Iqtisodiyotda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish jarayonini tahlil qilish Reja




Download 21,22 Kb.
Sana29.05.2024
Hajmi21,22 Kb.
#257156
Bog'liq
Abdullayeva Shoxida IQTsodiyot


Iqtisodiyotda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish jarayonini tahlil qilish
Reja:

  1. Raqamli iqtisodiyot afzalliklari

  2. Raqamli iqtisodiyot rivojlanishida AKT ning o'rni

  3. Moliya tizimidagi raqamli transformatsiya

  4. Moliya tizimida raqamlashtirishning ahamiyati

  5. Iqtisodiyotda AKT fa'nini ta'rifi mohiyati va o'qitish maqsadi

Albatta, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi, zamonaviy texnologiyalarning hayotimizga tadbiq etilishi har bir inson hayotida ko'plab ijobiy imkoniyatlar berishi mumkin. Raqamli texnologiyalar rivojlanishi ortidan inson, unga kerakli xizmatdan tezroq foydalanishi, internet orqali o'ziga kerakli mahsulotlarni arzon sotib olish bilan ko'plab pul mablag'larini tejashi mumkin. Masalan biron bir kitobning elektron ko'rinishda sotib olish Sizga, shu kitobni chop etilgan ko'rinishini sotib olish ancha arzonga tushishi mumkin. Yoki bo'lmasa oddiy iste'molchi o'zi ham tadbirkor bo'lishi, uyidan chiqmagan holda onlayn savdo-sotiq bilan shug'ullanishi mumkin. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishini boshqa afzalliklari quyidagicha bo'lishi mumkin:

  • ishlab chiqarishda mehnat samadorligini oshishi;

  • kompaniyalarning raqobatbardoshligini o'sishi;

  • ishlab chiqarishdagi harajatlarning kamayishi;

  • yangi ish o'rinlari yaratilinishi;

  • yangi zamonaviy kasblar paydo bo'lishi;

  • kambag'allikni yengish va ijtimoiy tengisizlikni yuqolishi.

