98
Marketingni operativ rejalashtirishning mezoni bo‗lib qisqa muddatlilik
hisoblanadi. Taktik rejalarda umumiy sotish rejasi, har bir tovar guruhi bo‗yicha
ta‘minot
va sotish rejasi, daromadlar rejasi, xarajatlar rejasi,
foyda rejasi, savdo
uchun zarur jihozlar, asbob-uskunalar bilan ta‘minlanish rejasi,
bozorning hozirgi
holatiga baho berish, korxona imkoniyatlari va xavf-xatarlari ifodalanadi.
5.2- rasm. Marketingni rejalashtirish jarayonining tuzilishi
Taktik rejalarda o‗tgan yildagi ko‗rsatkichlardan, jumladan korxonaning tovar
aylanmasi ko‗rsatkichidan o‗sish, ustunlikka ega bo‗lish mo‗ljallansa, bu o‗sishga
imkon beruvchi vositalar (xususan, sotishni rag‗batlantirish, reklama va boshqalar)
ham keltiriladi. Bozordagi sotiladigan tovarlar xaridori, asosiy segmenti,
iste‘molchilarning
zarurati, raqobatchilar va tovar taqsimoti yo‗llari ko‗rsatib
beriladi.
Ayniqsa korxonani faoliyat davomida kutayotgan xavf-xatarini bilish,
imkoniyatlarini aniqlash muhimdir. Korxona rahbariyati bularni doim diqqat
markazida saqlashi va xavf xatarning salbiy ta‘siri oldini
olish choralarini izlashi
kerak.
Tovarni sotish imkoniyatlarida avvalo korxonaning bozordagi tovari ulushi,
raqobatchilar o‗rtasidagi mavqei hisobga olinadi. Agar korxona tovarining sotilish
hajmi oshayotgan bo‗lsa, bu yoki umumiy iqtisodiy holatning yaxshilanishi
hisobiga (bunda barcha firmalar aylanmasi oshadi) yoki
raqobatchilariga nisbatan
korxona faoliyatining takomillashgani hisobiga bo‗lishi mumkin. Rahbariyat
korxonaning bozordagi ulushi o‗zgarishini muntazam ravishda nazorat qilib borishi
Holat(situasiya)
tahlili
SWOT - tahlil
Taklif
Marketing
maqsadlari va
strategiyalari
Ko'zda
tutilayotgan
natijalarni
baholash
Muqobil
(alternativ) terma
rejalar
Reja - dastur
Baholash, nazorat
qilish
99
kerak. Agar bu ulush oshib borsa, korxonaning raqobat
qobiliyati kuchayganini
bildiradi, va aksincha.
Korxona rahbariyati, menejeri mijozlar munosabatiga, ularning o‗zgaruvchan
ehtiyojiga ehtiyotkorlik bilan qarashi, ularni yo‗qotmaslikka yo‗naltirilgan
tadbirlar ishlab chiqishi va hayotga tatbiq etish yo‗llarini belgilashi kerak. Bu
boradagi axborotlar mijozlarning imkoniyati yoki takliflari orqali fikrlari yoki
maxsus to‗latiladigan so‗rovnomalar yordamida to‗planadi.
Bozor
talabi
asosidagi
joriy
ko‗rsatkichlar
mo‗ljallangan
reja
ko‗rsatkichlaridan
keskin farq qila boshlasa, mo‗ljallangan rejaga tuzatishlar
kiritiladi.