Deykstra algoritmi
Gollandiyalik olim Edsger Deykstra algoritmi grafning boshlang’ich berilgan tugunidan boshlab qolgan barcha tugunlargacha bo'lgan barcha eng qisqa yo'llarni topadi.Uning yordamida, agar barcha zarur ma'lumotlar berilgan bo'lsa, masalan, neft va shu kabi mahsulotlarni eksport qilish uchun bitta shahardan boshqa shaharlarning har biriga borish uchun qaysi yo'llar ketma-ketligini tanlash afzalroq ekanligini bilib olish mumkin. Ushbu usulning salbiy tomoni shundaki, manfiy vaznga ega bo’lgan qirralari mavjud bo'lgan graflarni qayta ishlash imkonining mavjud emasligi, ya'ni, masalan, ba'zi tizim birorta kompaniya uchun foydasiz bo'lgan marshrutlarni taqdim qilsa, u holda u bilan ishlash uchun Deykstraning algoritmidan foydalanib bo’lmaydi.
Algoritmni dasturiy ta'minotini amalga oshirish uchun ikkita massiv kerak bo'ladi: mantiqiy toifadagi visited - tashrif buyurilgan tugunlarhaqidagi ma'lumotlarni saqlash uchun va topilgan eng qisqa yo'llar kiritiladigan butun toifadagi - distance. G={V,E} graf berilgan bo’lsin. V to’plamga tegishli barcha tugunlar dastlab tashrif buyurilmagan deb belgilanadi, ya’ni visited massivining elementlariga false qiymat berib chiqiladi. Eng afzal yo’lni topish masalasi qaralyapti.Distance massivining har bir elementiga shunday qiymat beriladiki, ixtiyoriy potensial yo’ldan katta bo’lsin (odatda, bu qiymatni cheksiz katta qiymat deb qaraladi, ammo dasturda berilgan toifaning qiymatlar diapazonidagi eng katta qiymat sifatida olinadi). Boshlang'ich nuqtasifatida stuguntanlanadi va unga nol yo'l belgilanadi: distance [s] = 0, chunki s-dan s-gacha hech qanday qirra yo'q (bu usuldailmoqlar qaralmaydi).
Bellman-Ford algoritmi
Algoritm tarixi uchta mustaqil matematiklar bilan bog'liq: Lester Ford, Richard Bellman va Edward Moore. Ford va Bellman algoritmni 1956 va 1958 yillarda nashr etishdi, Moore esa 1957 yilda taqdim qilgan. Va ba'zan uni Bellman-Ford-Moore algoritmi deb ham atashadi.Usul ba'zi vektorli-marshrutlash protokollarida, masalan, RIPda (Routing Information Protocol) qo'llaniladi.Deykstra algoritmi singari, Bellman-Ford algoritmi ham vaznga ega bo’lgan graflarda bitta tugundan qolgan barcha tugunlarga bo’lgan eng qisqa masofani aniqlashda ishlatiladi.Bu algoritm manfiy vaznga ega bo’lgan graflar bilan ishlashda ham qo’llanilishi mumkin (istisno holatlar ham mavjud).
|