131
aniqlash uchun muhimdir. Hozirgi vaqtda zamonaviy ilm-fanda bashorat qilishning
100 dan ortiq turli uslublari qo‗llaniladi. Ular bir-birlaridan qo‗llanmalari bilan,
ularni qo‗llash va asoslanganliklari bilan farq qiladi. Ularning orasida ekspert
baholash uslubi,
miya hujumi, tarixiy analog, matematik - statistik uslublarni
qo‗llash bilan farq qiladi.
Kon‘yunkturani bashorat qilishda kon‘yunktura
rivojlanishi umumiy
tendensiya baholaridan boshlash kerak. Buning uchun esa kelajak kon‘yunkturani
zamonaviy kon‘yunkturadan ajratish uchun hamma narsani e‘tiborga olishi kerak.
Bu maqsad uchun esa uzoq davr uchun xizmat qiladi.Kon‘yunktura
rivojlanishidagi ichki omillar bilan bir qatorda yana shu mamlakatning
iqtisodiyotiga jahon kon‘yunkturasini ta‘sir etishini ham kuzatish kerak,
chunki u
ba‘zi mamlakatlar uchun kon‘yunktura sinish paytida katta ahamiyatga ega bo‗lishi
mumkin. Agar mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalari qancha kuchli bo‗lsa,
shunchalik unga bo‗lgan ta‘sir ortadi.