktika va Anarktikadagi muzliklarning erishiga, Dunyo okeani satxining kutarilishiga, 
iqlim poyaslarini zonal ko‘chishiga sabab bo‘ladi. Buning barchasi biosferaning to‘zilishi va 
tarkibiga ta’sir ko‘rsatadi.
Atmosferadagi ozon 
Ozon (O3) juda kam miqdorda ekanligiga qaramasdan, atmosferaning yuqori qatlamlarida 
(ayniksa stratosferada) boradigan fizikaviy jarayonlarda muhim rol uynaydi. Ozon qobig‘i 
butun Yer sharini qoplab, atmosferada 10 kmdan 70 km balandlikkacha uchraydi, lekin ozon 
molekularlarining (O3) maksimal miqdori 20-25 km balandlikda joylashgan. Atmosferadagi 
ozonning umumiy massasi tahminan 3,2 • 109 t ni tashqil qiladi. 
Ozon atmosferaning yuqori chegarasiga tushadigan quyosh nurlanishining 3% ga yaqinini 
yutadi. Yutilish spektrning 0,22-0,29 mkm to‘lqin uzunligidagi ultrabinafsha sohasida sodir 
bo‘ladi. Spektrning bu sohasinig yutilishi shunchalik kattaki, quyosh nurlarining energiyasi 
ozon qatlamining eng yuqori qismlarida, 50-45 km balandlikda deyarli to‘liq yutiladi. Shu 


Kelichev B 

sabali bu balandlikdagi havoning harorati 0°gacha ko‘tariladi. 
Ultrabinafsha nurlarning asosiy xususiyati ularning yuqori biologik faollikka ega ekanligidir. 
Ular bakteriyalarning ko‘pgina turlarini o‘ldiradi, badanni foraytiradi, organizmda D vitamin 
hosil bo‘lishiga ko‘maklashadi. Biroq, ultrabinafsha nurlanishning ozgina miqdorigina 
foydali xisoblanadi. Katta miqdorlari inson terisi kasalliklariga (eritema) va xatto kuyishga 
olib kelishi mumkin. 
Atmosferada ozon paydo bo‘ladigan fizikaviy va kimyoviy jarayonlar murakkab tabiatga 
ega. Ikki atomli kislorod molekulalari quyoshning ultrabinafsha nurlarini yutganda qisman 
atomlarga parchalanadi. Kislorod atomlari qo‘zg‘algan holda bo‘ladi (ya’ni m’yoriy 
holatdagiga nisbatan katta energiya zahirasiga ega bo‘ladi). Shu sababli ozon molekulasi 
uchlama to‘qnashuvda ya’ni kislorod molekulasi, kislorodning atomi va ortiqcha energiyani 
qabul qilib oluvchi azot yoki boshqa gaz molekulasi bir-biri bilan tuqnashgandagina hosil 
bo‘ladi. Bir vaqtning o‘zida qarama-qarshi jarayon-ozonning kislorodga parchalanishi sodir 
bo‘ladi. 
Agar ozon bulmaganda biologik faol ultrabinafsha nurlar Yerdagi barcha biologik 
