134
Kon‘yunktura tahlili o‗z ichiga ishlab chiqarish va iste‘molning hajmi, tarkibi,
bir tovarning boshqasining o‗rnini
egalay olish imkoniyati, tovar zahiralari,
narxning o‗zgarishi,
reklama xizmati, bozor ishtirokchilarining o‗rganishni oladi.
Bozor konyu‘nkturasini muntazam ravishda o‗rganib borish savdo faoliyatini
muvaffaqiyatli yakuniga imkon beradi. Har davrda bozor kon‘yukturasi qaysi tovar
chiqarishni ko‗paytirish, qaysi tovarga talabning
kamayishi haqida aniq
ma‘lumotlar beradi. Bu ma‘lumotlar ishlab chiqrish uchun ham savo firmasi uchun
ham zarurdir.
Bashorat qilish bu - ob‘ektning kelajagini tahlil qilish va bu kelajakni qanday
bo‗lishini ko‗ra bilishdir. Ijtimoiy - iqtisodiy jarayonlarning bashorat imkoniyatlari
eng avval sabab va hodisa bog‗lanishlarining tabiat xarakterlari orqali aniqlanadi.
Oldindan aytib berish, bashorat qilish faqat umumiy xossalar va qonuniylikka ega
bo‗lgan sabab va xulosalar aniq bo‗lgan jarayonlarga bog‗liqdir.
Oldindan ko‗ra bilish:
-qisqa muddatli 1-1,5-2 yilgacha;
-o‗rta muddatli 2-5 yilgacha;
-uzoq muddatli 5 yil va undan ortiq turlarga bo‗linadi.
Bozor kon‘yunkturasini bashorat qilish uslublariga quyidagilar kiradi:
faktografik uslublar,
ekspert uslublar, ekstropolyasiya uslubi,
ekonometrik
modellar.