89
bo‗lib, uni amalga oshirish jarayonida barcha xodimlar faoliyatini bir maqsadga
yo‗naltirish, uyushtirish va muvofiqlashtirishdan iboratdir. Bunda iqtisodiy,
texnikaviy va boshqa qonunlardan ongli ravishda foydalaniladi.
Bu faoliyat
marketologlardan nihoyatda katta bilim, shijoat va tuganmas mehnat talab qiluvchi
murakkab tizimdir.
Marketingni boshqarish tizimining tarkibiy qismlari: maqsad va tamoyillari,
vazifalari, tashkiliy tuzilishi,
usullari, boshqarishning texnika va texnologiyasi,
kadrlar va boshqalardan iborat. Marketingni boshqarishning maqsadi tizimning
to‗g‗ri va murakkabligi darajasiga qarab o‗zgaradi.
Uning tashkiliy tuzilishini
mezoni va maqsadi deganda marketingning tarkibiy tuzilishining dinamik
barqarorligi, evolyusiya o‗zgarishlari va tashqi muhit bilan o‗zaro ta‘siri
tushuniladi. Bu maqsad marketing faoliyat ko‗rsatayotgan sohalarda belgilangan
darajadagi foyda olishga yo‗naltirilgan barcha faoliyatni boshqarishdir.
Marketingni boshqarish jarayoni 4 ta bosqichdan iborat:
bozor imkoniyalarini tahlili;
maqsadli bozorni tanlash;
marketing kompleksini ishlab chiqish;
marketing chora-tadbirlarini hayotga tatbiq etish.
Bozor imkoniyatlari tahlilida marketing tadqiqotlari marketing axboroti,
marketing muhiti, bozor tuzilishi, ulgurji va chakana savdo tahlili olib boriladi.
Maqsadli bozor tanlashda esa talab hajmini o‗lchovi,
bozorni segmentlash
jarayonlari ko‗rib o‗tiladi.
Marketing kompleksini ishlab chiqishda esa, tovar ishlab chiqarish,
tovarga
narx o‗rnatish, tovarlarni tarqatish va sotish usullari, kommunikativ siyosati ustida
ishlar olib boriladi.
Keyingi bosqichda marketing chora – tadbirlarini amalga oshirishda strategik
va taktik rejalashtirish, marketing faoliyatini nazorat qilish, korxonaning tashkiliy
tuzilishi kabilar to‗liq yoritib beriladi.