• Moliya bozori
  • Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S




    Download 3,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet75/195
    Sana10.01.2024
    Hajmi3,14 Mb.
    #134246
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   195
    Bog'liq
    1 Ergashxodjaeva Sh J , Qosimova M S , Yusupov M A Marketing

    Tovar bozori — tovarning (shu jumladan bir-birining o‗rnini bosadigan 
    tovarning) O‗zbekiston Respublikasi hududidagi yoki uning bir qismidagi 
    muomala doirasi bo‗lib, u O‗zbekiston Respublikasining ma‘muriy-hududiy 
    bo‗linishiga mos kelmasligi mumkin va mazkur muomala doirasi chegaralarida 
    tovarni olish yoki realizatsiya qilish imkoniyati mavjud bo‗ladi. 
    Moliya bozori banklar hamda boshqa kredit, sug‗urta va o‗zga moliya 
    tashkilotlari tomonidan ko‗rsatiladigan moliyaviy xizmatning, shuningdek 
    qimmatli qog‗ozlar bozori professional ishtirokchilari xizmatlarining O‗zbekiston 
    Respublikasi hududidagi yoki uning bir qismidagi muomala doirasi bo‗lib, u 
    O‗zbekiston Respublikasining ma‘muriy-hududiy bo‗linishiga mos kelmasligi 
    15
    O‗zbekiston Respublikasining ―Raqobat to‗g‗risidagi‖ Qonuni. 


    156 
    mumkin va mazkur muomala doirasi chegaralarida bunday xizmatni ko‗rsatish 
    imkoniyati mavjud bo‗ladi. 
    Mazkur qonunning maqsadi tovar va moliya bozorlaridagi raqobat 
    sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat bo‗lib, hozirgi vaqtda mulk turi 
    har-xil bo‗lgan, lekin ishlab chiqarayotgan mahsuloti bir xil bo‗lgan korxonalar 
    (firmalar) o‗rtasidagi musobaqani qonuniylashtirish va insofsiz raqobatni 
    cheklashdan iborat.
    Ushbu qonunning qoidalari tabiiy monopoliyalar sub‘ektlariga nisbatan bu 
    qoidalarning qo‗llanilishi mazkur sub‘ektlarning o‗ziga xos vazifalari bajarilishini 
    cheklab qo‗ymaydigan holatlarda tadbiq etiladi.
    Raqobat umumijtimoiy kategoriya bo‗lib, ijtimoiy jarayonlar qatnashchilari 
    o‗rtasidagi yaxshiroq yashash sharoiti uchun bo‗ladigan kurashni anglatadi. U 
    kishilik jamiyati hayotining hamma jabhalariga xos bo‗lib, odamlar o‗rtasidagi o‗z 
    imkoniyatlaridan to‗laroq foydalanish, ayrim sohalarda o‗z ustunliklarini namoyon 
    qilish, farovonroq hayot kechirish, jamoa o‗rtasida obro‗liroq bo‗lish uchun 
    bo‗lgan qurashni aks ettiradi. Kishilarning iqtisodiy faoliyati boshqa 
    faoliyatlarning asosini tashkil qilgani uchun kishilik jamiyati hayotida iqtisodiy 
    sohadagi raqobat muhim rol o‗ynaydi. Iqtisodiy sohadagi raqobat ishlab chiqarish 
    munosabatlarining sub‘ektlari (ishlab chiqaruvchilar, iste‘molchilar, tadbirkorlar, 
    yollanma ishchilar va hokazolar) o‗rtasida qulayroq ishlab chiqarish sharoiti 
    (arzon ishlab chiqarish resurslari va ishchi kuchi)ga ega bo‗lish unumliroq 
    texnologiya, ish joyi, yaxshi bozorni qo‗lga olish, umuman, yuqori daromad olish 
    imkoniyati uchun olib boriladigan kurashdan iborat. 
    Iqtisoddagi raqobat ko‗p qirrali hodisa bo‗lib, yaxshi daromad ko‗rish, o‗z 
    qobiliyatini to‗laroq ishga solish, o‗zi mashg‗ul ishni rivojlantirish, o‗z sohasida 
    imijga ega bo‗lish uchun kurashni bildiradi. 
    Bozor raqobatini yuzaga keltiruvchi bir necha omillar ta‘sirini ko‗rsatish 
    zarur. Bu omillarni 3 ta guruhga ajratish mumkin(8.1-rasm): 

    iste‘molchilar doirasining cheklanganligi; 

    resurslarning cheklanganligi; 


    157 

    mahsulotlarni siljitishdagi cheklanganlik. 

    Download 3,14 Mb.
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   195




    Download 3,14 Mb.
    Pdf ko'rish