• Optik port orqali energiya hisoblagichni tekshirishda ENHATni tizimini tashkil qilish. 1-rasm optik port orqali energiya hisoblagich tizimini tekshirish
  • 2-rasm. Interfeys o‘zgartirgichlari, multipleksor yoki modem orqali hisoblagichlarda so‘rov o‘tkazilishi bilan ENHAT ni tashkil etish
  • Enhat tushunchasi va texnik vositalari




    Download 197.65 Kb.
    bet1/2
    Sana22.03.2023
    Hajmi197.65 Kb.
    #46177
      1   2
    Bog'liq
    RAQAMLI ENERGETIKAamaliyot sirtqi 1-4 uzbek
    0a0ec95a40d8df61b1634f2a600f0ea1, 1-KEBIR XAFSIZLIK maruza, abduhamidov a.u. algebra va matematik analiz asoslari i, 1-Topshiriq, 01369-юш топширик, Презентация1, makroiqtisodiyot12, 1-mavzu, oraliq.biznes-etikasi, 1 маруза сиртки, ‬KIBERXAVFSIZLIK 1 AMALIY, 1atlas, Ayollar kiyimlari55, dsmGtKQW3ibntVgqNbkCG-h2Yj1ZQuGJ

    1-AMALIY MASHG`ULOT


    ENHAT TUSHUNCHASI VA TEXNIK VOSITALARI
    Ishning maqsadi:

    1. Elektr energiyasi o`lchash tizimlari ENHAT misolida tashkil qilish va tuzilmalarini ko`rib chiqish.

    2. Korxonananing energiya iste’mol qismlarini o`rganish.

    Optik port orqali energiya hisoblagichni tekshirishda ENHATni tizimini tashkil qilish.

    1-rasm optik port orqali energiya hisoblagich tizimini tekshirish
    Optik port orqali hisoblagichlarda so‘rov o‘tkazish orqali ENHAT ni tashkil etish ENHAT tashkil etiladigan tizimlarning eng soda varianti bo’lib hisoblanadi. Bunda hisoblagichlar bir-biri bilan o‘zaro bog’lanmagan. Hisoblagichlar va ma’lumotlarni yig‘ish markazi orasida aloqa yo‘q. Barcha hisoblagichlardagi ma’lumotlar operator hisoblagichlarni ko’rib chiqishi jarayonida ularga so’rov berish orqali amalga oshiriladi.
    Hisoblagichlar vaqtini sinxronlashtirish ko‘chma kompyuter vaqti bilan so‘rov jarayonida amalga oshiriladi. Ko‘chma kompyuter vaqti ma’lumotlarni yig‘ish markazi vaqti bilan hisoblagichlar so‘roviga topshiriqlar fayllarini qabul qilish paytida amalga oshadi. Avtomatlashtirilgan tizim qurishning bu sxemasi boshqa sxemalarga nisbatan arzon hisoblanadi. Bu variantdagi ENHAT ni qurish davomida qurilma va vositalarni qo’llashni maksimal tejash maqsadida ma’lumotlarni yig‘ish markazi rolini ko‘chma kompyuterga yuklash mumkin. So‘rov optik port orqali so‘rov natijalari faylini shakllantiradigan ko‘chma kompyuterda joylashgan dastur yordamida bajariladi. Ma’lumotlarni yig‘ish markazi kompyuteri berilgan so‘rovga fayl-topshiriqni shakllantiradigan va axborotlarni asosiy ma’lumotlar omboriga (MO) yuklaydigan dasturiy modullar bilan ta’minlangan bo’lishi lozim.

    2-rasm. Interfeys o‘zgartirgichlari, multipleksor yoki modem orqali hisoblagichlarda so‘rov o‘tkazilishi bilan ENHAT ni tashkil etish

    ENHAT ni tashkil etishning bu usuli kamchiliklari hisoblagichlardan ma’lumotlarni yig‘ishning murakkabligi va tizimda impuls chiqishli elektron hisoblagichlardan foydalanishning imkoni yo‘qligi hisoblanadi. Shuning uchun bu sxemani tijorat asosidagi hisobga olish tizimini tashkil etish uchun tavsiya qilish mumkin. Uning tarkibida axborotlarni xotirada saqlash moduli va EHM bilan almashinuv asosida hisobga olish tizimi interfeysi bo‘lgan qimmat uncha ko‘p bo‘lmagan sonli tijorat hisoblagichlari ishlatiladi.


    Optik port orqali hisoblagichlarda so‘rovni o‘tkazilishi bilan ENHAT ni tashkili etish quyidagi masalalarni yechishga imkon beradi:

    • iste’mol parametrlarini aniq o‘lchash:

    • korxona va uning ob’ektlari bo‘yicha energiya resurslarini tijorat va texnik asosida hisobga olish;

    • berilgan limitlarga va quvvatni texnologik jarayonlarda cheklashlarga nisbatan berilgan vaqt intervallarida (5, 30 minut, zonalar, smenalar, sutkalar, dekadalar, oylar, kvartallar va yillar) hisobga olish nuqtalari va ob’yektlari bo‘yicha energiyadan foydalanishni nazorat qilish;

    • elektr energiyani hisobga olish bo‘yicha ma’lumotlarga qayta ishlov berish va hisobotlarni shakllantirish;

    • ma’lumotlarning to‘liqligini tahlil qilish;

    • ob’yektlarning elektr bog‘lanishlarini va ularning xarkteristikalarini tavsifini olish;

    • hisoblagichlarni tahlil qilish;

    • yagona tizim vaqtini ushlab turish.

    Interfeys o‘zgartirgichlari, multipleksor yoki modem orqali hisoblagichlarda so‘rov o‘tkazilishi bilan ENHAT ni tashkil etish
    RS-485 umumiy shina orqali yoki multipleksorga “tokli halqa” interfeysi (masalan, MPR-16 turdagi) bo‘yicha yoki ma’lumotlarni yig‘ish va tayyorlash qurilmasi (MYTQ) orqali birlashtirilgan hisoblagichlar turli taqsimlash qurilmalarida joylashishi mumkin va so‘rov natijalari faylini shakllantiradigan ko‘chma kompyuterda joylashgan dastur yordamida bir oy davomida bir yoki bir necha martta so‘rov o’tkazilishi mumkin (2.1-rasm).
    Hisoblagichlar va MYTQ orasida doimiy aloqa yo‘q. MYTQ kommunikatsion server rolini bajaradi. Ma’lumotlarni yig‘ish markazi kompyuteri so‘rovga fayl-topshiriqni shakllantiradigan va axborotlarni asosiy ma’lumotlar omboriga (MO) yuklaydigan dasturiy modullar bilan ta’minlangan bo’lishi lozim. Hisoblagichlar vaqtini sinxronlashtirish ko‘chma kompyuter vaqti bilan so‘rov jarayonida amalga oshiriladi. Ko‘chma kompyuter vaqti ma’lumotlarni yig‘ish markazi vaqti bilan hisoblagichlar so‘roviga topshiriqlar fayllarini qabul qilish paytida amalga oshadi. Bu variantda ma’lumotlarni yig‘ish markazi uchun ajratilgan kompyuter bo‘lmasligi mumkin, uning rolini ko‘chma kompyuter bajarishi mumkin.


    Download 197.65 Kb.
      1   2




    Download 197.65 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Enhat tushunchasi va texnik vositalari

    Download 197.65 Kb.