• MARKETING REJASI 3. Amalga oshirish vositalari 4. Nazorat
  • Maqsadli yondashish – marketing dasturining asosi




    Download 3,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet51/195
    Sana10.01.2024
    Hajmi3,14 Mb.
    #134246
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   195
    Bog'liq
    1 Ergashxodjaeva Sh J , Qosimova M S , Yusupov M A Marketing

    5.5.Maqsadli yondashish – marketing dasturining asosi 
    Marketing dasturlarini ishlab chiqishda maqsadli yondashish uslubiga asosan 
    korxonaning mo‗ljallangan maqsadiga erishish va uni bajarilishini nazorat qilish 
    resurslari va tadbirlari tizimi shakllantiriladi. 
    Quyidagi 5.5 – rasmda marketing rejasini shakllantirish keltirilmoqda.
     
    5.5 - rasm. Marketing rejasini shakllantirish 
    Korxona (firma)ning marketing dasturi (biznes rejasi) tarkibi quyidagichadir: 
    1. Korxonaning imkoniyatlari tahlili(holatli tahlil) 
    2. Maqsadni tanlash 
    1. Tahlil 
    - Korxona maqsadi; 
    - Sohani tanlash; 

    Xaridor 
    (iste‘molchi)ni 
    tanlash; 
    - Tovarni aniqlash
    - Bozor maqsadi; 
    - Iqtisodiy natijalar. 
    - Bozorni aniqlash, tanlash; 
    - Sohangizni aniqlash; 
    - Xaridor (iste‘molchi) ni 
    aniqlash; 
    - Raqobatchini aniqlash; 
    - Tovar tahlili; 
    - Sotuvni tahlil qilish; 
    - Korxona holatini tahlil qilish. 
    - Tovar siyosati; 
    - Narx siyosati; 
    - Taqsimot siyosati; 
    - Sotuv siyosati; 
    - Aloqa siyosati; 
    - Siljitish, etkazish siyosati. 
    - Xizmat ko‗rsatish iyosati; 
    - Korxonaning imkoniyatlari. 
    - Iqtisodiy hisob-kitob; 
    - Korrektirovka vositalari va 
    strategiya varianti 
    MARKETING 
    REJASI 
    3. Amalga oshirish 
    vositalari 
    4. Nazorat 


    107 
    Faoliyati, shart-sharoitlari resurslari, samarali natijaga erishish yo‗nalishlari. 
    Korxonaning ichki va tashqi muhitlarini solishtirish. 
    2. Rivojlanish maqsadlarini aniqlash.(marketing sintezi). 
    Ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanishning ustuvor maqsadlari va bozorda 
    foydaga erishish yo‗llarini aniqlash. 
    3. Strategiyani ishlab chiqish. 
    Korxonaning moddiy, mehnat va moliya resurslaridan samarali foydalanishni 
    ko‗zlagan uzoq muddatli maqsadni aniqlash (bozor segmentlarini, marketing 
    vositasini, bozorga kirish vaqtini va boshqalarni tanlash). 
    4. Rejani ishlab chiqish. 
    Ishlab chiqarish, moliya, baho, kadrlar, reklama, sotish va boshqalarni amalga 
    oshirish xarajatlari va natijalarini rejalashtirish tizimi. 
    5. Nazorat qilish. 
    Strategik nazorat (tanlangan tamoyilni aniq bozor holatiga to‗g‗ri kelish). 
    Yillik nazorat (rejadagi tadbirlar va xarajatlarning bajarilishi), foyda olish darajasi 
    nazorati. 
    Korxonaning imkoniyatlari tahlil qilinganda uning bozordagi shart-sharoitlari 
    (tashqi muhiti) va o‗zining ichki salohiyati turisida batafsil axborotlar to‗plab, aniq 
    xulosa chiqariladi. Buning uchun «Bozorni kompleks tadqiq qilish» va «Holatli 
    tahlil» usullaridan foydalaniladi. 
    Bozorni kompleks tadqiq qilish boshlang‗ich davri bo‗lib, korxona marketing 
    dasturini va rejasini tuzishi uchun manba hisoblanadi. Holatli tahlil, firma 
    faoliyatini o‗ziga xos taftish qilish va atroflicha baholashni o‗z ichiga oladi. 
    Korxonaning rivojlanish maqsadlarini aniqlashda eng avvalo, uning ichki 
    imkoniyatlarini hisobga olib, qaysi sohada sotishning o‗sishi orqalimi yoki bozorda 
    o‗z ulushini ko‗paytirish, obro‗sini ko‗tarish yo‗li bilan erishiladimi kabi 
    savollarga javob izlanadi. Korxonaning rivojlanish maqsadlari marketing 
    tajribasiga ko‗ra, bir necha yo‗nalishlar orqali amalga oshirilishi mumkin: 
    Birinchidan, ekstensiv rivojlanish, ya‘ni egallangan bozorda (bozor 
    segmentida) ishlab chiqarilayotgan tovarni sotish hajmini ko‗paytirish orqali 


