Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S




Download 3,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/195
Sana10.01.2024
Hajmi3,14 Mb.
#134246
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   195
Bog'liq
1 Ergashxodjaeva Sh J , Qosimova M S , Yusupov M A Marketing

Bob bo„yicha xulosalar 
Strategik rejalashtirish - bu korxonani istiqbolda qurish, korxonaning 
iqtisodiyotida, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‗rni,rolini bilish va yangi 
darajaga erishish yo‗llari, vositalarini ishlab chiqishdir. Strategik rejalashtirishda 
aniq hisoblangan ko‗rsatkichlar bo‗lmaydi, balki turli bashoratlar asosida 
mo‗ljallar, kelgusiga nazar tashlashdan iboratdir. 
Korxonaning taktik rejasi strategik rejasining bir qismi bo‗lib, unga qo‗yilgan 
maqsadlarga erishishning vositalari, usullari aniqlanadi. Taktik rejaolarda umumiy 
sotish rejasi, har bir mol guruhi bo‗yicha ta‘minot va sotish rejasi, daromadlar 
rejasi, xarajatlar rejasi, foyda rejasi, savdo uchun zarur jihozlar, asbob-uskunalar 
bilan ta‘minlanish rejasi, bozorning hozirgi holatiga baho berish, korxona 
imkoniyatlari va xavf-xatarlari ifodalanadi. 
Marketing nazoratining maqsadlari quyidagilardan iborat- 
-maqsadga erishish darajasini belgilash, 
-yaxshilanish imkoniyatini aniqlash, 
-korxona moslashuvchanligini talab qilingan atrof-muhit o‗zgarishlariga 
qanchalik mos kelishini aniqlash, 
Marketingni nazorati uch turi farqlanadi: 
1. Yillik rejani bajarilishini nazorat qilish; 
2. Strategik nazorat 
3. Foydadorlikni nazorat qilish; 
Yillik rejani nazorat qilishdan maqsad mo‗ljallangan natijalarga erishishga 
ishonishdir. Bunda sotish imkoniyatlari tahlili, bozordagi hissa tahlili, marketing 
xarajatlari bilan mahsulot sotish o‗rtasidagi nisbiy tahlillar, mijozlarning 
munosabatini kuzatish kabi nazorat usullaridan keng foydalaniladi. 
Foydadorlikni nazorat qilishni maqsadi firma nima hisobiga daromad 
topaetganligini va qaysi o‗rinlarda yo‗qotaetganligini aniqlashdan iborat. 
Strategik nazoratning maqsadi esa haqiqatdan ham firma o‗zidagi marketing 
imkoniyatlarining eng yaxshilaridan foydalanayaptimi yoki yo‗qmi ekanligi 
aniqlanadi. 


121 
Marketing dasturi (biznes reja) tor ma‘noda korxonaning bozorda aniq 
faoliyat ko‗rsatish tamoyilini ifodalaydi. Marketing dasturi kengroq ma‘noda esa 
korxona imkoniyatlarini bozor talablariga moslashtirishga yo‗naltirilgan tahlil, 
rejalashtirish va nazorat qilish jarayoni deb qaraladi. Marketing dasturlari qisqa 
muddatli(bir yilgacha), o‗rta muddatli (5 yilgacha) va uzoq muddatli (10 yilgacha 
va undan ko‗proq) bo‗ladi. Ular umumiy shaklda yoki korxonaning maxsus 
faoliyatlariga mo‗ljallangan bo‗lishi mumkin. 

Download 3,14 Mb.
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   195




Download 3,14 Mb.
Pdf ko'rish