167
Tarmoq va firmaning tashqi raqobat ustunliklariga quyidagilar kiradi:
mamlakat raqobatbardoshligining yuqori darajasi;
kichik biznesning davlat tomonidan faol qo‗llab-quvvatlanishi;
mamlakat iqtisodiyoti faoliyat ko‗rsatishining
sifatli huquqiy tartibga
solinishi;
jamiyat va bozorlarning ochiqligi;
mamlakat iqtisodiyotini boshqarishning yuqori ilmiy darajasi;
standartlashtirish va sertifikatlash milliy tizimining xalqaro tizim bilan
uyg‗unlashuvi;
fan va innovatsiya faoliyatining davlat tomonidan tegishlicha qo‗llab-
quvvatlanishi;
mamlakatni boshqarishni axborot bilan ta‘minlashning yuqori sifati;
mamlakat ichida va jahon hamjamiyati doirasida integratsiyalashuvning
yuqori darajasi;
mamlakatda past soliq stavkalari;
qulay va arzon resurslarning mavjudligi;
mamlakatda boshqaruv kadrlarini tayyorlash
va qayta tayyorlashning
sifatli tizimi va boshqalar.
Tarmoq (firma)ning ichki raqobat ustunliklariga quyidagilar kiradi:
tovarga bo‗lgan yuqori zhtiyoj;
jamlash, ixtisoslashuv va kooperatsiyaning optimal darajasi;
boshqaruvning yuqori sifatli axborot va me‘yoriy-uslubiy asosi;
etkazib beruvchilarning raqobatbardoshligi;
sifatli xomashyo va boshqa resurslardan foydalanish imkoniyatining
mavjudligi;
resurslardan foydalanish samaradorligini optimallashtirish
ishlarining
bajarilishi;
tub yangiliklarning yuqori darajasi (patentlangan tovar, texnologiyalar,
axborot tizimlari va h.k.);
168
menejerlarning raqobatbardoshligi;
tovarning eksklyuzivligi;
ko‗p ilm talab qiluvchi tovarlar eksportining yuqori ulushi;
raqobatbardosh tashkilotlar va tovarlarning yuqori salmog‗i va boshqalar.