Bular raqamli iqtisodiyotning bor yo'gi bir nechta afzalliklari holos. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi bizning kundalik hayotimizga ijobiy ta'sir qiladi, oddiy foydalanuvchiga ko'plab qo'shimcha imkoniyatlar beradi va qolaversa, bozorni o'sishi va rivojlanishini ta'minlab berishi mumkin.
Kiber hujum xavfi, shaxsiy ma'lumotlar himoyasi bilan bog'liq muommolar; "raqamli qullik" (millionlab insonlar ma'lumotlaridan keyinchalik ularni o'zlarini tutishini boshqarish uchun foydalanish); ishsizlikni oshishi, axborot texnoloiyalarini rivojlanishi va uni tadbiq qilinishi ortidan bir qancha sohalar va kasblar yo'q bo'lib ketishi mumkin.
So'nggi yillarda iqtisodiyotni rivojlantirishda ilg'or texnologiyalar va innovatsiyalaming ahamiyati oshib bormoqda. Eng yangi texnologiyalar ishlab chiqarish va biznes jarayonlarining samaradorligini oshirishi mumkin. Eng yangi texnologiyalar inson faoliyatining barcha yangi sohalari va sohalariga kirib borishi bilan an'anaviy yondashuvlar va ish uslublari o'zgaradi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) paydo bo'lishi va tarqalishi global iqtisodiyotga shu qadar ta'sir ko'rsatdiki, yangi bir hodisa - raqamli iqtisodiyot paydo bo'ldi. Аqilli texnologiyalari ta'siri ostida odamlaming turmush tarzi o'zgara boshladi, foydalanuvchilar o'rtasidagi aloqalar o'zgardi - turli jug'rofiy mintaqalar, faoliyat sohalari va boshqalardagi odamlar o'rtasida aloqa o'rnatish imkoniyati paydo bo'ldi. Bu raqamli iqtisodiyotning asosi bo'lgan axborot aloqalarining jadal o'sishi. Raqamli texnologiyalarning ta'siri global miqyosda ham, mahalliy darajada ham seziladi. Raqamli iqtisodiyot yangi ishlab chiqarishlaming kombinatsiyasi sifatida global iqtisodiyotning tez o'sib borayotgan qismidir. Yangi texnologiyalar yaxshi tashkil etilgan xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining ba'zi jihatlariga o'zgartiruvchi ta'sir ko'rsatadi, bu asosan ishlaydigan mexanizmlarni - aloqa vositalarini yoki sanoat mashinalarini raqamli yoki raqamli mexanizmlarga almashtirish, shuningdek ulami yanada modemizatsiya qilishdan iborat. Raqamli iqtisodiyotning o'sishi raqamli va mobil texnologiyalar bilan bevosita bog'liq bo'lgan bir qator bozorlaming o'sishi bilan bog'liq. Texnologiyalar rivojlanishining hozirgi bosqichida va bozorlaming hozirgi holati sharoitida raqamli iqtisodiyotni maqsad sifatida emas, balki iqtisodiy faoliyat samaradorligini oshirish vositasi sifatida ko'rib chiqish kerak. Zamonaviy raqamli iqtisodiyot yangi biznes modellarini taklif qiladi va boshqaruv mexanizmlarini o'zgaruvchan voqelikni aks ettirish uchun o'zgartirish zarurligini ta'kidlaydi. Yaqin yillarda O'zbekiston iqtisodiyoti tub o'zgarishlarga uchradi. Iqtisodiyot ochiq, jadal, innovatsion rivojlanishga aylandi. Biroq, tan olish kerakki, jahon iqtisodiyotining globallashuvi va texnologik taraqqiyot sharoitida O'zbekistonning keyingi iqtisodiy rivojlanishini raqamli iqtisodiyotni rivojlantirmasdan tasavvur qilish qiyin. Afsuski, Respublikada bu sohada ikkita katta muammo mavjud: telekommunikatsiya infratuzilmasi va mutaxassislarning yetishmasligi. Bu Respublikamiz iqtisodiyotining raqamli aylanishiga jiddiy to'sqinlik qilishi va natijada raqamli iqtisodiyot sohasidagi sustlashishi mumkin.

  • Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun qo'shimcha shart-sharoitlami yaratish, shuningdek, 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida» 2018 yil 3 iyuldagi PQ - 3832-sonli Farmoni.

  • O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida raqamli infratuzilmani yanada modemizatsiya qilish chora-tadbirlari to'g'risida» 2018 yil 21 noyabrdagi PQ - 4022-son qarori.

  • O’zbekiston O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.03.03 yildagi PQ-3832- sonli «O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish choratadbirlari to'g'risida» hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda amaliy ko'nikmalarga ega bo'lgan blokcheyn texnologiyalarini ishlab chiqish va ulardan foydalanishda malakali kadrlar tayyorlash yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasining maqsadlariga muvofiq quyidagilar qabul qilindi:

  • An'anaviy iqtisodiyotni raqamli iqtisodiyotga aylantirishda muvaffaqiyatga erishish uchun malakali kadrlar tayyorlashsiz muammoli ekanligi ma'lum bo'ldi. Shuning uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan Sh.M. Mirziyoyevning 2018 yil 3 iyuldagi PQ-3832-sonli Qarori asosida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bakalavrlarni tayyorlash uchun raqamli iqtisodiyot fakulteti ochildi va Samarqand davlat universiteti iqtisodiyot va biznes fakulteti negizida raqamli iqtisodiyot sohasida malakali kadrlar tayyorlash bo'yicha magistratura ochildi.

