100
Foydani nazorat qilishdan maqsad
firma nima hisobiga daromad
topaetganligini va qaysi o‗rinlarda uni yo‗qotayotganligini aniqlashdan iborat.
Rentabellikni nazorat qilish haqiqiy sotish va ular tendensiyalarini
rejalashtirilgan ko‗rsatkichlari bilan taqqoslashda hisobga olish yo‗li bilan
amalga
oshiriladi.
Foydalilikni nazorat qilish va marketing xarajatlarini tahlil qilish alohida
tovarlar, ularning assortiment guruhlari,
bozor segmentlari, hududlari, savdo
kanallari, reklama vositalari, savdo xodimlari va boshqalar bo‗yicha amalga
oshiriladi.
Strategik nazoratning maqsadi esa haqiqatdan ham firma o‗zidagi marketing
imkoniyatlarining eng yaxshilaridan foydalanayaptimi yoki yo‗qmi shu holat
nazorat qilinadi.
Marketingni strategik nazorati va tahlili korxona ishlab chiqarish-sotish va
ilmiy-texnik faoliyati rivojlanishining asosiy qiyinchiliklari va istiqbolini aniqlash
maqsadida
asosiy vazifalar, strategiyalarini chamalaydi. Marketing taftishi o‗z
ichiga makro va mikro marketing muhitini, marketing xizmatlarini faoliyat yuritish
samaradorligini tahlilini, hamda marketing siyosati, tovar, narx, reklama siyosatini
oladi.
Marketing taktikasi marketing strategiyasidan farq qilgan holda bosh
maqsadda firma mahsulotiga bo‗lgan iste‘molchilar talabini shakllantirish va
qondirish tamoyillarini hamda kon‘yunktura sharoitlarini ifodalaydi. Marketing
taktikasi ma‘lum bir muddatdagi aniq tovar nomenklaturasi bo‗yicha
hamda aniq
bozorda firma maqsadlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bilan bog‗liqdir. U
kon‘yunktura va haqiqiy bozor holati dinamikasini hisobga olish, shuningdek
marketing strategiyasi asosida shakllanadi. Marketing taktikasini vazifasi
korxonada marketing faoliyatini tashkil etishni joriy
vazifalari bilan qisman
bog‗liqdir. Marketing taktikasi firmaning strategik maqsadlariga erishishni oqilona
ta‘minlashda marketingni amalga oshirishni yo‗llari va vositalari, shakl va
usullarini aniqlaydi va tartibga soladi.
101
Marketingni operativ rivojlantirishda qisqa davr uchun reja chora-tadbirlarini
aniqlash yo‗li bilan taktik dasturlarni aniqlashtiradi.
Marketingni strategik, taktik va operativ rejalarini
ishlab chiqish jarayonida
rejalashtirishning turli xil uslublaridan foydalaniladi. Ular bir-biridan muddati
bo‗yicha farq qiladi va uzoq muddatli, o‗rta muddatli va qisqa muddatli bo‗ladi.
Uzoq muddatli marketingni rejalashtirish uslubiga portfel tahlil, morfologik tahlil,
Delfi uslublarini kiritish mumkin.
O‗rta muddatli marketingni rejalashtirish uslublariga tarmoqli rejalashtirish
texnikasi, maqsadli daraxt bo‗yicha
qaror qabul qilish uslubi, morfologik tahlil,
chiziqli dasturlash, moliyaviy-matematik uslublar, evristik uslublar kiradi.
Qisqa muddatli marketingni rejalashtirish uslublariga esa tarmoqli
rejalashtirish texnikasi, chiziqli dasturlash, transport masalalarini optimallashtirish
uslublari, evristik uslublar kiradi. Amaliyotda tarmoqli rejalashtirish, bozor tahlili,
moliyaviy-matematik, chiziqli dasturlash uslublari keng qo‗llaniladi.
Marketing sohasida nazorat qilishni asosiy vazifalari quyidagi 5.3 - rasmda
berilgan.