114
Marketing nazorati uch xil shaklda olib boriladi: strategik, yillik va
rentabellikni tekshirib borishdan iborat. Strategik nazorat - ma‘lum davr
mobaynida korxona marketing faoliyatini har tomonlama taftish qilib, uning
bozordagi haqiqiy holatiga mos kelish-kelmasligini aniqlashdir.
Yillik rejani nazoratda sotish hajmi, bozordagi ulushi, iste‘molchilarning
tovarlarga bo‗lgan munosabati va boshqalar tahlil qilinadi. Korxonaning foyda va
zararlari balansi orqali va foydaning xarajatlariga solishtirish yo‗li bilan uning
rentabelligini nazorat qilinadi.