Raqamli iqtisodiyot - dunyo iqtisodiyotida yangi yo'nalish. Iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar bu yo'nalishda sezilarli yutuqlarga erishgan bo'lsa, boshqalari bu yo'nalishda ilgarilab borishmoqda. Shu sababli, o’z iqtisodiyotlarini raqamli iqtisodiyotga aylantirishga kirishgan deyarli barcha mamlakatlar bir xil muammoga duch kelmoqdalar - raqamli iqtisodiyotda milliy tillarda malakali kadrlar tayyorlash uchun zarur bo'lgan o'quv va ilmiy adabiyotlarning etishmasligi. Raqamli iqtisodiyot bo'yicha xorijiy ma'lumot manbalari va nazariy o'quv va ilmiy materiallarga asoslangan ushbu darslik mualliflari bu bo'shliqni biroz to'ldirishga harakat qilishdi. Xulosa o’rinida aytish mumkinki, Raqamli iqtisodiyotni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (АKT) va Global Internet tarmog'isiz tasavvur qilib bo’lmaydi. "Raqamli iqtisodiyot", АKT va Internet tushunchalari bir-biri bilan uzviy bog'liqdir. Iqtisodiyotdagi raqamli texnologiyalarni imkon yaratadigan axborot texnologiyalari sifatida talqin qilish mumkin.Hozrgi zamondagi iqtisodiy vaziyatda kelib chiqib elektron biznes tuzilmalari ishini optimallashtirish bu yanada raqamli iqtisodiyotda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan uchta asosiy elementga bo‘linadi: 1.Infratuzilma elementlari ya’ni uskunalar va dasturlar; 2.Telekommunikatsiya qurilmalari va boshqalar, qolaversa elektron biznesning yo‘nalishi, 3.Tijorat ya’ni onlayn tovar savdosiii Bugungi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining katta qismi raqamli vositalar hisoblanadi. Bunga misol qilib olishimiz mumkin ya’ni iqtisodiyot infratuzilmasi. Iqtisodiyotda mehnatning raqamli shakllarini joriy etish ham mamlakatlar, yirik firmalar va har bir inson uchun ham yaxshigina foyda keltiradi. Ko‘rishimiz mumkinki bunda: ishlab chiqarish, tovar mahsulotlari va xizmatlarini taqsimlash, ayirboshlash, ulardan foydalanishlarni. Raqamli texnologiyalardan keng foydalanish so‘nggi o‘n yilliklarda barcha sanoat sohalarida va ishlab chiqarishda va xizmat ko‘rsatishda jadallik bilan davom etmoqda. Bir holatni inobatga olish kerakki, avvallari bu o‘z-o‘zidan va nazoratsiz holatda bo‘lgan, ammo bugungi kunga kelib yirik kompaniyalar va korparatsiyalar qolaversa davlatlar ham bu masalaga aniq tizimli yondashuv zarurligini anglab yetdi va unga asoslangan o‘zlarining bma’lum tizimlarini joriy qilib kelishmoqda. Raqamlashtirishning strategik rejasini ishlab chiqish va keyinchalik amalga oshirish hozirda iqtisodiyotning deyarli barcha sohalarida deyarli barcha yirik firmalar uchun ustuvor ahamiyatga ega. Bugungi kunda raqamli iqtisodiyotni asosiy texnologiyalari bular:bulutli texnologiya, taqsimlangan hisoblash texnologiyasi, katta ma'lumotli texnologiyalar tashkil etib kelmoqda. Biroq, eng muhim texnologiyani raqamli platforma deb hisoblash mumkin. Raqamli platforma bu ko‘p sonli bozor vakillarining o‘zaro munosabatlari tizimi sifatida ma'lum bir algoritm bo‘yicha va ularni maxsus axborot muhiti orqali birlashtirish tushuniladi.iv Shunday qilib, raqamli texnologiyalar to‘plamidan keng miqiyosda foydalanish va ularni ma’lum darjada o‘zgartirish orqali tranzaksiya xarajatlarini kamaytirishga olib kelishi mumkin.Muayyan raqamli platforma har qanday yirik iqtisodiy sohaga asoslanib, shart-sharoitlarni ta'minlaydi.Mehnat taqsimoti shartlari sotuvchilar va xaridorlar o‘rtasida ma'lumot almashish uchun. Masalan: Platformaslar quyidagilarni ta'minlaydi, taksi ishchilari va ularning yo‘lovchilari o‘rtasidagi aloqani.qolaversa yana bir qancha platformalar ham, avtomobil egalari va avtomobil ijaraga olmoqchi bo‘lganlar o‘rtasidagi munosabatlarni aks ettirishda yaqqol namoyon bo‘ladi.v Platforma - bu boshqa barcha kerakli texnologiyalarni o‘z ichiga jamlahan dasturlar yig‘indisi bo‘lib, katta hajmli ma’lumotlarga va turli xizmatlarga kirish imkoniyatini beradi Raqamli iqtisodiyot elektron dasturlar sanoati tomonidan kashf qilingan innovatsion texnologiyalarga asoslangan hisoblanadi. Buni biz ikki element bilan ifodalashimiz mumkin. Birinchidan, bu elektron sanoat, kichik hajmdagi chiplar ishlab