105
Ishlab chiqarish bo‗limi bo‗yicha marketing dasturi quyidagi maqsadlarga
yo‗naltirilgan bo‗ladi:
tovarlar siyosatini hisobga olgan holda chiqarilayotgan mahsulotni zaruriy
nomenklaturasini aniqlash;
innovatsiya bo‗yicha qarorni asoslash;
chiqarilayotgan mahsulot sifati va texnik darajasini oshirish bo‗yicha qaror
qabul qilish;
tovar ishlab chiqarishning tuzilishida har bir mahsulot ulushini o‗rnatish;
ishlab chiqarishni ustuvor yo‗nalishlari bo‗yicha xarajatlarni umumiy hajmi
va ularning tuzilishini hisoblash;
moliyalashtirish manbalarini topish;
ishlab chiqarishni moddiy va mehnat resurslari bilan ta‘minlash;
ishlab chiqarish va muomala xarajatlarini hisoblash;
ishlab chiqarish samaradorligini aniqlash va foydani bashorat qilish.
Ishlab chiqarish bo‗limi bo‗yicha marketing dasturi firmaning to‗liq
ichki
rejalashtirish va ishlab chiqarish rejasini hisobga oluvchi optimallashtirilgan
ko‗rsatkichlarni o‗z ichiga olishi lozim. SHunday qilib, ishlab chiqarish bo‗yicha
marketing dasturi ishlab chiqarish bo‗limining xo‗jalik
faoliyatini jami
ko‗rsatkichlari to‗plamini tahlili asosida ishlab chiqilgan asosiy hujjat hisoblanadi.
Mahsulot bo‗yicha marketing quyidagi maqsadlarga yo‗naltirilgan bo‗ladi:
mahsulotni optimal texnik-iqtisodiy ko‗rsatkichlarini ishlab chiqish;
mahsulotni ishlab chiqish va sotish samaradorligini ko‗p variantli hisob-
kitobini o‗tkazish;
yangi (takomillashgan) tovar ishlab chiqarish rentabelligini
va zarurligini
asoslash;
chiqarilayotgan mahsulot hajmini natural va qiymat birligida belgilash;
iste‘molchilarni maqsadli bozorda ko‗zlagan maqsadlarini hisobga olgan
holda har bir tovar bo‗yicha sifat ko‗rsatkichlarini o‗rnatish;
106
har bir mahsulotni integral baholash (xarajatlar,
narx va foydani
solishtirish);
maqsadli bozorda raqiblarning mavjud o‗xshash tovarlarini hisobga olgan
holda har bir tovar bo‗yicha raqobatbardoshlik darajasini hisoblash.