137
Sanoat tovarlari va keng iste‘mol tovarlari uchun tanlov mezonlari bir-biridan
juda keskin farq qiladi. Rejalashtirish ehtiyojlariga
juda mos keladigan maqbul
mezon tovarni bozorda joylashtirish masalalariga umuman to‗g‗ri kelmasligi
mumkin. Mabodo muayyan mezon xaridorlar o‗rtasida paydo bo‗lgan
farqlarni
izohlab berishga imkon bermasa, unda boshqa mezonni kiritish va to bu farqlarni
aniqlashga qadar tadqiqotlarni davom ettirish lozim.
Bozorni segmentlash orqali, xo‗jalik yurituvchi sub‘ekt quyidagi maqsadlarni
ko‗zlaydi:
iste‘molchilarni hoxish va talabini maksimal ravishda hisobga olish;
tovarni (xizmatni) va firmaning raqobatli ustunligini ta‘minlash;
firmaning harajatlarini optimallashtirish;
firmaning marketing strategiyasini samaradorligini oshirish;
raqobatchilardan xolis bo‗lgan segmentlarga ketish.
Segmentlashning asosiy maqsadi bozordagi hatti-harakatlarni o‗rganib,
ularning obrazini (modelini) va kelajakdagi ehtiyoj, talablarni tasavvur qilishdan
iborat. Hozirgi raqobatda yutib chiqishning asosiy sharti yangi, yuqori sifatli tovar
va kompleks servis texnika xizmatlarni hamda
samarali sotish usullarini
qo‗llashdan iborat bo‗lib qoldi. Ana shu talablar asosida marketing tadqiqotlarining
ustuvor turi iste‘molchilarni o‗rganish va o‗z navbatida bozorni segmentlashdan
boshlanadi, chunki bozor bir xil sub‘ektlardan tashkil topgan emas.