jarayonlarni va balki butun organik hayotni sezilarli o‘zgartirgan bo‘lar edi. Demak, ozon 
ximoyalovchi ekranni hosil qiladi. Atmosferaning ba’zi moddalar bilan global ifloslanishi 
ozon ekrani zichligini kamaytirishi va «ozon teshiklari» ni paydo qilishi mumkin, deb 
hisoblanadi. 
Atmosferadagi ozon miqdori sutkalik (kunduzi-maksimum, kechasi – minimum) va 
mavsumiy (bahorda — maksimum, kuz va qishda — minimum) o‘zgarishlarga ega. 
Kenglikning ortishi bilan maksimumga erishish kechroq oylarga suriladi. 
Ozon «teshiklari». XX asrning 80 —yillari boshida Antarktida ustida ozon umumiy 
miqdorining keskin kamayishi kuzatilgan edi. 1984-1985-yillarda bu «ozon teshik» ulchami 
bir necha million kvadrat kilometrga yetdi. Xuddi shunga o‘xshash teshik Arktika tepasida 
ham paydo buldi. 90-yillarning o‘rtasidan boshlab Sharqiy va Garbiy Sibir (Rossiya), 
Qozog‘iston, Markaziy Osiyo ustidagi «ozon teshigi»ni kengayishi kuzatilmoqda. Ozon 
miqdorining kamayishi stratosferaning azot oksidlari va freonlar bilan ifloslanishi bilan 
bog‘liq deb hisoblanadi. 
Umuman olganda, ozon va «ozon teshik» muammolari hali yanada izlanishni, o‘rganishni 
talab qiladi, biroq bir narsa muhim — bu muammoga e’tiborsiz bo‘lmaslik lozim. Shu 
sababli jahon hamjamiyati ozonni parchalovchi moddalar, xususan sovutgichlarda 
ishlatiladigan freonlarni ishlab chiqarish va foydalanishni kamaytirish uchun harakat 
qilmoqda. 
Kislotali yomg‘irlar 
Atmosferaga ajratmalar manbalari. Bir necha yillar avval «kislotali yog‘inlar» va «kislotali 
yomg‘irlar» iborasi faqat ekolog olimlargagina ma’lum edi. Afsuski, so‘nggi 15-20 yil 
davomida bu iboralar kundalik hayotimizga kirib keldi hamda havotirlik va tashvish 
tug‘dirmoqda. 
Vaziyat nazoratsiz rivojlanganida kislotali yog‘inlar sezilarli iqtisodiy va ijtimoiy 
harajatlarga olib kelishi mumkin. Atmosferada kislota hosil bo‘lishining muayyan qismi 
tabiiy jarayonlar bilan bog‘liq, lekin ular tuproqlar va suv kislotaliligini oshirishda tezlik 
bo‘yicha ham, xajmi bo‘yicha ham inson yil avval paydo bo‘lgan edi. Ingliz kimyogari 
Robert Anges Smit sanoat shahri Manch faoliyati natijasi bilan tenglasha olmaydi. 