    108 
    daromadni oshirish; ikkinchidan, intensiv rivojlanish, bu yo‗l bilan ekstensiv 
    imkoniyatlar tugagach, yangi bozorlarga chiqish yoki segmentlarni kengaytirish 
    yoki bozorga yangi modifikatsiyali tovar taklif etiladi. Uchinchidan, 
    integratsiyalashgan rivojlanish orqali sotish korxonalar bilan hamkorlikda ular 
    resurslaridan foydalanib, daromadni ko‗paytirish, to‗rtinchidan, diversifikatsiya 
    yo‗li bilan, ya‘ni korxona o‗z marketing faoliyati doirasida qo‗shimcha xom-
    ashyoni, 
    tovarni, 
    texnologiyani, 
    iste‘molchilarni 
    o‗zlashtirish 
    orqali 
    raqobatbardoshligini oshirishga va foydani ko‗proq olishga erishadi. 
    Marketing strategiyasi - maqsadga erishish uchun qanday harakat qilish 
    kerak? - degan savolga javob izlaydi. Strategik rejalashtirish korxonaning mahsulot 
    ishlab chiqarish, iste‘molchilar, baho, reklama, sotish va boshqa faoliyatiga asosiy 
    yo‗nalish aniqlaydi, har bir bo‗limi maqsadini belgilaydi va ular ishini 
    muvofiqlashtiradi. 
    Marketing strategiyasi zaminida quyidagi besh talab (prinsip) mavjud, ular 
    korxonalar faoliyatida hisobga olinishi mumkin: 
    1. Bozor bir xil emas, u o‗ziga xos segmentlardan iborat.
    2. Korxona bozorda bir yoki bir nechta segment talablarini nazarda tutishi 
    mumkin. Ammo har doim tanlangan bozor segmentlarini o‗ziga jalb etishda, 
    ko‗proq muvaffaqiyat qozonishni o‗ylash lozim. 
    3. Firma bozorda mustaqil yoki boshqa korxonalar bilan hamkorlikda faoliyat 
    ko‗rsatishi mumkin. 
    4. Marketing vositasini tanlashda, ko‗proq bir-biriga mos va o‗zaro vazifalari 
    bilan bir-birini to‗lg‗izib turuvchilarni ishga solishni ko‗zda tutish kerak. Masalan, 
    tovar upakovka(o‗rama)si bilan narx, tovar harakati bilan sotish joyini, 
    iste‘molchilar bilan aloqalarni reklamaga qo‗shib ishlatilishi tavsiya etiladi. 
    5. Korxonaning bozorga chiqishida iqtisodiy holatni har tomonlama hisobga 
    olish talab etiladi. Masalan, umumiy va savdo kon‘yukturasining holatini, 
    raqobatchilar bilan tutgan o‗rni va boshqalar. 


    109 
    Marketing strategiyasini ishlab chiqishda eng muhim muammo, korxonani 
    foyda olishga yo‗naltirish hisoblanadi. Uning echimini topishda jahon tajribasida 
    quyidagi yondashishlar mavjud. 

    Download 3,14 Mb.
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   195




    Download 3,14 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maqsadli yondashish – marketing dasturining asosi

    Download 3,14 Mb.
    Pdf ko'rish