155
Bu qonunda raqobat quyidagicha ta‘riflangan.
Raqobat – xo‗jalik yurituvchi
sub‘ektlarning (raqobatchilarning) musobaqalashuvi bo‗lib, bunda ularning
mustaqil harakatlari ulardan har birining tovar yoki moliya bozoridagi tovar
muomalasining umumiy shart-sharoitlariga bir tomonlama tartibda ta‘sir ko‗rsatish
imkoniyatini istisno etadi yoki cheklaydi.
Mamlakatimizda qabul qilingan ―Raqobat to‗g‗risida‖gi
qonun ayni shu
jihatdan muhim ahamiyatga molik hujjatdir. Qonunning asosiy maqsadi tovar va
moliya bozorlaridagi raqobatga doir munosabatlarni tartibga solishdan iborat
15
.
Qonunning mazmun-mohiyati shu bilan izohlanadiki,
unda tovar va moliya
bozorlaridagi xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarning raqobatga qarshi harakatlarini,
insofsiz raqobatni cheklashga hamda davlat boshqaruvi organlari,
mahalliy davlat
hokimiyati organlarining g‗ayriqonuniy harakatlariga yo‗l qo‗ymaslikka qaratilgan
raqobatga doir davlat siyosatini amalga oshiruvchi vakolatli organ belgilangan.
Qonunda raqobatga qarshi harakatlarni taqiqlashning huquqiy normalari
belgilangan bo‗lib, bunda xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarning ustun mavqeini
suiste‘mol qilish, raqobatni cheklaydigan kelishib olingan harakatlari va bitimlarini
tuzish,
shuningdek, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati
organlarining hujjatlari (harakatlari) hamda insofsiz raqobat taqiqlangan.