• Birinchi guruh
  •  Bozor segmentasiyasining xususiyatlari




    Download 3,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet66/195
    Sana10.01.2024
    Hajmi3,14 Mb.
    #134246
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   195
    Bog'liq
    1 Ergashxodjaeva Sh J , Qosimova M S , Yusupov M A Marketing

    7.2. Bozor segmentasiyasining xususiyatlari 
    Bozorni segmentlash, bozorni o‗rganishning asosiy usulidir. U yordamida 
    bozor (uning tarkibiy qismlari) segmentlarga bo‗linadi. Bozor segmenti - bu 
    iste‘molchilar, tovarlar, raqobatchilarning shunday ajratilgan qismiki, ular uchun 
    umumiy xususiyatlar xosdir. Bozorni to‗g‗ri segmentlash, shu segmentning maxsus 
    ehtiyojlariga qat‘iy rioya qilingan holda, kam xarajatlar bilan tovar etkazib berishni 
    to‗g‗ri tashkil qilishdan iboratdir. Xalq iste‘moli tovarlari bozorini tadqiq etishda 
    marketingga oid adabiyotlarda ikki turdagi mezonlar qabul qilinadi. Birinchisi 
    xaridorlarning daromadi, yoshi, jinsi, turar manzilgohi, oilaning hayotiylik davri


    138 
    kasbi, turmush tarzi va shunga o‗xshash umumiy belgilarni hisobga oladi. 
    Mezonlarning ikkinchi turi segmentlashni ijtimoiy guruhlarning kadriyatlari tizimi 
    yoki ularning marketing strategiyasining, masalan, yangi mahsulot, yangi sotish 
    tizimi kabi vositalariga ko‗rsatadigan qiziqishlari asosida olib boradi. Amaliyotda 
    birinchi usul ko‗proq qo‗llaniladi, ikkinchi usulni qo‗llash qo‗shimcha 
    qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi, chunki ijtimoiy sotsiologiya va psixologiya 
    sohalarida bevosita tadqiqotlar olib borish yo‗li bilan maxsus hisob-kitob ishlarini 
    amalga oshirish talab etiladi.
    Xaridorlarning munosabatini tabaqalashtiradigan asosiy omil daromad 
    hisoblanadi. Ko‗pgina mamlakatlarda daromad bo‗yicha uch guruhga 
    segmentlashdan keng foydalaniladi. 
    Birinchi guruh, eng yuqori daromadga ega bo‗lgan xaridorlar, amalda ular 
    jami xaridorlarning 10 % ini tashkil etadi. Ular eng oliy navli tovarlarni xarid 
    etadilar, xarid quvvati hamda o‗z guruhi izzat nafsi bunga imkon beradi. Bunday 
    guruhlar har bir mamlakatda bor, ularning daromad miqdori shu mamlakatning 
    umumiy boyligiga bog‗liq bo‗ladi.

    Download 3,14 Mb.
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   195




    Download 3,14 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Bozor segmentasiyasining xususiyatlari

    Download 3,14 Mb.
    Pdf ko'rish