Kelichev B 

«Kislotali yomg‘ir» tushunchasi 130 ester va uning atrofida «uch xil havo» borligini 
aniqladi. Bular: uzoq dalalardagi ammoniy karbonatli (NH4)2CO3 havo; shahar atrofida 
ammoniy sulfatli (NH4)2SO4 havo; shaharning o‘zida sulfat kislotali H2SO4 yoki ammoniy 
bisulfatli NH4HSO4 havo. 1872-yilda «Havo va yomg‘ir» kitobida u «kislotali yomg‘ir» 
haqida yozdi va unda bir qator hodisalarni (ko‘mirni yoqish,organik materiallarni chirishi, 
shamollar yo‘nalishi, dengizga yaqinlik, joydagi yog‘inlar miqdorini) ko‘rib chiqdi. Smit 
ko‘rsatdiki, shahardagi kislotali (nordon) havo matolardagi bo‘yoqlarni rangsizlantiradi va 
metallar yuzasini yemiradi; kislotali yomg‘ir suvi o‘simliklar va materiallarga ziyon 
yetqazadi; mishyak, mis va boshqa metallar sanoat hududlarida yomg‘irlar bilan yer yuziga 
tushadi. 
1950-yillardan sung atmosferaga ajratmalar miqdori keskin ortdi. Bu hodisa 1960-yillarga 
kelib Yevropa va Shimoliy Amerikaning bir qator mamlakatlari uchun katta muammo bo‘lib 
qoldi. Xuddi shu vaqtda atrof-mhit ifloslanishi bo‘yicha birinchi maqolalar chiqdi, ularda 
asosiy ifloslantiruvchilar oltinguturt oksidlari (SOX) va azot oksidlari (NOX) deb 
xisoblanib, bu oksidlarning hosil bo‘lishini foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash 
bilan bog‘lashgan. Bu moddalar hosil bo‘lgan joyidan shamol orqali yuzlab kilometrlarga 
tarqaladi, so‘ngra ular atmosferadan yomg‘irlar, tumanlar va qorlar bilan yuviladi. 1968 
yilda Uden Skandinaviya mamlakatlari ustidagi yog‘inlar yanada kislotali bo‘lib 
borayotganini, oltingugurt birikmalarining katta miqdori Markaziy Yevropa va Buyuk 
Britaniyaning sanoat hududlari ajratmalari sifatida atmosferaga chiqayotganini isbot qildi. 
Ko‘rinadigan va seziladigan zarrachalarni, masalan qurum va qum changini, shamollar uzoq 
masofalarga olib ketishi o‘sha vaqtda yangilik emas edi. 1755 yildayok Sahroi Kabirning 
kizil kum changi mamlakatlar va kit’alar ustidan uzoq masofani shamol orqali bosib o‘tib 
Angliyaga yetganligi kuzatilgan. 1881 yilda Norvegiyalik olimlar mamlakatning ba’zi 
hududlaridagi qorning kul rang tusga kirganiligi sababi Angliyadan shamollar olib kelgan 
havoda ifloslantiruvchi moddalarning mavjudligi bilan tushuntirishidi. Shunisi qiziqki, 1950 
yilda Atlantika okeanining narigi tomonida, Kanadaning Alberta provinsiyasida sodir 
bo‘lgan ulkan o‘rmon yong‘inining tutunini Yevropada sezishgan. 
Atmosferaga chiqarilayotgan har qanday modda ifloslantiruvchi xisoblanadi, faqatgina 
suvning tabiatda aylanishida ishtiroq etuvchi suv bundan mustasno.Atrof-muhit 
komponentlari bir-biriga dialetik bog‘langanligi tufayli insonning xo‘jalik faoliyati 
natijasida ifloslangan atmosfera o‘z navbatida tabiatning boshqa komponentlariga ham ta’sir 
etib, inson, hayvonlar va o‘simliklar organizmida salbiy o‘zgarishlarni keltirib chiqarmoqda. 
Shu sababli biz atmosfera ifloslanishini inson organizmiga, hayvonlar va o‘simliklarga 
salbiy ta’sirini ko‘rib chiqamiz. 
1. Havoning ifloslanishi kishi organizmga salbiy ta’sir etib, ular salomatligining 
yomonlashishiga sabab bulmoqda. Ayniqsa, oltingugurt oksidi, uglerod oksidi, uglerod 
sulfid, vodorod sulfid, ftor brikmalari, azot oksidlari, har xil sanoat chiqindilari, radioaktiv 
moddalar va qishloq xo‘jalik pestitsidlari kishi organizmida har xil kasalliklarni vujudga 
keltiradi. 
2. Atmosfera ifloslanishi o‘simliklarning va kishlok xo‘jalik ekinlarining normal o‘sishiga 
ham salbiy ta’sir etadi. Sanoat markazlaridan ko‘tarilgan har xil zaharli chang va gazlar yana 
qaytib qishloq xo‘jaliik ekinlariga tushadi, ular modda almashinishini buzadi, natijada 
ekinlar, o‘simliklar kasallanib kam hosil beradi yoki quriy boshlaydi. 