chiqarish,kompyuterlar va telekommunikatsiya qurilmalari va maishiy elektronikani o‘z ichiga olsa, ikkinchidan esa bu kompaniyalarning raqamli texnologiyalari sohasida xizmatlar ko‘rsatadigan va raqamli ishlab chiqarish hamda ularni saqlash vositalaridan foydalanishva ma'lumotlarni boshqarishdan iborat hisoblanadi. Raqamli sektorni rivojlantirishda milliy iqtisodiyot uchun muhim ahamiyatga ega bir qancha davlatlar tomonidan hozrgi kunda keng ko‘lamli va adolatli o‘z iqtisodiyotlarining raqamli sektorlarini rivojlantirishga qaratilgan ulkan dasturlar amalga oshirilayotgani ham tasdiqlanadi. Yangi ish oʻrinlarini yaratishda ushbu sohalarda va elektron sanoat hamda IT texnologiyalarining raqobatbardoshligini oshirish qaratilgan bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda “Iqtisodiyotning globallashuvi” tushunchasi keskin kuchayish va bir qancha jarayonlarni nazarda tutadi.Misol uchun olishimiz mumkin, tovarlar, kapital, texnologiya, xizmatlar, axborot, odamlarning davlatlararo (transchegaraviy) oqimlari shular jumlasidandir. So‘ngi yilliklarda iqtisodiyotning globallashuv jarayoni haqiqatan ham sezilarli darajada tezlashdi. Biz milliy iqtisodiyotning o‘zaro ta‘sirini kapital vakili bo‘lgan transmilliy korporatsiyalar va banklar faoliyatining ta’sirini bir vaqtning o‘zida bir nechta davlatlar tomonidan o‘zaro bog‘liqligining tez ortib borayotganiga guvoh bo‘lishimiz mumkin. XXI asr boshlarida 20 mingga yaqin ulkan transmilliy korporatsiyalar o‘zlarining asosan Yevropa, Shimoliy Amerika va Sharqiy Osiyodagi yirik bozorlarda faoliyat yurituvchi ko‘plab sho‘ba korxonalari,jahon savdosining yarmidan koʻpini nazorat qilgani iqtisodiyotning globallashuv jarayoni o‘z aksini topgan. Ilmiy-texnika taraqqiyoti insoniyat sivilizatsiyasining rivojlanishi bilan doimo chambarchas bog‘liq hisoblanadi.Biroq, fan va texnikaning rivojlanishida ishlab chiqaruvchi kuchlarning bosqichma-bosqich progressiv rivojlanishi jarayonida sifat darajalarining ortishi sodir bo‘ladi. Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki, ma'lum kamchiliklarga va xatolarni inobatga olmagan holda rivojlanayotgan jamiyat iqtisodiyotini raqamlashtirishda bu hodisalarning afzalliklari juda katta va bu afzalliklar ancha muhim hisoblanadi. Barcha fikrlarimizda takidlab o‘tganimizdek, raqamli texnologiyalar samarali foydalanish o‘z sohalarining narxini va ishlarning samaradorligini doimiy ravishda kengaytirib kelmoqda. Jamiyatimiz uchun kerakli bo‘lgan vositalarni joriy etish, iqtisodiyotni raqamlashtirish darajasi doimiy ravishda jadallik bilan ortib bormoqda. Yuqorida aytilganlarga asoslanib, xuddi shunday raqamli qurilmalarning mavjudligi darajasi zamonaviy jamiyat iqtisodiyotini raqamlashtirish - bu jamiyat taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shadigan jarayon degan xulosaga kelishimiz mumkin.
Moliya tizimidagi raqamli transformatsiya deganda onlayn-banking, mobil toʻlovlar va raqamli hamyonlar kabi moliyaviy jarayonlar va xizmatlarga raqamli texnologiyalarning integratsiyalashuvi tushuniladi. Bu so‘nggi yillarda sanoatdagi texnologik taraqqiyot hamda yanada samaraliroq va qulay moliyaviy xizmatlarga talab ortib borayotganligi sababli moliyaning muhim jihatiga aylandi. Shuningdek,Moliya hisob-kitobida raqamlar va ma'lumotlarni qayta ishlash va yoritishning bir qator operatsiyalarini ifodalaydi. Bu transformatsiya, moliyaviy hisob-kitoblarda odatda amalga oshiriladigan hisoblash jarayonlarida yordam beradi. Raqamlashtirish transformatsiyasi, moliyaviy hisob-kitoblarida ma'lumotlar bilan ro'yxatga olingan va tahlil qilinadigan moliya hisob-kitoblarida xizmat qiladi. Moliya tizimidagi raqamli transformatsiya Moliya tizimi, har qanday tijorat va biznes faoliyati uchun juda muhimdir. Raqamlashtirish transformatsiyasi, moliya hisob-kitobida xatoliklarni kamaytirib, xisob-kitobni osonlashtirib va ishlab chiqarish, sotish va moliyaviy hisob-kitobni boshqarish jarayonlarida xato riskini kamaytiradi. Raqamlashtirish transformatsiyasi, moliya hisob-kitobida ishlov beradigan insonlar va moliyaviy xizmat ko'rsatuvchilar uchun ham juda muhimdir.

