• Datchiklar haqida tushuncha va ularning klassifikatsiyasi
  • Mavzu: Ultratovushli masofa datchiklari Reja




    Download 0,88 Mb.
    bet1/3
    Sana18.05.2024
    Hajmi0,88 Mb.
    #242646
      1   2   3
    Bog'liq
    Ulta tovushli masofa datchiklari 1-mus ish


    Mavzu: Ultratovushli masofa datchiklari
    Reja:

    1. Datchiklar haqida tushuncha va ularning klassifikatsiyasi

    2. Datchiklarning asosiy parametrlari va statik tavsifnomalari.

    3. Ultratovushli va masofa datchiklari


    Datchiklar haqida tushuncha va ularning klassifikatsiyasi
    Har xil texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda ularning ko‘rsatgichlari xaqida ma’lumot olish zarur hisoblanadi. Bu maqsadda birlamchi o‘zgartirgichlar (yoki datchiklar) keng qo‘llaniladi. Datchik deb nazorat qilinayotgan yoki rostlanayotgan kattalikni kerakli yoki avtomatika tizimining keyingi elementlarida qo‘llash uchun qulay qiymatga o‘zgartiradigan vositaga aytiladi. Qishloq va suv xo‘jaligi ishlab chiqarishida qo‘llaniladigan o‘zgartirgichlar asosan olti guruhga bo‘linadi: mexanik; elektromexanik; issiqlik; elektrokimeviy; optik va elektron - ion. Mexanik o‘zgartirgichlar mexanik kirish ko‘rsatgichlarni (bosim, kuch, tezlik, sarf va h.k.) mexanik chiqish ko‘rsatgichlar ( aylanish chastotasi, bosim va x.k.) o‘zgartirib berish bilan xarakterlanadi. Bunday o‘zgartirgichlarning sezgirlik elementi sifatida elastik elementlar (membrana, prujina, balka kabilar) poplavoklar, krыlchatkalar va drosselli qurilmalar ishlatiladi. Elektromexanik birlamchi o‘zgartirgichlar (yoki elektr datchiklar) kirish mexanik ko‘rsatgichlarni (bosim, kuch, sarf kabilar) chiqish elektr ko‘rsatgichlar (kuchlanish, tok, qarshilik, induktivlik va kabilar) o‘zgartirib berish uchun xizmat qiladi. Elektromexanik o‘zgartirgichlar parametrik va generator o‘zgartirgichlarga bo‘linadi. Parametrik datchiklarda chiqish ko‘rsatgichini elektr zanjir kattaliklari (qarshilik, induktivlik, o‘zaro induktivlik, elektr sig‘imi va kabilar) tashkil topadi. 11 Bunday turdagi datchiklarda elektr toki va kuchlanishi sifatida chiqish signalini olish uchun ularni maxsus elektr sxemalariga (ko‘prikli, differentsialli) ulash hamda alohida energiya manbasiga ega bo‘lishi kerak. Generator datchiklarida bevosita sezgir elementda kirish signali X chiqish signali U o‘zgartiriladi. Ushbu o‘zgartirish kirish signali energiyasi hisobiga bo‘ladi va chiqish signali EYuK ko‘rinishida hosil bo‘ladi. Generator datchiklari juda oddiy bo‘ladi, chunki ular qo‘shimcha energiya manbaisiz ulanadi. Aniqlik darajasi bo‘yicha datchiklar 0,24; 0,4, 0,6; 1; 1,5; 2,5; 4 aniqlik sinflariga muvofiq bo‘lishlari lozim. Ishlash printsipi bo‘yicha elektr datchiklar rezistivli, elektromagnitli, sig‘imli va taxometrik (generatorli) ko‘rinishlarga ega bo‘ladi (2.1-rasm).





    Download 0,88 Mb.
      1   2   3




    Download 0,88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Ultratovushli masofa datchiklari Reja

    Download 0,88 Mb.