Kelichev B 

Atmosferaning ifloslanishi hayvonlarga ham salbiy ta’sir etadi. Hayvonlar atmosferadagi 
havodan nafas olganda hamda o‘simliklar bilan ovqatlanganda uning organizmi zaharli 
chang (ftor, qo‘rg‘oshin, surma va boshqa) va har xil gazlar bilan zaharlanadi. Hozir 
hayvonlar orasida "sanoat flyufoz" kasali keng tarqalib, o‘simlik suv va yem-xashak 
to‘planib qolgan ftor moddasi tufayli vujudga kelgan. 
4. Atmosferaning ifloslanishi tunuka tomlar zanglashini, binolar va boshqa inshoatlarning 
nurashini, korroziyaga uchrashini ham tezlashtiradi. Shu sababli havo ko‘prok ifloslangan 
shaharlarda korroziya jarayoni qishloqlarga nisbatan 100 marta ortiqdir. 
Suvlarning ifloslanishi uning fizikaviy, organoleptik hususiyatlarining o‘zgarishida 
(tiniqligining yo‘qolishi, hidni, rangi, mazasining o‘zgarishi), tarkibida sulfatlar, xloridlar, 
nitratlar, toksik og‘ir metallar, havoning eritilgan kislorodni miqdorining pasayishi, 
radioaktiv elementlar, kasalik ko‘zg‘atuvchi bakteriyalarning paydo bo‘lishida namoyon 
bo‘ladi. Suvning 3 turdagi ifloslantiruvchilari mavjud: kimyoviy, biologik, fizikaviy 
ifloslantiruvchilar. 
Kimyoviy ifloslanish – eng ko‘p tarqalgan, barqaror va keng miqyosida tarqaladigan 
ifloslanish. Bu ifloslanish organik (fenollar, pestitsidlar, neft mahsulotlari), noorganik(tuzlar, 
kislotalar, ishvoriylar), toksik (mashyak, simob, kadmiy birikmalari) va notoksikbo‘lishi 
mumkin.
Bakteriologik ifloslanish – suv tarkibida bakteriyalar, patogen viruslar, oddiy 
zamburug‘lar (700 turgacha) paydo bo‘lishi bilan harakterlanadi. Ifloslanishning bu turi 
qisqa muddatli harakterga ega.
Radioaktiv ifloslanish – suvning radioaktiv moddalar bilan ifloslanishi. Bu ifloslanish turi 
(suvga kichik miqdorda tushgan bo‘lsada) o‘ta xafli deb hisoblanadi.
Mexanik ifloslanish – suvga turli mexanik aralashmalarning qo‘shilishi (qum, gil, 
shag‘al). Mexanik aralashmalar suvning organoleptik xussuiyatlarini keskin pasaytirishi 
mumkin. 
Issiqlik ifloslanish – suvning harorati issiqrok suv yoki texnologik suvlar bilan aralashishi. 
Bu ifloslanish natijasida suvning kimyoviy va gazoviy tarkibi o‘zgaradi, buning oqibatida 
suvning tarkibida anaerob bakteriyalar ko‘payishib, zaharli gazlar paydo bo‘ladi.
Oqova suvlarni tozalashning bir necha usullari mavjud va ular turlicha tavsiflanadi. Tozalash 
inshootlari qurishda avvalo, ovoa suvlardagi moddalar, ularning miqdori va agregat 
holatlariga e’tibor beriladi.
Mexanik tozalash – panjara, tindirg‘ich, filtralar yordamida. Bu uslub oqova suvlarni qattiq 
zarrachalardan tozalash uchun qo‘llanadi.
O‘lchamlari 25 mm gacha bo‘lgan zarrachalar bilan ifloslangan oqova suvlarni tozalash 
uchun ular suzgichdan (panjara) o‘tqaziladi. Tindirish usuli suyuqliklarda katta zarrachalarni 
tindirishga asoslangan. Bunda birg‘biriga yopishmiydigan, o‘z shakli va o‘lchamlarini 
o‘zgartirmaydigan zarrachalarning erkin cho‘kishi tushuniladi. Agar oqova suvlarning 
tarkibida mayda qattik zarrachalar miqdori uncha ko‘p bo‘lmasa, ular filtrlash yo‘li bilan 
tozalanadi. 
Kimyoviy tozalash – kimyoviy birikmalar yordamida oqova suvlar tarkibidagi erigan 
moddalarning 
turiga 
qarab 
ekstraksiya, 
sorbsiya, 
neytrallash, 
koagulyatsiya, 
elektrokoagulyatsiya va flokulyatsiya kabi usullarda tozalanadi. 
Biologik tozalash usullari – suv o‘tlari va mikroorganizmlar xamda boshqa suniy inshoatlar 