Moliya tizimida raqamli transformatsiyaning ahamiyati juda katta. Bu odamlarning o'z mablag'larini boshqarish va operatsiyalarni amalga oshirish usullarini inqilob qildi. Bu moliyaviy xizmatlar provayderlari uchun o'z takliflarini kengaytirish va ko'proq mijozlarni jalb qilish uchun yangi imkoniyatlar ochdi. Moliyadagi raqamli transformatsiya, shuningdek, moliyaviy operatsiyalarda samaradorlikni oshirish, xarajatlarni kamaytirish va xavfsizlikni yaxshilashga olib keldi.


Moliya tizimidagi raqamli transformatsiyaning o‘rni tobora markaziy o‘rin tutmoqda. Moliyaviy institutlar o'zlarining raqamli imkoniyatlarini rivojlantirish, ma'lumotlar tahlilchilari, dasturiy ta'minot ishlab chiquvchilari va foydalanuvchi tajribasi dizaynerlarini yollash uchun katta mablag' sarflamoqda. Bu tendentsiya, shuningdek, an'anaviy moliyaviy tizimga qiyinchilik tug'diruvchi yangi fintech startaplari va boshqa innovatsion yechimlarning paydo bo'lishiga olib keldi.
Umuman olganda, raqamli transformatsiya moliyaviy tizimni yanada qulayroq, sodda va mijozlar uchun qulayroq qilish hamda moliya institutlarining samaradorligi va rentabelligini oshirish orqali yaxshilaydi.

Rivojlangan mamlakatlar tajribasiga ko`ra jamiyatni axborotlashtirish muammosini xal qilish taraqqiyotning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanib, XXI asrda davlatlar sivilizatsiyasining yangi pog`onasiga ko`tarilishi bilan boholanmoqda. Bunday maqsadga erishish axborot infratuzulmasini rivojlantirish dasturini joriy qilish orqali erishiladi. Axborot infratuzilmasi mamlakatdagi barcha axborot istе'molchilarini axborot bilan ta'minlash tizimlari majmuasidan iborat bo`lib, avtomatlashtirilgan aloqa tizimlari va axborot – hisoblash rеsurslarini kеng tadbiq etish asosida yangi axborot tеxnologiyasidan foydalanish imkonini bеradi. Bu esa "«Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar»" fanini o`qitish maqsadidir.


