150
Tovarni bozorda pozitsiyalashtirishni to‗g‗ri tashkil etilishi marketing rejasi
va kompleksini samarali ishlab chiqarish shart-sharoiti bo‗lib hisoblanadi.
Pozitsiyalashtirish differensiatsiya strategiyasini
amalga oshirish vositasi
bo‗lib hisoblanadi. D.Traut va E.Raislar tomonidan 1979 yilda pozitsiyalashtirish
konsepsiyasi taklif etilgan. Aniq pozitsiyalashtirish uchun firma pozitsiyalashtirish
belgisini o‗rnatish kerak.
Pozitsiyalashtirish belgisi – xarid motivatsiyasi manbasi yoki asosiy tovarning
iste‘molchi nuqtai nazaridan foydaliligidir.
Raqobatchiga nisbatan tovar pozitsiyalashtirish belgisi ikkita usuldan biri
bo‗lishi mumkin:
1) raqobatchiga o‗xshash – bu holatda firma bozordagi
raqobatchini siqib
chiqarish vazifasini hal qiladi.
2) Noyob.
Birinchi strategiyada quyidagi uch xil sharoitdan bittasini qo‗llab –
quvvatlash maqsadga muvofiq:
- Firma raqobatchi tovaridan ustun tovarlarni yaratish mumkin;
- Bozor bir necha raqobatchilarni yig‗dirish holatidadir;
- Firma pozitsiyalashtirayotgan tovar bo‗yicha resurs va imijga ega bo‗ladi.
Ikkinchi strategiya esa:
-firma noyob tovarlarni ishlab chiqarish uchun moliyaviy va texnik
imkoniyatga ega bo‗ladi;
-noyob tovarning potensial iste‘molchilarining etarli soni mavjud bo‗ladi.