Kelichev B 

vositasida xosil qilinadigan kislorod yordamida oqava suvlari tarkibidagi organik 
moddalarni parchalab mineral moddalarga aylantirish va zararsizlantirish yo‘li bilan 
tozalashga asoslangan. 
Suv resurslarining sanoat chiqindi suvlari bilan ifloslanishini bartaraf qilish uchun sanoatni 
suv bilan ta’minlash tizimida suvdan yopiq tizimda foydalanishni va "qoldiqlarni" 
zararsizlantirish tadbirlarini maksimal tadbik qilishni amalga oshirishni kuzda tutiladi. Oziq-
ovqat sanoatini ifloslangan suvlar mahalliy tozalash inshootlaridan o‘tqazilgandan keyin 
aholi joylarini kanalizatsiya shahobchasiga tashlanishi kerak va kommunal ho‘jalik chiqindi 
suvlari bilan tozalash inshootlaridan o‘tkazilgandan keyin sug‘orishda yoki sanoatni suv 
bilan ta’minlashda foydalanish kerak. 
Kommunal-xo‘jalik va chorvachilik komplekslari chiqindi suvlarini tashqariga chiqarish 
uchun ko‘yidagilarni tavsiya qilish mumkin. 
Aholi yashash joylarida va chorvachilik komplekslarida yangi kanalizatsiya shaxobchasini 
qurish yoki borlarini qayta tiklash;Kanalizatsion chiqindi suvlarini (mexanik, ximiyaviy, 
biologik va boshqa tozalash usullari) tozalash va ulardan qayta foydalanish. 
Sug‘orish dalalaridan chiqayotgan zovur suvlar daryo va yer osti suvlarini ifloslantiruvchi 
asosiy manbadir. Ularni sug‘orish dalalari tashqarisiga chikarish noxiyada qaytmas suv sarfi 
miqdorini oshirishga olib keladi. Shuning uchun ularning saqlash va qayta foydalanish 
tadbirlarini ishlab chiqish zarurdir. Chiqindi va zovur suvlarini sifati, maydoni tabiiy 
drenajlanganligi va noxiyaning tuproq meliorativ sharoiti bilan bog‘liq holda bu suvlardan 
sug‘orishda va texnik suv bilan ta’minlashda foydalanish bo‘yicha tavsiyalar beriladi yoki 
ularni tozalashning qayta foydalanish va bartaraf qilishning boshqa usullari beriladi. 
Qishloq ho‘jaligida o‘g‘itlardan va zararkunandalarga qarshi zaharli ximikatlardan 
foydalanish suv resurslarining sifatiga salbiy ta’sir qiladi. Shuning uchun talaba qishloq 
ho‘jalik zararkunandalari bilan kurashish uchun biologik tavsiyalar ishlab chikishi kerak. 
Shu bilan birga ular qo‘llashni me’yorlashga va sharoitlarga qat’iy rioya qilishga ko‘rsatma 
berilishi kerak. 
Ho‘jalikning maydoni va unda omborlarining o‘ylamasdan joylashtirish, jixozlash, qishloq 
ho‘jalik texnikasini saklash va ishlatish suv resurslari sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Shuning uchun talabalar tomonidan shunday ifloslanishni olidini oluvchi tadbirlar 
(ishlatilgan GSM ni yeg‘ish va topshirish, avtobazaning va MTU ni maydonini 
gidroizalatsiya qilish, neft maxsulotlarini yig‘uvchi uskuna o‘rnatilgan paytdan foydalanish 
suv bilan ta’minlash tizimini tashqil qilish) tavsiya qilinishi kerak.
Yiriklashtirilgan narxiy ko‘rsatgichlardan foydalangan holda yuqorida asoslangan chora-
tadbirlar uchun sarflanishi zarur bo‘lgan kapital mablag‘ hajmi xisoblanadi. Bu xisob-
kitoblar asosida mavjud meyoriy hujjat va uslubiy ko‘rsatmalardan foydalanib sarflanishi 
mo‘ljallangan kapital mablag‘ni samaradorligi aniklaniladi va bu asosda shartli loyihada 
belgilangan tadbirlar iqtisodiy samaradorligi baholanadi. 
2. Suv manbalarini tabiatga va xalk ho‘jaligini yuritishga salbiy ta’sirini o‘rganish va ularni 
oldini olish yoki bartaraf qilish. SRMF shakliy loyixasini alohida ahamiyatga ega bo‘lgan 
vazifasi xisoblanadi. Bular ichida asosiylari sel bosish, kirg‘oqlarni yuvilishi, suv bosish, 
tuproqning tabiiy sho‘rlanishi va botqoqlanish va shunga o‘xshash jarayonlardir. Shakliy 
loyixa tuzilayotgan maydon uchun bu jarayonlar kelib chiqish sabablari sinchiklab 
o‘rganiladi va ularni bartaraf qilish tadbirlari iloji boricha SRMF va MK tadbirlari majmuiga 