"«Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar»" fanining asosiy vazifasi Prеzidеnt I.A.Karimov tomonidan qo`yilgan masalalarni yеchishga, jamiyatni axborotlashtirish to`g`risidagi dasturlarni amalga oshirishga qaratilgan bo`lib, iqtisodiy mutaxassisliklar bo`yicha ta'lim olayotgan talabalarni tashkiliy-iqtisodiy sohadagi masalalarni yеchishda yangi, yuqori unumdorli hisoblash tеxnikasidan va zamonaviy axborot tеxnologiyasidan samarali foydalanishga o`rgatishdir.
O`quv kursining prеdmеti bo`lib, axborot tеxnologiyalarini joriy qilish usullari, tеxnik va dasturiy vositalarning nazariy asoslari va ularni tеgishli sohalarda tadbiq qilish usullari hisoblanadi. «Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar» - axborot tеxnologiyalari vositalari yordamida axborotni taqdim etish, qabul qilish, saqlash, unga ishlov bеrish, uzatish usullarini, ya'ni axboriy jarayonlarini va axborot tеxnologiyalari vositalarini faoliyat ko’rsatish tamoyillarini, ularni boshqarish usullarini sistеmali ravishda o’rganuvchi fandir.
Informatika so’zi elеktron hisoblash mashinalari yordamida axborotni qayta ishlash bilan shug’ullanuvchi sohani ifodalovchi atama sifatida yuzaga kеldi. Informatika atamasi lotincha «informatic» so’zidan kеlib chiqqan bo’lib, tushuntirish, xabar qilish, bayon etish ma'nolarini anglatadi. Texnologiya so`zi “mohirlik” ma`nosini anglatadi. Axborot texnologiyalari- axborotlarni zamonaviy texnologiyalardan foydalanib, boshqarish, yig`ish, saqlash, qayta islash va uzatishni o’rganuvchi fandir.
Axborot tеxnologiyasi bu usullar tizimi va axborotlarni yig`ish, saqlash, izlash, qayta ishlash, uzatish yo`lidir. U informatikaning prеdmеti xisoblanadi hamda boshqaruv amaliyotini o`tkazishni, ishlab chiqarishni boshqarishni, ilmiy izlanishlar va sanoat miqyosida korxonalarning tashkil topishini, ularning tеxnik rivojlanishi natijasida xalq xo`jaligining yangi tarmoqlarini yuzaga kеltiradi. Axborot tеxnologiyasi boshqarish jarayonlarini aks ettiruvchi iqtisodiy axborotlarni o`lchash, jamlash, saqlash, qayta ishlash kabi amallarni bajaradi. Elektron hisoblash mashinalarining rivojlanish jarayonidagi avlodlar quyida gilar –
1-avlod (1950 yillar boshida). Element bazasi elektron chiroqlardan iborat. EHM katta hajmi, ko‘p elektr quvvati iste’mol etishi, kam harakatchanligi, kam ishonchliligi, kodlarda dasturlanishi bilan ajralib turgan. 2-avlod (1950 yillar oxiridan). Element bazasi yarim o‘tkazgichli elementlardan iborat. Oldingi avlod EHMga nisbatan barcha texnik xususiyatlari yaxshilangan. Dasturlashtirish uchun algoritmik tildan foydalanilgan. 3-avlod (1960 yillar boshi). Element baza integral chizmalardan iborat. EHM hajminng keskin kichrayishi, ishonchliligining ortishi, samaradorligini ortishi, ma’lum masofadagi terminallardan alohida bo‘lish. 4-avlod (1970 yillar o‘rtalaridan). Element bazasi - mikroprotsessorlar, katta integral chizmalar. Texnik xususiyatlari yaxshilangan. Shaxsiy kompyuterlarning ommaviy chiqarilishi. Asosiy yutuqlaridan biri - rivojlanish yo‘nalishi; yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qudratli ko‘p protsessorli hisoblash tizimlari arzon mikro EHMlarni yaratilishidir. 5-avlod (1980 yillar o‘rtalaridan). Intellektual kompyuterlar ishlab chiqarila boshlandi. 
Download 21,22 Kb.




Download 21,22 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Iqtisodiyotda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish jarayonini tahlil qilish Reja

Download 21,22 Kb.