143
Makrosegmentlash bozorlarni hududlar, mamlakatlar bo‗yicha
ularning
sanoatlashuviga qarab bo‗lishni ko‗zda tutadi.
Mikrosegmentlash esa, bir mamlakat iste‘molchilarini yanada batafsilroq
mezonlar bo‗yicha guruhlarga bo‗ladi.
Ichkarida segmentlashda segmentlash jarayoni keng iste‘molchi
guruhlari
bilan
boshlab,
keyin
tovar
yoki
xizmatlarni
oxirgi
iste‘molchilari
klassifikatsiyasiga bog‗liqligiga qarab bosqichma-bosqich chuqurlashadi.
Chuqurda segmentlash tor iste‘molchi guruhlari (segmentlari) bilan boshlanib,
keyin tovarni ishlatish va qo‗llanish sohasidan bog‗liqligiga qarab kengaytirishni
nazarda tutadi.
Avvaldan segmentlash maksimal bozor segmentini o‗rganishga mo‗ljallangan
marketing tadqiqotining boshlang‗ich bosqichidir.
Yakuniy segmentlash – bozor muhiti sharoitlari va firmaning o‗z
imkoniyatlarini tartibga solib o‗tkazishdagi bozor tahlilini yakunlovchi bosqichidir.
U iste‘molchilar talabiga va firma imkoniyatiga
javob beruvchi segmentga
tovarlarni pozitsiyalashtirish maqsadida bozorni optimal segmentini qidirish bilan
bog‗liq.
Iste‘molchilar turiga ko‗ra, iste‘mol talabdagi tovarlari iste‘molchilarni
segmentlash va ishlab chiqarish, texnik maqsadidagi tovar iste‘molchilari bo‗yicha
farq qiladi.
Tegishli mahsulot ishlab chiqaruvchilar nazarga
ilmagan segment bozor
darchasi deb ataladi. Bozor darchasi xech ham mahsulot tanqisligini bildirmaydi.
Bozor uyachasi shunday bozor segmentiki, uning uchun ushbu firma tovarlari
va ularni etkazib berish imkoniyatlari eng qulay va munosibdir.