Kelichev B 

kiritiladi. Buni iloji bo‘lmagan holda alohida tadbirlar belgilanadi: sel ombori, tog‘ 
bag‘rlalarini o‘rmonlashtirish, oqim yo‘naltirgich, tusg‘ich va qirg‘oqni mustahkamlovchi 
inshootlar, zovur va kollektor tizimlarini qurish va shu kabilar. Bunday inshootlarga 
zaruriyat bo‘lganda ularni hajmi va zarur bo‘lgan kapital mablag‘ yuqorida nomlari atalgan 
jadvallarga alohida qator qilib kiritiladi.
3. SRMF va MK shakliy loyixasini ekologik asoslashga alohida ahamiyat beriladi. 
Unutmaslik kerakki, suv xujaligiga doir hamma tadbirlar loyihasi, jumladan shakliy loyiha 
ham Uzbekiston Respublikasining tabiatni muxofaza qilish haqidaga amaldagi konuniga 
binoan ekologik tahlil (ekspertiza)dan o‘tishi shart. Bu masalani yechishi asosida 
belgilangan hamma chora-tadbirlarda tashqi muhit, jumladan suv manba’lari holatiga 
bo‘ladigan ta’sirlarni bashoratlash yotadi. Maksad bashoratlash natijasida aniqlangan 
tabiatga bo‘ladigan salbiy ta’sirni oldini olish chora-tadbirlarini to‘g‘ri belgilashdan 
iboratdir. Ma’lumingizkim, tabiiy resurslardan foydalanish bo‘yicha amalga oshiriladigan 
har qanday chora-tadbir tabiiy holat va undagi muvozanatni buzadi. Modomiki, shunday 
ekan so‘z tabiiy holatni buzmaslik haqida emas, tabiatda salbiy oqibatlar kelib 
chiqarmaydigan yangi muvozanatni barpo qilish haqida yuritiladi.
Suv manba’idagi ekologik xavfsiz, sifat va mikdor jihatidan eng kam suv koldigini aniklash 
masalasi eng murakkabdir. Bu masala manbadagi qoldiq suv sifat va miqdoriga bo‘lgan 
talab va manba havzasida joylashgan suv iste’molchilarining uning holatiga bo‘lgan ta’sirini 
bashorat qilish yuli bilan aniqlaniladi. Zarur hollarda manba’da saqlanishi shart bo‘lgan suv 
sifati va miqdorini ta’minlash maqsadida suv resurslarining ma’lum bir bo‘lagi ajratiladi. 
Bunday ekologik talab tegishli hisob-kitoblar bilan asoslanadi. 
4. Arid iqlimli mintaqalar uchun suv ho‘jaligining asosiy vazifasi SRidan o‘uta tejamkorlik 
bilan foydalanishni amalga oshirishdan iborat. Shuning uchun ham hamma suvdan 
foydalanuchilar kam suv va suvsiz texnologiyalarni hisobiy davrda amalda qo‘llashlari 
kerak. Bu maqsadda shakliy loyiha suvdan foydalanish texnologiyalarini tahliliga alohida 
ahamiyat beradi. Zarur bo‘lgan hollarda loyiha bunday texnologik tadqiqotlarni o‘tqazish 
bo‘yicha tavsiyalar berishi, unga ketgan sarf harajatlarni aniqlashi, tadqiqot shartlari
muddatlari va bajaruvchi tashkilotlarni asoslashi kerak bo‘ladi. 
Hozirgi kunda aholini gigiena talablariga javob beradigan toza ichimlik suvi bilan 
ta’minlash, insonlar salomatligini muhofaza qilishning asosiy omillaridan bo‘lib qolmoqda. 
Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, suv orqali tarqaladigan yuqumli kasalliklardan 
asrash va suvning kimyoviy tarkibini o‘zgarishidan kelib chiqadigan zaharlanishlarni oldini 
olish muhim ahamiyat kasb etadi. Suv sifatini standartlash suv ist’emol qilish tufayli kelib 
chiqadigan kasalliklarning oldini olish imkonini beradi. Hozirgi kunda turli o‘zgartirishlar 
bilan to‘ldirilgan O’zDavSt 950/2000 «Ichimlik suvi” deb nomlanadigan Davlat standarti 
qabul qilingan. Ushbu standart bo‘yicha ichimlik suvning kimyoviy, bakteriologik va 
organoleptik tarkibi hamda uning xususiyatlariga ta’sir etuvchi m’yorlar ishlab chiqilgan.
Ichimlik suvining jadvallarda keltirilgan ko‘rsatkichlaridan tashqari, sanoat korxonalaridan, 
qishloq xo‘jalik yerlarini sug‘orishdan va kommunal xo‘jaliklardan chiqadigan oqova suvlar 
tarkibidagi moddalarning ham ruxsat etilgan m’yorlarni ishlab chiqilgan va ro‘yxatga 
olingan.


