152
Geografik tamoyil orqali bozorni joylashuvi, aholining soni va zichligi, tijorat
faoliyatining tuzilishi, hududni rivojlani dinamikasi, inflyasiya darajasi, huquqiy
cheklashlar hisobga olinadi.
Psixografik tamoyil natijasida hayot tarzi, shaxsning tipi, jamoat holati kabi
hisobga olinib, turmush tarzi shaxsning o‗z faoliyatida, qiziqishlarida, kat‘iyatida
va e‘tiqodlarida o‗z aksini topadi. SHaxsning turi esa hayotdan mamnun,
melanholik, o‗zgalardek ish kuruvchi, o‗zbilarmon va boshqa hislatlarda bo‗lishi
mumkin.
Demografik tamoyillarda oilani soni va sifat tarkibi, oilaning hayotiylik sikli
bosqichi, daromadlilik darajasi, mashg‗ulot turi, ma‘lumoti, millati kabilar
inobatga olinadi hamda bozor segmentasiyasining asosiy tamoyillaridan biri
hisoblanadi.
Xulq-atvor tamoyili orqali xarid qilishga yo‗l, foydalanuvchi maqomi,
iste‘mol jadalligi, bog‗lanib qolish darajasi, tovar haqida ma‘lumot berish, tovarga
bo‗lgan munosabati hisobga olinadi.