• 8.6-rasm. Raqobat ustunligini tanlashni belgilab beruvchi holatlar
  •  Raqobatli ustunlik tushunchasi




    Download 3,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet80/195
    Sana10.01.2024
    Hajmi3,14 Mb.
    #134246
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   195
    Bog'liq
    1 Ergashxodjaeva Sh J , Qosimova M S , Yusupov M A Marketing

     
    8.4. Raqobatli ustunlik tushunchasi 
    Raqobatli ustunlik - tovar yoki markaning firmaga o‗zining bevosita 
    raqobatchilariga nisbatan ma‘lum bir ustunlik beradigan xarakteristikasi va 
    xususiyatlaridir. Bu xarakteristikalar (atributlar) g‗oyatda xilma-xil bo‗lishi va 
    tovarning o‗ziga (asosiy xizmatga) ham, asosiy xizmatga qo‗shimcha xizmatlarga, 
    ishlab chiqarish, savdo shakllariga ham taalluqli bo‗lishi, hamda firma yoki 
    tovarga xos bo‗lishi mumkin. Demak, bunday ustunlik nisbiy bo‗ladi va tovar 
    bozorida yoki bozor segmentida eng yaxshi mavqega ega bo‗lgan raqobatchiga 
    nisbatan belgilanadi. Bu eng xavfli raqobatchi imtiyozli raqobatchi deb ataladi. 
    Raqobatchining nisbiy ustunligi turli omillar bilan belgilanadi. Umuman 
    olganda, bu omillarni ular vujudga keltiradigan ichki va tashqi ustunliklardan kelib 
    chiqqan holda ikki keng toifaga ajratish mumkin 
    Agar raqobatli ustunlik tovarning ajralib turuvchi sifatlariga asoslangan 
    bo‗lsa, u ―tashqi‖ ustunlik deb ataladi, bu sifatlar xarajatlarning qisqartirilishi yoki 
    samaradorlikning oshirilishi hisobiga xaridor uchun qiymatli bo‗ladi. 
    Binobarin, tashqi raqobatli ustunlik firmaning ―bozor qudratini‖ oshiradi, 
    ya‘ni u bozorni imtiyozli raqobatchidagiga nisbatan yuqoriroq sotish narxlarini 


    166 
    qabul qilishga majbur qila oladi, chunki imtiyozli raqobatchi bunday ajralib 
    turuvchi sifatlarni taklif eta olmaydi. 
    8.6-rasm. Raqobat ustunligini tanlashni belgilab beruvchi holatlar 
    Tashqi raqobatli ustunlikdan kelib chiqadigan strategiya differensiatsiya 
    strategiyasi bo‗lib, bu strategiya firmaning marketing sohasidagi nou-xausiga, 
    uning mavjud tovarlardan norozi bo‗lgan xaridorlarning istaklarini aniqlash va 
    qondirishdagi afzalligiga tayanadi. 
    Agar raqobatli ustunlik firmaning ishlab chiqarish xarajatlari, firmani 
    boshqarishdagi afzalligiga yoki raqobatchidan ko‗ra kamroq tannarxga erishishga 
    imkon beruvchi va ―ishlab chiqaruvchi uchun qiymat‖ hosil qiluvchi tovarga 
    asoslangan bo‗lsa, bunday ustunlik ―ichki ustunlik‖ deb ataladi. 
    Ichki raqobatli ustunlik - firmaga ko‗proq rentabellik keltiruvchi va uni 
    sotuv narxlarining bozor yoki raqobat tomonidan pasaytirilishiga ko‗proq darajada 
    bardoshli qiluvchi yuqoriroq ―unumdorlik‖ oqibatidir. Ichki raqobatli ustunlikka 
    asoslangan strategiya xarajatlar bo‗yicha ustunlik strategiyasi bo‗lib, u asosan 
    firmaning tashkiliy va ishlab chiqarish ―nou-xau‖siga asoslanadi. 
    Raqobatli ustunlikning kelib chiqishi va tabiati turlicha bo‗lgan bu ikki turi 
    ko‗pincha bir-biriga to‗g‗ri kelmaydi, chunki ular mutlaqo farq qiluvchi ko‗nikma 
    va madaniyatni talab qiladi. 

    Download 3,14 Mb.
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   195




    Download 3,14 Mb.
    Pdf ko'rish