Kelichev B 

Ko‘rstakich
lar
Me’yorlar
1. 

ml 
suv 
tarkibidagi 
mikroblar soni 
100 
dan 
oshmaslik 
kerak 
2. 

litr 
suvdagi 
«Ichak 
tayoqchalari» 
guruhiga 
kiruvchi bakteriyalar soni 
3 dan oshmasligi 
kerak 
Ichimlik suvining bakteriologik tarkibi bo‘yicha me’yorlari 
№ Ko‘rsatkichlar
Me’yorl
ar
1. 20oC va 60oC isitilgandagi suv 
hidi, ball 
2 gacha 
2. 20oC da suvning mazasi, ball 
2 gacha 
3. Suvning rangi, gradus 
20 
gacha 
4. Suvning 
loyqaligi, 
standart 
bo‘yicha, mg/l 
1,5 
gacha 
Ichimlik suvining organoleptik xususiyatlari bo‘yicha me’yorlari 
№ Ko‘rsatkichlar
Me’yorlar
1. pH ko‘rsatkichi 
6,0-9,0 
2. Temir, mg/l 
0,3 gacha 
3. Suvning umumiy qattiqligi 
mg/ekvl 
7 gacha 
4. Marganes, mg/l 
0,1 gacha 
5. Mis, mg/l 
0,1 gacha 
6. Qoldiq polifosfatlar, mg/l 
3,5 gacha 
7. Sulfatlar, mg/l 
500 gacha 
8. Xloridlar mg/l 
350 gacha 
9. Quruq qoldiq, mg/l 
1000 
gacha 
1

Rux, mg/l 
5,0 gacha 
Ichimlik suvining organoleptik xossalariga ta’sir etuvchi ko‘rsatkichlar bo‘yicha me’yorlari 
Tuproqlarning ekologik holatini og‘irlashtiruvchi jarayonlaridan yana biri sho‘rlanishdir. 
Sho‘rlanish deb tuproqning o‘simliklar o‘sadigan yuqori qatlamlarida (2 metrgacha) ekinlar 
va boshqa organizmlarga zarali bo‘lgan oson eruvchan tuzlarning m’yoridan ortiqcha 
to‘planishiga aytiladi.
Tuproqning ikki xil sho‘rlanishi mavjud: birlamchisho‘rlanish, ya’ni tuproq hosil qiluvchi 
tog‘ jinsi tarkibidagi tuzlar hisobiga va ikkilamchisho‘rlanish – qishloq xo‘jalik ekinlarini 
sug‘orish jarayonida yer osti suv sathining ko‘tarilishi va uni bug‘lanishi natijasida hamda 


Kelichev B 

sho‘rrok suv bilan sug‘orish natijasida yuz beradi. 
Tuproqlarni sho‘rlanishi sug‘oriladigan dehqonchilikning rivojlanishini cheklovchi 
sabablardan biridir. Qadimdan sug‘oriladigan dehqonchilik rivojlangan hududlarda tuproq 
kuchli sho‘rlangan. Masalan, Irokda sugoriladigan maydonlarning 50%ga yakini, AQShda 
27%dan ortig‘i sho‘rlangan. 
O‘zbekistonda sug‘oriladigan dehqonchilik 1955-1990 yillarda jadal rivojlandi. Shu davr 
mobaynida 1 million gektardan ortiq yangi yerlar o‘zlashtirildi. Bunda qishloq ho‘jaligi 
oborotiga sho‘rlangan va qiyin melioratsiyalanadigan yerlar jalb etildi. Bu keyingi 15-20 yil 
davomida sho‘rlangan yerlar maydonining 0,8 million gektarga oshishiga va 2,0 million 
gektarga yetishiga sabab buldi, bundan 0,85 million gektari o‘rtacha va kuchli sho‘rlangan 
yerlardir. Qoraqolpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Sirdaryo, Qashqadaryo va Xorazm 
viloyatlari yerlari ko‘proq sho‘rlangan.

Download 264.67 Kb.
  1   2




Download 264.67 Kb.
Pdf ko'rish