125
Bozor sig‗imi yuzaga kelgan narx darajasida ma‘lum davr mobaynida
bozorda sotilishi mumkin bo‗lgan tovar va xizmatlarning umumiy hajmini
ifodalaydi hamda u quyidagicha aniqlanadi:
B
s
= T + I – E
Bunda,
B
s
- bozor sig‗imi;
T – bozorga taklif qilingan tovarlar yoki xizmatlarning umumiy hajmi;
I – import hajmi;
E – eksport hajmi.
Ichki bozor sig‗imini hisoblashda boshqa bir qancha omillar ham hisobga
olinadi, ya‘ni to‗lov qobiliyatiga ega bo‗lgan talab, yil
boshidagi tovar zahiralari
qoldig‗i, tovarlar bozorining to‗yinganligi, o‗rtacha kishi boshiga to‗g‗ri keladigan
iste‘mol hajmi, korxonalar ehtiyojlari.
6.2. Bozor kon‟yunkturasi haqida tushuncha
Kon‘yunkturani o‗rganish marketing xizmatini ajralmas qismini tashkil etadi.
Bizning mamlakatimizda kon‘yunkturani o‗rganish 20 yillarda tashkil etildi.
«Kon‘yunktura» lotincha so‗z bo‗lib, holat degan ma‘noni anglatadi, u keng
ma‘noda ularning o‗zaro aloqasidan olingan shartlarning yig‗indisi, o‗tar sharoit,
predmetlarining joylashishidir.
Bozor kon‘yunkturasi – bu ma‘lum bir vaqtda, ma‘lum bir hududda talab
bilan taklif o‗rtasidagi nisbatdir.
Marketing sharoitini va
bozorni tekshirish iqtisodiy, demografik, ijtimoiy,
tabiiy, siyosiy va boshqa shart-sharoitlarni tahlil va bashoratni taxmin qiladi.
Hozirgi kunda deyarli hamma yirik firmalar xususiy kon‘yunktura xizmatlariga
egadirlar, ular o‗zining faoliyat doirasida jahon va milliy masshtabda
kon‘yunkturani rivojlanishini kuzatishadi. Iqtisodiy kon‘yunktura
bu omillar va
126
qayta ishlash sharoitlarining rivojlanishi va o‗zaro aloqadorlikda talab, taklif, narx
omillari asosida bozordagi bir ko‗rinishdir. Bu ko‗rsatilgan aniqlik o‗z ichida
kon‘yunktura tushunchasining barcha amaliy sifatlarini o‗zida mujassamlashtiradi.
Birinchidan, unda iqtisodiy kon‘yunktura predmeti ko‗rsatilgan, ya‘ni bozor,
ayirboshlash sohasidagi kon‘yunkturani avval olib borilayotgan ishlar bilan
bog‗laydi.
Ikkinchidan, kon‘yunkturani faqat ayirboshlash sohasidagini emas, balki
butun
ishlab chiqarish jarayonini, ya‘ni (ishlab chiqarish, taqsimlash, muomala,
iste‘mol, bular ayirboshlash prizmasi orqali aniqlanadi) o‗z ichiga qamrab oladi.
Uchinchidan, kon‘yunktura dinamik o‗sish davrlarida ko‗riladi.
To‗rtinchidan, kon‘yunktura ishlab chiqarish jarayoni aniq tarixiy sharoitlari
bilan bog‗liq, har bir ishlash jarayonining yangi bosqichi uchun omillarning va
kon‘yunkturani rivojlanishining sharoitlarining mosligi o‗ziga xosdir.
Beshinchidan, uning ko‗rinishining asosiy shakli talab, taklif,
va narx
dinamikasining nisbatidir. Bir so‗z bilan aytganda, ayni shu omillar bozorning
holatini va dinamikasini aniqlashda markaziy bo‗g‗in bo‗lib hisoblanadi.
Kon‘yunktura tadqiqotining ikkita ob‘ektiga ko‗ra - ya‘ni iqtisodiy kon‘yunktura
tushunchasidagi xo‗jalik va tovar bozori, ikki mustaqil tarkibiy qismga ajratiladi.
1) umumxo‗jalik kon‘yunkturasi
2) tovar bozori kon‘yunkturasi.
Umumxo‗jalik kon‘yunkturani strukturaviy birlik deb, shunga qaramasdan
tovar bozorlarining va ko‗plab o‗zaro munosabatlar kon‘yunkturasini yig‗indisi
deb qarash mumkin. Tovar kon‘yunkturasi umumxo‗jalik kon‘yunkturasini tashkil
etadi, umumxo‗jalik kon‘yunkturasi esa tovar bozorlari kon‘yunkturasini
keltirib
chiqarida. SHuning uchun ham umumxo‗jalik kon‘yunkturani uni tashkil etuvchi
tovar kon‘yunkturalarini xususiyatlarining arifmetik summasi deb hisoblab
bo‗lmaydi. Tovar bozorlari kon‘yunkturasini umumxo‗jalik kon‘yunkturasini
elementi sifatida birlashuvi, bir butun kabi tovar kon‘yunkturasini tashkil
etuvchilarga mavjud bo‗lmagan yangi sifatni beradi.
SHunday qilib, uning butun
qismi va bo‗g‗inlarining belgilari o‗zaro ta‘sirchanligi va o‗zaro aloqadorligi
127
shakllarining fe‘l - atvorini, umumxo‗jalik va tovar kon‘yunkturasini rivojlanishni
aniqlaydi.
Bozorni va avvalo butun bozorni kon‘yunkturasini kompleks izlanishlar
ishbilarmonlar doirasining fikriga ko‗ra, ishbilarmonlarga ularning xo‗jalik
qarorlarini qabul qilishda xatoga yo‗l kuymasligi uchun tavakkalchilikni
pasaytirishda qurol hisoblanadi. Iqtisodiy kon‘yunkturani izlash,
faqatgina
ayirboshlash sohasini rivojlanishi va uning qayta ishlab chiqarish jarayonining
boshqa bosqichlari bilan o‗zaro aloqadorligining umumiy qonunchiligini o‗rganish
bilan chegaralanib qolmaydi. U, u yoki bu tovar bozorda vujudga keladigan
asoslangan tahlil va bashorat qilishni amalga oshirishga qaratilgan.
Tovar bozori o‗zida, birinchidan, ma‘lum bir tovarni ishlab chiqaruvchilar va
iste‘molchilar o‗rtasida, ikkinchidan, ishlab chiqaruvchilar guruhi va iste‘molchilar
guruhi o‗rtasida iqtisodiyotchilar aloqalarining tizimini o‗zida aks ettiradi.
Aloqalarning asosiy ko‗rinishi 1-turi bu oldi-sotdi jarayoni, 2-si esa raqobatdir.
Tovar bozorlari tarmoqlararo raqobatning mexanizmi orqali o‗zaro ta‘sirga egadir
va u milliy bozorni butunlay shakllantiradi. Bozor munosabatlarning tarixiy
rivojlanishi davomida milliy chegara doirasidan chetga chiqmaydi va xalqaro tovar
bozorlari shakllanadi.